1. Umumta’lim maktablarida chizmachilik fanini chuqurlashtirib o`rganish


Download 109 Kb.
bet1/10
Sana17.06.2023
Hajmi109 Kb.
#1541639
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Himoyaga ruxsat etiladi
“Tasviriy sa’nati” kafedrasi
mudiri ________B.Qurbonova
«_____»__________ 2023-yil

San’atshunoslik fakulteti, Tasviriy san’at kafedrasi,


“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo’nalishi
2-bosqich - 21.128-guruh talabasi
Saminjonova Dilmura
CHIZMACHILIK FANINI O’QITISH METODIKASI”fanidan
“Umumta’lim maktablarida chizmachilik fanini chuqurlashtirib o`rgatish metodikasi” mavzusida bajargan
KURS ISHI
Kurs ishi rahbar: M.Qodirov


Farg’ona 2023
MAVZU: Umumta’lim maktablarida chizmachilik fanini chuqurlashtirib o`rgatish metodikasi

KIRISH ………………………………………………………………………..
1. Umumta’lim maktablarida chizmachilik fanini chuqurlashtirib o`rganish
……………………………………………………………………………….
2. Fakultativ mashg‘ulotlar va ularni o‘tkazish metodikasi.
………………………………………………………………………………..
3. XULOSA VA TAVSIYALAR
4. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………
5. INTERNET SAYTLARI…………………………………………………….


KIRISH
Mavzuning dоlzarbligi. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz ijtimoiy va madaniy hayotida ulkan o’zgarishlar yuz berdi. Bu yillar tarixda, avvalo O’zbekiston san’ati uchun ijodiy erkinlik davri sifatida muxrlanib qoldi. Bu davrga kelib turli yo’nalishlar, har-xil ijodiy tajribalar paydo bo’ldi. San’atda yangilik,mafkuraviy tazyiqlardan xoli bo’lish va ijod erkinligiga erishish badiiy jarayonlarning serqirraligigiga ta’sir etdi.
Barcha sohalar kabi yangi davrda san’atning mohiyati ham Prezident Islom Karimovning "O’zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi" farmonidagi quyidagi fikrlarida o’z aksini topgan;”Biz kishilarning siyosiy ongi, dunyoqarashi boshqarish emas, balki boyitish, yuksaltirish, insoniylik ruhida, umumjaxon me’yorlar asosida tarbiyalash yo’lidan bordik.”
Joriy yilning 6 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorni imzoladi. Bizning ishonchimiz va tayanchimiz bo’lmish yoshlarimizga yanada keng yo’l ochib berish, farzandlarimizni zamonaviy bilim va tajribaga, o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan, ma’naviy yuksak, komil insonlar etib tarbiyalash, ularning jamiyatimizda mustahkam va munosib joy olishi yo’lida zarur shart-sharoitlarni yaratib berish barchamiz uchun ham qarz, ham farz.
Mazkur qaror mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o’zlashtirgan har tomonlama sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida, davlat va jamoat tashkilotlarining takliflarini inobatga olgan holda qabul qilingan.
Qarorga muvofiq 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora – tadbirlar Dasturi qabul qilinadi. Dastur jami 67 band va 7 bo’limdan iborat. Jumladan:
- yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish.
1990 yillar san’ati,birinchi o’rinda rangtasvir san’ati ibratli va juda qiziqarli manzara kasb etadi, ya’ni ”Zamonaviy o’zbek tasviriy va amaliy san’ati badiiy an’anaviylikdan farqli o’laroq ma’lum andozaga tushmagan shakllanishida izchillik bilan ishlarni amalga oshirish,tadrijiy rivojlanish,sekin o’zgarishlarda o’zgacha bir donolik bilan yondashish kabi xususiyatlar ko’zga tashlanadi"1. Bu yillarga kelib ko’pgina rassomlarning dunyoqarashi o’zgardi, harqalay, biz tasviriy san’atda usul va uslublarda yangicha munosabatlarning guvohi bo’ldik.
20-asrning ilk yillaridayoq O’zbekistonda avangardchi rassomlar faoliyat yuritganlar 20-yillarning buyuk ustalari A.Volkov, I.Mazel, 60-yillarning YU.Taldikin, A.Volkov, 70-yillarning A.Krikis, J.Umarbekov, V.Oxunov, YA.Salpinkidi B.jalolov kabi rassomlar zamonaviy oqimlar tadqiqotchilaridan xisoblanadi.
Noan’anaviy uslubda ijod etayotgan bu gurux rassomlari ishlarida falsafiy va plastik mushoxada yetakchi o’rin tutadi. Ular rang, shakl va chiziqlarning abstrakt uygunlashuvi yordamida mushohadalarini talqin etadilar. Xattoki plastika g’oyadan ilgarilab ketadi, rang bilan shakl o’rtasidagi tajribalar tez orada o’z samarasini beradi va muallifning tugallangan aniq sharxli avangard asari paydo bo’ladi. Mazkur mavzu bo’yicha izlanish olib borish bir necha sabablarga ko’ra dolzarbdir. Ma’lumki, 90- yillar o’rtasidagi G’arbiy Evropada texnologiya va elektron mediani rivojlantirish va tadbiq etish sohasida dadil qadam qo’yishi badiiy g’oyalarning kengayishiga olib keldi. G’arbda endilikda san’at ma’lum bir millatni anglatuvchi qobiq sifatidagi tarixiy rolini o’tab bo’ldi yoki uni rad etdi deyilmoqda.
Shuning uchun jahon san’atida xozirgi paytda mintaqalar doirasida madaniy yaxlitlashuv namoyon bo’lmoqda. Yevropa mamlakatlarida umuminsoniy g’oyalar namoyishi keng avj oldi. "Endilikda milliy maktablar muammolarini olg’a surish, yoki bu maxalliy madaniyat xususiyatlarini iloxiylashtirishiga intilish birmuncha eskirib, u jaxon badiiy jarayonining asosiy yo’nalishlariga xalaqit berayotgan unsurga aylanmoqda. Hozirgi madaniy munosabatlarda kelajakni milliy maktablar emas, balki rassomning o’ziga xosligi belgilaydi, degan faraz keng yoyilgan.Shuningdek, hozirgi badiiy jarayon badiiy idrok tushunchasiga turli nuqtayi nazardan qarashni taqazo qilmoqda. Bu esa maxalliy maktab doirasida zamonaviy tamoyillar ta’siri kuchayishini bildiradi.
Ayrim rassomlarimizni kishini xayratga soluvchi nafis san’atdagi rang-barang me’rosi — qadimgi xaykaltaroshlik va devoriy suratlardan tortib, musulmon miniatyura san’ati, amaliy san’ati, sharq falsafasi, so’fizm g’oyalari va shu kabilar aqlbovar qilmaydigan darajada rassomlarni ushlab turadi. Ammo milliy maktab, maxalliy madaniyat doirasida zamonaviy tamoyillar ta’siri ham kuchli. Kurs ishida maktab o’quvchilarining darsdan tashqari ishlar mazmunini tashkillashda turli to’garaklar tashkil etishga va ayniqsa zamonaviy O’zbekiston rangtasvirida avangard shakllarining kurtak yozayotganligiga e’tibor qaratdik. Shu nuqtai nazardan ko’rgazmali amaliy ishni to’garaklarni tashkil qilish va ularning turlari namoyish etilgan ilovalar namoyishini taqdim qilishni lozim topdik. Mazkur bitiruv malakaviy ishi ana shu jarayonning ilmiy, badiiy axamiyatini va xususiyatlarini taxlil etadi.
Shu biln birga Tasviriy san’at bo’yicha darsdan tashqari ishlar mazmunini tashkillashda respublika, viloyat, shahar, tuman miqyosidagi rassomlar, amaliy bezak san’ati ustalari bilan maktablarda, kollejlarda, oliy o’quv yurtlarida uchrashuvlar o’tkazish o’quvchilarni, talabalarni san’atga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Bunday uchrashuvda rassomlar, ustalar o’zining ijodiy yo’llari, yaratgan asarlari, uning yaratilish sirlari, kelajak rejalari haqida yoshlarga so’zlab beradilar. Tasviriy san’at o’qituvchisi esa bu kasbning jizibali, faxrli kasblardan biri ekanligi, bu sohada kishilar hayotidagi o’rni haqida gapirib beradi. Uchrashuvdagi rassom misolida uni hukumatimiz, halqimiz tomonidan yuksak qadrlanganligi (uning mukofotlari, lavozimi, unvonlari v.b.) asarlarini qaysi joylarda namoyish etilganligi, uning sarflari haqida so’zlab berish bolalarda juda katta taassurot qoldiradi. Uchrashuvni to’laqonli bo’lishi uchun rassom yoki ustaning asarlari ko’rgazmasining tashkil etilishi tadbirning yanada samarali bo’lganligini ta’minlaydi. Rassomlar va ustalar bilan bunday aloqalarning kengayishi, maktab, kollej va oliy o’quv yurtlarida san’at muzeyini tashkil etishga ham ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Muzeylarni tashkil etishda uning tashkilotchilari tomonidan katta ma’suliyat talab etiladi. Uni maktab ma’muriyati, hayriya tashkilotlari, rassom va ustalar yordamida amalga oshiriladi. Uni tashkil etishda maktab tasviriy va amaliy san’at to’garagi a’zolari faol ishtirok etishlari lozim. Muzeyni faqat asarlar namoyish etadigan joy deb qaramaslik lozim. Uni san’atga oid ma’ruzalar, uchrashuvlar, suhbatlar, munozaralar, viktorinalar, tanlovlar, ko’rgazmalar o’tkazilib turiladigan joyga aylantirish ayni muddaodir.
Muzey ishlarini bunday tarzda keng qamrovli tashkil eitilishi yoshlarni san’atga bo’lgan qiziqishlari, muxabbatini oshiribgina qolmay, balki ularni badiiy madaniyatini ko’tarishga xizmat qiladi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, tasviriy san’at darslarining muvaffaqqiyatli ko’p jihatdan bolalarni fanga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish va doimiy ravishda uni oshirib borishga bog’liqligi bilan ajralib turadi.
Chizmachilik fanidan sinfdan tashqari ishlar umumiy o’rta ta’lim tizimida muhim o’rinni egallaydi. Ular tasviriy va amaliy san’at, me’morchilik kabi san’at turlari bo’yicha amalga oshiriladi. Bular to’garak mashg’ulotlari, uchrashuv, ko’rgazma, tanlov, chizmachilik sirlari kabi qator yo’nalishlarda o’tkaziladi va ular o’quvchilarni badiiy – ijodiy ehtiyojlarini qondirish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Shu bilan birga u yoshlarning badiiy va estetik fikr doirasini kengaytiradi, hamda umumiy dunyo qarashini oshiradi.

Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling