1-topshiriq. Quyidaqi savollarga javob bering


Download 22.7 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi22.7 Kb.
#240994
  1   2
Bog'liq
tilshunoslik 8-sem 6d115d22603e342d23383161ea986d2a


440-guruh



Berdiyeva Nozliya
1-TOPSHIRIQ. Quyidaqi savollarga javob bering:

  1. Lingvistikaning qanday turlari mavjud?

Sotsiolingvistika, psixolingvistika, etnolingvistika, neyrolingvistika, mintalingvistika, kompyuter lingvistikasi, kommunikativ lingvistika, matematik lingvistika.


  1. Leksik sath nima?

Leksik sath birligi tilshunoslikda leksema deyiladi. Leksema – tilshunoslikning eng muhim va markaziy tushunchalaridan biri. Biroq uning mazmun va chegarasi hozirgacha aniq belgilangan emas. Masalan, o‘zbek tilshunosligida leksema va so‘z atamasining hozirgacha yonma-yon qo‘llanayotganligi, leksemani morfemaning bir ko‘rinishi sifatida qarash kabilar shular jumlasidan. Ulardan biri, ya’ni leksemaning lisoniy birlik bo‘la olish-olmasligi masalasini olaylik. Ko‘p tilshunoslar lisoniy birliklarni sanashganda, fonema, morfema va qolip bilan cheklanib, leksemani tilning alohida qurilish birligi sifatida tan olishmaydi va uni morfemaning bir ko‘rinishi sifatida qarashadi.


  1. Sintaktik sath nima?

Badiiy nutqning ta’sirchanligini ta’minlashda sintaktik usuldan keng foydalaniladi. Ekspressivlikning namoyon bo’lish shakllarini tadqiq qilgan olim – Adham Abdullayev: “sintaktik gradatsiya, sintaktik sinonimiya, bog’lovchilarning maxsus qo’llanilishi, antiteza, monolog, sukut, inversiya, takroriy gaplar, ritorik so’roq” kabi uslubiy figuralar fikrning o’ta ta’sirchan ifodalanishiga xizmat qilishini ta’kidlaydi. “Badiiy tekstning lingvistik tahlili” kitobi mualliflari, sintaktik figuralarning quyidagi asosiy ko’rinishlarini bayon qiladi: anafora, epifora, takror, antiteza, gradatsiya, ellipsis, alliteratsiya, ritorik so’roq kabilar.



  1. Psixolingvistika tilshunoslikning qanday yo`nalishi?

Zamonaviy yo'nalishlari safiga kiritilgan.


  1. Psixolingvistika dastlab qachon va kim tomonidan yuzaga keldi?

Ushbu atama dastlab 1946-yilda Amerika psixologi N.Pronko tomonidan qo‘llandi va XX asrning 50-yillaridan keng yoyildi.


  1. Psixolingvistikaning o’rganish obyektlariga nimalar kiradi?

  • Nutq faoliyatning vujudga kelish mexanizmini o‘rganish;

  • Bolalar nutqini shakllanish jarayonini rivojlantirish;

  • Muayyan nutqiy vaziyatda so'zlovchi bilan tinglovchi o'rtasidagi munosabatni o'rganish;

  • Nutqning axborot tashish funksiyasini o'rganish va boshqarish.




  1. Ichki va tashqi nutq deganda nimani tushunasiz?

Nutqiy faoliyat, ya’ni insonlarning bir-biriga axborot berish va bir-biridan axborot qabul qilish jarayoni bir qancha fanlarning o‘rganish obyekti sanaladi. Xususan, bu jarayon tilshunoslik va psixologiya fanlari tomonidan chuqur o‘rganilgan. Tilshunoslik kishilar o‘rtasida asosiy aloqa vositasi bo‘lgan til va uning aloqa-aralashuv jarayonida voqelanuvchi nutqni bir-biridan ajratgan holda, tilning ichki tuzilishi va birliklari, ushbu birliklarning nutqiy jarayonda turli-tuman voqelanishi, psixolingvistikada esa “ichki tuzilish”dan “tashqi tuzilish” (“tashqi nutq”)qa o‘tishning asosiy bosqichlari, ushbu 2 tuzilishning o‘zaro munosabatlari kabi qator masalalar atroflicha o‘rganiladi.


  1. Etnolingvistika qachon va qayerda yuzaga keldi?

XIX asrning 70-yillarida Amerika hindularining tili, madaniyati va urf-odatlarini o‘rganishning kuchayishi tufayli yuzaga kelgan.


  1. Etnolingvistika nimalarni o’rganadi?

Ma’lumki, xalq tarixida, turmush tarzida yuz bergan har bir voqea, urf-odatlar uning tilida aks etadi, shuning uchun til bilan uning egasi bo‘lgan xalq o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Toponim, etnonimlarni xalqning tarixini bilmay turib o‘rganib bo‘lmaydi, shuningdek, etnografiya ham tilshunoslikka qimmatli materiallar beradi. Til amaliyoti va rivojlanishida etnomadaniyat, etnopsixologik omillarni o‘rganish ehtiyoji tilshunoslikda etnolingvistika yo‘nalishini yuzaga keltirdi.


  1. Sotsiolingvistika qanday masalalar bilan shug’ullanadi?

Tilshunoslikning tilning ijtimoiy mohiyati va vazifasi, tilga sotsial omillarning ta’siri kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi yo‘nalish. Til ijtimoiy hodisa bo‘lgani uchun u jamiyat hayoti bilan uzviy bog‘liq va bu tilshunoslikning tilning ijtimoiy mohiyati va vazifasi, tilga sotsial omillarning ta’siri kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi sotsiolingvistika yo‘nalishining shakllanishiga olib keldi


  1. Til va madaniyat o’zaro munosabati negizida qanday madaniyat yuzaga keldi?

Etnolingvustika yuzaga keladi.


  1. Mentalingvistika tilshunoslikning qanday yo’nalishi?

Dunyoning konseptuallashuvi va kategoriyalanishida, anglash jarayonlari va inson tajribasini umumlashtirishda insonning til bilan bog‘liq kognitiv qobiliyatlari va ularning shakllarini tadqiq qiladigan tilshunoslik yo‘nalish.


  1. Til va tafakkur tilshunoslikning qaysi bo’limida o’rganiladi?

Neyrolingvistika bo'limida.


  1. Neyrolingvistika nimalarni o’rganadi?

Nutqiy faoliyatni bosh miya mahsuli sifatida o‘rganuvchi tarmog‘i. Ushbu fanda miya kasallanishining nutqiy faoliyatga ta’siri masalalari, ya’ni afaziya holati ham o‘rganiladi.


  1. Kommunikativ tilshunoslikning o’rganish obyektlariga nimalar kiradi?

1. Matn tilshunosligi.

2. Sotsiolingvistika.

3. Psixolingvistika.

4. Lingvistik pragmatika.




Download 22.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling