1-Topshiriq 1-savol Maktabgacha ta'lim pedagogikasi predmeti nima?


Download 25.7 Kb.
Sana06.07.2020
Hajmi25.7 Kb.
#123108
Bog'liq
1-topshiriq


1-Topshiriq

1-savol

  1. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi predmeti nima?

Pedagogika grekcha so‘z b o ‘lib, «bola yetaklovchi» m a’nosini bildiradi. Insonlarning m a'rifiy va m a’naviy barkam ollikka m unosabatlarini o ‘zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o ‘z mavqeyiga ega b o ‘ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizim i q atoridan alohida o ‘rin egalladi. U ning bosh masalasi tarbiyadir. A bdulla Avloniy tarbiyachiga alohida e ’tibor berib: «Tarbiya yo hayot yo m am ot yo najot yo halokat yo saodat yo falokat m asalasidir»1 — degan edi.

Bu fanning predm eti quyidagilarni o ‘z ichiga oladi:

• maktabgacha yoshdagi bolalar ta ’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablariga suyangan holda faoliyat yuritish;

• maktabgacha ta ’lim pedagogikasining ta ’lim -tarbiya mazmunini takomillashtirish;

• ta ’lim -tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metod va usullarni axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish;

• bolalarni jismoniy, aqliy, ruhiy sogiigini ta’minlashda o‘qituvchi-tarbiyachi mahorati.



  1. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi maqsad va vazifalari haqida nimalarni bilasiz?

Maktabgacha pedagogikaning vazifalari:

• maktabgacha ta ’lim sohasidagi pedagogik muammolarni hal qilish;

• maktabgacha yoshdagi bolalarda ta 'lim olish ehtiyojini, o'qishga qiziqish, kitob o‘qish, maktabga borish hissiyotini shakllantirish;

• bolalar tarbiyasida mustaqil va erkin fikrlashga o ‘rgatuvchi ilg‘or m etodlarni qo’llash;



• bolalarga yuksak odob, ma'naviy-axloqiy tushunchalarni m entalitetimiz asosida o‘rgatish.

  1. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi qaysi fanlar bilan alokador?

Maktabgacha ta'lim pedagogikasi jam iyat va insonni o‘rganuvchi fanlar bilan cham barchas bog’langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o‘rganar ekan, sotsiologiya, anatom iya, fiziologiya, psixologiya, falsafa bilan cham barchas bog‘liqdir. Chunki mazkur fanlar asosida tarbiyaning maqsadi va vazifalarini o‘rganish m etodologiyasi belgilanadi. Tarbiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ijtim oiy hodisa ekanligi, jam iyat hayotida va kishi shaxsining rivojlanishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariyasiga suyanadi, axloqiy tarbiya m asalalarini o’rgatishda pedagogika etikaning axloq to ‘g ‘risidagi ta'lim otiga, estetik tarbiyaning m aqsadini, y o 'llarini, m etodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi. Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi m uam m olarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g‘oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi. Estetika insonlarning voqelikka, san’atga estetik m unosabatlari rivojlanishining um um iy qonuniyatlarini o‘rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilm iy bazasi bo'lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tom ir va nafas olish sistem alari va shu kabilarning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. Hozirgi zam on fiziologiyasi eng muhim pedagogik m uam m olarni to‘g‘ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlarini shakllantirishga m uhit, irsiyat va tarbiyaning ta ’siri va shu singarilarni belgilashda pedagogikaga yordam beradi. 0‘sib borayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyatlarining asosiy ta ­ m oyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta ’lim -tarbiya berish m asalalarini ishlab chiqish uchun katta aham iyatga ega. Bu xususiyatlarni bilm ay turib tarbiyalanuvchilarning u yoki bu mashg'ulotlari shakllarini to ‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to lg‘risidagi xulosalari pedagogikaga o ‘quv-tarbiya jarayoni m etodikasini ishlab chiqishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratishda yordam beradi. Pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o ‘tadigan psixik jarayonlarining qonuniyatlari haqidagi m a’lum otlar m uhim dir. Shunga ko‘ra pedagogikaning psixologiya fani bilan bog‘liqligi an ’anaviy tus olgan. Hozirgi zam on pedagogikasi ko‘p tarm oqli fan bo‘lib, avvalo u tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog’lanadi. Pedagogika boshqa fanlar bilan bog'lanish tizim ida etnografiya, xalq pedagogikasi kabi alohida o‘rin tutadi.

4. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari



Maktabgacha pedagogika o’z tadqiqot ob'ektiga va tadqiqot metodlariga ega. Ilmiy tadqiqot barcha fanlar kabi maktabgacha pedagogika fanini ham rivojlanib borishiga, ayrim pedagogik hodisalarni takomillashtirishga, ularni to’g’ri hal etish yo’llarini aniqlashga yordam beradi.

Adabiyotlar bilan ishlash metodi.

Pedagogik muammolarni tadqiq etish adabiyotlarni o’rganishdan boshlanadi. O’rganilgan hujjatlar va manbalarga xalq maorifiga aloqador hujjatlar, qonunshunoslikka oid huquqiy hujjatlar kiradi. SHu bilan birga pedagogika faniga oid bo'lgan tarixiy pedagogik adabiyotlar, darsliklar, o’quv-metodik ishlanmalar ham kiradi. Adabiyotlarni o’rganish metodi muammolarining qay tomonlama yaxshi ochilgan, qaysi masalalarni xal etilmagani kabilarni bilish imkoniyatini beradi. Adabiy manbalar bilan ishlash quyidagi metodlardan foydalanishni nazarda tutadi: bibliografiya tuzish, annotatsiya, konspektlashtirish.

Ilg’or tajribalarni o’rganish metodi.

Maktabgacha pedagogikaning ko’pgina muammolarini hal etishda ta'lim-tarbiya sohasida orttirilgan tajribalar muhim ahamiyat kasb etadi. Tajribani o’rganish jarayonidagi muammo, yutuq va kamchiliklar aniqlanadi. Pedagogik tajribalarni o rgamslida kuzatish, ankctalashtinsh, tarbiyachi vu bolalarning ijodiy ishlari, pedagogik hujjatlarni o’rganish metodlaridan foydalaniladi.

Kuzatish metodi.

Ma'lum bir pedagogik xodisani biror maqsadni ko’zlab muntazam ravishda o’rganish, ta’lim-tarbiya jarayonining turli sharoitlarida uning rivojlanishi va o’zgarishini kuzatib borishdir. Kuzatishdan asosiy maqsad faktlar to’plash, uning muhim tomonlarini ajratib borishdir. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib boriladi.

Suhbat metodi.

Subbat aniqlanishi kerak bo’lgan masalalrni oydinlashtirib olish maqsadida, oldindan tuzilgan reja asosida o’tkaziladi. Suhbat yakka tartibda, hamda jamoa tarzida bo’lishi mumkin. Suhbat bolalar hayotining u yoki bu voqea xodisalari to’g’risidagi qiziqishlarini, tasavvurlarini aniqlab olishga yordam beradi. Suhbat yoshlar bilan ham, katta yoshdagi kishilar bilan ham o’tkaziladi.

Anketa yo’li bilan so’rash metodi.

Anketa yo’li bilan so’rash metodining boshqa metodlardan afzalligi shundaki, qisqa vakt ichida anketa orqali anchagina kishilarga savollar berib, ulardan yozma javoblar olish mumkin. Olingan javoblar ko’rib chiqiladi va tahlil kilinadi.

Hujjatlarni va bolalarni ishlarini o ’rganish metodi.

Pedagogik hujjatlarni o’rganish orqali tadqiqotchi o’rganilayotgan ob'ekt to’g’risida har xil ma'lumotlarni bilib oladi. Bunga MTM mudirlari, tarbiyachilarning rejalari va hisobotlari, MTM tarbiyalanuvchilarining rasmiari, loydan yasagan buyumlari va shu kabilar kiradi. Masalan: bolaning ancha ilgari chizgan rasmlarini qarab chiqish, tahlil qilish. bolalarga berilgan topshiriqlarni qay darajada murakkablashib borganini, ularda tasvirlash faoliyati qanday rivojlanib borganini aniqlashga hamda ular bilan olib boriladigan keyingi ishlarni belgilashga yordam beradi.
Download 25.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling