1-topshiriq Konsonantizm — undosh fonemalar tizim


Download 20.58 Kb.
Sana18.09.2020
Hajmi20.58 Kb.

1-topshiriq
1. Konsonantizm — undosh fonemalar tizimi.
2. Hozirgi o'zbek adabiy tili konsonantizmida yuqoridagi 24 undoshning barchasi bor. Ayrim tilshunoslarning (masalan, prof. A. Abduazizovning) fikricha, ms tilidan o'zlashgan so'zlarda uchraydigan qorishoq «ts» ham o'zbek tili undosh fonemalari qatoridan o'rin olgan debqaralishi kerak. Yuqoridagi ma’lumotlar tahlilidan quyidagilar ma’lum bo'ladi: a) qadimgi turkiy til konsonantizmida f, x, h, j, j (dj) undoshlari bo'lmagan. Ular eski turkiy til va eski o'zbek adabiy tili davrida turli lisoniy (lingvistik) va nolisoniy (ekstralingvistik) omillar ta’sirida paydo bo'lgan; b) qadimgi turkiy tilda q va k undoshlari bir fonemaning nutqdagi ikki ko'rinishi - ottenkalari bo'lgan, keyinchalik bu fonema divergensiyaga uchrab, ikki mustaqil fonemaga aylangan; g' va g undoshlari rivojida ham ayni shu jarayon (divergensiya) bo'lganligini — «g» ning «g'» va «g» ga parchalanganligini ko'ramiz.
3. Undosh tovushning shakllanishida albatta shovqin qatnashadi, u nutq apparatidagi (masalan, og‘iz bo‘shlig‘idagi) aktiv va passiv a`zolarning bir-biriga tegishi yoki juda yaqinlashishi natijasida hosil bo‘lgan to‘siqdan havo oqimining portlab yoki sirg‘alib (a`zolarga ishqalanib) o‘tishidan paydo bo‘ladi. Bunday to‘siq fonologiyada fokus deyiladi. Demak, undoshlarda fokusning bo‘lishi shart.
4. Sh,j,ch,j undoshlari artikulyatsiyasida ikkinchi fokus - tilning orqaroq qismi bilan yumshoq tanglay orasida yuzaga keladigan to‘siq ham ishtirok etadi,shunga ko‘ra sh,j,ch,j undoshlari ikki fokusli fonemalar sanaladi
5. O‘zbek tili konsonantizmi tizimiga xos asosiy fonologik jihatlar – artikulyatsiya orni (tovushning fokusi), artikulyatsiya usuli va jarangli-jarangsizlik belgilari hisobga olinadi, shu belgilarni shakllantirishda ishtirok etadigan fizik-akustik va anatomik-fiziologik omillarga tayaniladi.
6. I. Artikulyatsiya orniga ko‘ra. Bunda nutq apparatining qaysi a`zosi faol ishtirok etayotganligi va apparatning qaerida to‘siq (fokus) hosil qilinishi nazarda tutiladi. Bu jihatdan tovushlar labial, til va bo‘g‘iz undoshlariga bo‘linadi:

1. Labial undoshlar lablarning faol ishtirokida hosil qilinadi. Ular ikki xil bo‘ladi: a) lab-lab undoshlari (bilabial undoshlar)- p, b, m,

Bu undoshlarning fokusi ikki lab orasida bo‘ladi; b) lab-tish undoshlari (labio-dental undoshlar) – v, f. Bu undoshlarning fokusi pastki lab bilan yuqori tishlar orasida bo‘ladi. Izoh. lab-lab undoshi ov, suv, qovun, sovuq kabi turkiy so‘zlarda ko‘proq ishlatiladi. Bu tovushning lab-tishdan o‘sib chiqqanligi, lab-tish esa b,g‘,g undoshlarida sodir bo‘lgan o‘zgarish asosida shakllanganligi haqida ma`lumotlar bor. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi lab-tish yuqorida keltirilgan turkiy ning o‘zi emas, u etimologik jihatdan boshqa til.

birligidir, chunki bu tovush O‘zbek tiliga arab va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda qo‘llanadi

vatan (arab.), vaqt(arab.)va`da(arab.), vagon (rus.), aviatsiya (rus.) kabi.

Ayrim manbalarda Hozirgi o‘zbek adabiy tilida lab-lab fva lab-tish f undoshlari borligi

qayd etilgan . Bizningcha, Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bitta lab-tish fning o‘zi bor, lab-lab f esa

alohida mustaqil fonema emas, balki lab-tish fning lablashgan unli ta`sirida (akkomodatsiya

qonuniyatiga ko‘ra) o‘zgargan ottenkasi, xolos. qiyos qiling: fasl (f-lab-tish), fusunkor(f- lablab), afv (f-lab-tish), ufq (f- lab-lab) kabi.

2. Til undoshlari- tilning faol ishtirokida hosil bo‘la-digan undosh fonemalar. Ular tovush fokusi qayerda hosil bo‘lishiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi: 1) til oldi undoshlari: a) til oldi dorsal undoshlar –s, z. Bu undoshlar artikulyatsiyasida tilning uchi pastki tishlarga tiraladi, tilning ikki yoni esa tarnovsimon bukilib, havo oqimi uchun bo‘shliq qoldiradi; b) til oldi – alveolyar undoshlar- t, d, l, n.Bu undoshlar artikulyatsiyasida tilning uchi yuqori tishlar milkiga (al`veolaga) taqalib, to‘siq (fokus) hosil qiladi. v) til oldi- tanglay (kakuminal) undoshlar- sh, j, ch, j, r. Bu undoshlar artikulyatsiyasida tilning uchi yuqoriga ko‘tarilib, bir oz bukiladi, natijada to‘siq milkda emas, qattiq tanglayning old qismida (milkka etmay) paydo bo‘ladi. Sh,j,ch,j undoshlari artikulyatsiyasida ikkinchi fokus- tilning orqaroq qismi bilan yumshoq tanglay orasida yuzaga keladigan to‘siq ham ishtirok etadi,shunga ko‘ra sh,j,ch,j undoshlari ikki fokusli fonemalar sanaladi; 2) til o‘rta undoshi (palatal` undosh)-y. Bu undosh talaffuzida tilning o‘rta qismi qattiq tanglay tomon ko‘tariladi, fokus shu ikki a`zo oralig‘ida shakllanadi; q) sayoz til orqa undoshlari- k, g, n. Bu undoshlarning talaffuzida tilning orqa qismi yumshoq tanglayga tegib, to‘siq (fokus) hosil qiladi; 4) chuqur til orqa undoshlari- q, g‘, x. Bu undoshlarning talaffuzida tilning eng orqa qismi (ildizi) kichik tilga tegib, to‘siq(fokus) hosil qiladi, shunga ko‘ra ular uvulyar undoshlar deb ham ataladi.

3. Bo‘g‘izundoshi (faringal undoshi)-h. Bu undoshning talaffuzida havo oqimi bo‘g‘iz va halqumdan ishqalanib o’tadi.
7. Artikulyatsiya usuliga ko‘ra. Bunda O‘pkadan kelayotgan havo oqimining to‘siqdan (fokusdan) qay tarzda o‘tishi nazarda tutiladi. Bu belgisiga ko‘ra undoshlar hozirgi O‘zbek tilida quyidagi turlarga bo‘linadi:

1. Portlovchilar - havo oqimining to‘siqdan portlab o‘tishi-dan hosil bo‘luvchi undoshlar. Bularga b, g, d, k, p, t, qfonemalari kiradi. Bu undoshlarning talaffuzida nutq apparatidagi ikki a`zo bir-biriga tegib, havo yo‘lini to‘sadi, natijada portlash yuz beradi.

2. Qorishiq portlovchilar (affrikatalar)-ch,j,ts. Bu undoshlar artikulyatsiyasining ish holati ikki xil kechadi: bitta fokusning o‘zida portlash va sirg‘alish jarayonlari sodir bo‘ladi- artikulyatsiya portlash bilan boshlanib, sirg‘alishbilan tugaydi.

3.Sirg‘aluvchilar - v, j, z, y, l, s, f, x, sh, g‘, h. Bu undoshlarning talaffuzida nutq apparatidagi ikki a`zo bir-biriga juda yaqinlashadi, ammo jipslashmaydi: havo oqimining sirg‘alib o‘tishi uchun oraliq qoldiriladi.

4.Yumuq fokusli burun tovushlari (ruscha: smO‘chno-nosovO‘e soglasnO‘e). Bu guruhga m,n,n undoshlari kiritiladi: a) m ning artikulyatsiyasida ikkala lab orasida yuzaga kelgan to‘siq havo yo‘lini yopadi (yumuq fokus yuzaga keladi), natijada, havo oqimi to‘siqqa urilib, orqaga qaytadi va burun bo‘shlig‘idan sirg‘alib ota’di (bunda burun yo‘li ochiq holatda bo‘ladi) b) n ning artikulyatsiyasida til uchi bilan milk orasidahavo yo‘li yopiladi, orqaga qaytgan havo oqimi (un bilan birga) burun bo‘shlig‘idan sirg‘alib ota’di: v) «ng»ning artikulyatsiyasida tilning orqa qismi bilan yumshoq tanglay orasida havo yo‘li yopilib, burun bo‘shlig‘ida sirg‘alish kechimi sodir bo‘ladi.

Izoh. m,n,n undoshlari artikulyatsiyasida portlash sodir bo‘lmaydi, chunki havo oqimi burun bo‘shlig‘i tomon yo‘l olganligi uchun uning yumuq to‘siqdan portlab o‘tishiga zarurat qolmaydi: kuch (energiya) sirg‘alish tomonga yo‘naltiriladi. Shuning uchun bu undoshlarni portlovchi-sirg‘aluvchilar» g‘, «portovchilar» deyish to‘g‘ri bo‘lmas. Ayrim tilshunoslarning bu tip undoshlarni «sirg‘aluvchilar» deb baholashi hamshundan bo‘lsa kerak. Titroq undosh - r.Bu undoshning talaffuzida tilning uchi qattiq tanglayning old qismi tomon ko‘tariladi va havo zarbidan titraydi, havo oqimi tebranadi.


8. Un paychalari ishtirokiga ko‘ra. Tasnifning bu aspektida un (ovoz) paychalarining tovush hosil qilishda ishtirok etish –etmasligi nazarda tutiladi. Bu belgi asosida undoshlar quyidagi ikki turga bo‘linadi:

1.Jarangsiz undoshlar- k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, h. Jarangsiz undoshlarning talaffuzida havo oqimi bo‘g‘izdagi un paychalari orasidan to‘siqqa uchramay ota’di, natijada un paychalari tebranmaydi, ovoz hosil bo‘lmaydi, tovush halqumda yoki og‘iz bo‘shlig‘idagi to‘siqda yuzaga kelgan shovqinning o‘zidangina tarkib topadi.

2.Jarangli undoshlar- b, v, g, d, j, j(dj), z, y, l, m, n, ng, r, g‘. Jarangli undoshlarning talaffuzida bo‘g‘izdagi un paychalari tortilib, taranglashadi, ular oralig‘idagi bo‘shliq yo‘qoladi, natijada O‘pkadan kelayotgan havo oqimi un paychalariga urilib, uni tebratadi, tebranish esa ovozni yuzaga keltiradi, ovoz O‘z navbatida og‘iz bo‘shlig‘idagi to‘siqda paydo bo‘lgan shovqinga qo‘shilib, tovushning jaranglashuviga sabab bo‘ladi.
9. Ovoz va shovqin munosabatlariga ko‘ra.Bunda tovush tarkibida ovoz, shovqin va qo‘shimcha ton kabi fizik-akustik omillarning ishtirok etish darajasi nazarda tutiladi. Bu belgiga ko‘ra undoshlar sonorlar va shovqinlilarga bo‘linadi.

1. Sonorlarda ovoz shovqinga nisbatan ustun bo‘ladi (shovqin juda kam miqdorda qatnashadi). Hozirgi o‘zbek adabiy tilida m, n, ng, l, r, yundoshlari sonor tovushlar (sonantlar) hisoblanadi. Sonorlar rezonator ton manbai nuqtai nazaridan ikki guruhga bo‘linadi:

a) burun sonantlari - m, n, ng;

b) og‘iz sonantlari - r, l, y.

Bulardan 1) m ni talaffuz qilishda bo‘g‘izdan kelayotgan un (ovoz) ikki lab orasidagi to‘siqqa urilib, orqaga qaytadi, shu tarzda yana halqum orqali burun bo‘shlig‘iga yo‘l oladi. Bu jarayonda bo‘g‘iz, halqum, og‘iz bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘i rezonator ton manbaiga aylanadi: shularda qo‘shimcha tonlar paydo bo‘lib, ovozning shovqinga nisbatan ustun bo‘lishi ta`minlanadi; 2) n ni talaffuz qilishda bo‘g‘izdan kelayotgan un (ovoz) tilning uchki qismi bilan yuqori milk orasidagi to‘siqqa urilib, orqaga (halqumga) qaytadi, so‘ng burun bo‘shlig‘iga o’tadi (bunda burun yo‘lidagi to‘siq ochilgan bo‘ladi). Natijada og‘iz, halqum, bo‘g‘iz, burun bo‘shliqlari rezonator ton manbai vazifasini bajaradi. Ammo og‘iz bo‘shlig‘ining rezonatorlik imkoniyati m dagi holatdan kamroq bo‘ladi (chunki hajm va shakl o‘zgaradi); 3) ngni talaffuz qilish da kelayotgan un(ovoz) tilning orqa qismi bilan yumshoq tanglayning boshlanish qismi orasidagi to‘siqdan orqaga qaytib, yana halqum va bo‘g‘izga boradi, halqum orqali burun bo‘shlig‘iga ota’di (bunda ham burun yo‘lidagi to‘siq ochilgan bo‘ladi), natijada og‘iz, bo‘g‘iz, halqum va burun bo‘shliqlarida qo‘shimcha tonlar paydo bo‘lib, ovozning ustunligi ta`minlanadi. Bunda shuni ham alohida ta`kidlash kerakki, ng ning artikulyatsiyasida og‘izning rezonatorlik imkoniyatlari m va n sonorlaridagi holatdan ancha cheklangan bo‘ladi, chunki bo‘g‘izdan kelayotgan un tilning orqa qismidagi to‘siqdanoq orqaga qaytganligi tufayli, og‘iz bo‘shlig‘ining rezonatorlik maydoni juda qisqaradi; 4) lni talaffuz qilishda to‘siq (fokus) tilning uchki qismi bilan ustki tish (milk) orasida yuzaga keladi, ammo tilning ikki yoni ochiq bo‘ladi. Undan sirg‘alib o‘tgan un lunj devoriga tegib, qo‘shimchatonlar hosil qiladi, bunday qo‘shimcha tonlar halqum va hiqildoqda (bo‘g‘izda) ham yuzaga keladi,ammo burun bo‘shlig‘i rezonator manbai sifatida ishtirok etmaydi, chunki yumshoq tanglay oxiridagi kichik til burunga ota’digan yo‘lni to‘sib qo‘yadi. Shuning uchun log‘iz sonanti hisoblanadi; 5) r ni tlaffuz qilishda tilning uchi qattiq tanglayning old qismi tomon ko‘tariladi, bo‘g‘izdan kelayotgan havo oqimi tilning uchiga urilib, uni bir-ikki silkitadi, natijada havo tebranishi yuzaga keladi. Lunjning bir qadar kengayishi rezonator tonning hosil bo‘lishiga imkonyaratadi; r ning artikulyatsiyasida ham burun bo‘shlig‘i ishtirok etmaydi, chunki havo oqimining burunga ota’digan orni kichik til tomonidan to‘silgan bo‘ladi; 6) y ni talaffuz qilishda tilning o‘rta qismi qattiq tanglay tomon ko‘tariladi, tilning o‘zi oldinga siljiydi, uning ikki cheti yon tishlarga, uchi esa pastki tishlar milkiga tegadi. Bu sonorning hosil bo‘lishida ham og‘iz bo‘shlig‘i, halqum va bo‘g‘iz rezonator toni manbaibo‘lib xizmat qiladi, ammo burun bo‘shlig‘i bu jarayonda ishtirok etmaydi (kichik til havo yo‘lini to‘sib turadi).
2-topshiriq
Obod va ozod

Lablanish-lablanmaslik belgisiga ko’ra: ,,b’’ lablangan

Tilning uch darajali ko’tarilish darajasiga ko’ra: lab-lab – til oldi

Artikulatsion o’rniga ko’ra: portlovchi

Jarangli-jarangsizlik belgisiga ko’ra: jarangli

Xulosa: a) har ikki tovush ham jarangli va portlovchi b) lablanish va tilning uch darajali ko’tarilish darajasiga ko’ra belgi orqali farqlanadi


Tambur va tanbur

Lablanish-lablanmaslik belgisiga ko’ra: ,,m’’ lablangan

Tilning uch darajali ko’tarilish darajasiga ko’ra: lab-lab – til oldi

Artikulatsion o’rniga ko’ra: portlovchi

Jarangli-jarangsizlik belgisiga ko’ra: jarangli

Xulosa: a) har ikki tovush ham jarangli va portlovchi b) lablanish va tilning uch darajali ko’tarilish darajasiga ko’ra belgi orqali farqlanadi.


3-topshiriq
Yod va yot

Y - jarangli; artikulatsion o’riniga ko’ra: til o’rta; artikulatsion usuliga ko’ra: sirg’aluvchi; tarkibiga ko’ra: sof; d – jarangli; artikulatsion o’rniga ko’ra: til oldi; artikulatsion usuliga ko’ra: portlovchi; tarkibiga ko’ra: sof; t – jarangsiz;artikulatsion o’rniga ko’ra: til oldi; artikulatsion usuliga ko’ra: portlovchi; sof;
Barg va bеrk

B – jarangli; artikulatsion o’riniga ko’ra: til oldi; artikulatsion usuliga ko’ra: portlovchi; tarkibiga ko’ra: sof; r – jarangli; artikulatsion o’rniga ko’ra: til oldi; artikulatsion usuliga ko’ra: portlovchi; tarkibiga ko’ra: sof; g – jarangli; artikulatsion o’rniga ko’ra: til orqa; artikulatsion usuliga ko’ra: portlovchi; sof; k- jarangsiz; artikulatsion o’rniga ko’ra: til orqa; artikulatsion usuliga ko’ra: portlovchi; sof;
4-topshiriq
1. b

2. e

3. a

4. f

5. e

6. d

7. b

8. a

9. a

10. f

11. b
Download 20.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling