1. Xarajatlarni turkumlash va ular hisobining vazifalari Maxsulotlar tannarxining kalkulyatsiyasi


Download 31.41 Kb.
bet1/2
Sana25.04.2023
Hajmi31.41 Kb.
#1398023
  1   2
Bog'liq
1. Xarajatlarni turkumlash va ular hisobining vazifalari


Mavzu: Xarajatlarni turkumlash va maxsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish.
Reja:
1.Xarajatlarni turkumlash
2.Xarajatlarni turkumlash va ular hisobining vazifalari
3.Maxsulotlar tannarxining kalkulyatsiyasi
Xarajatlarning turkumlanshi va ular hisobining vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom» buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jismoniy va huquqiy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi, rezidentlar, mahsulotlar, ish, xizmatlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni aniqlashning bir xilligini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatiga bardoshliligini aniqlashdir.«Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi Nizomda xarajatlarni turkumlash va moliyaviy natijalarning tarkib topishining asosiy qoidalari bayon etilgan. Mazkur Nizomga muvofiq hamma xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlar.
2. Ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shilmaydigan, ammo asosiy faoliyatdan olinadigan foydadan hisobga olinadigan davr xarajatlariga qo‘shiladigan xarajatlar.
3. Korxona umumxo‘jalik faoliyatidan olinadigan foyda yoki zararlarda hisobga olinadigan korxona moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlar.
4. Daromaddan yoki foydadan soliqlar to‘langunga qadar foyda yoki zarar hisob-kitobida hisobga olinadigan tasodifiy zararlar.
1-jadval
Mahsulot ishlab chiqarish harajatlarining guruhlanishi2
Ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodiy mazmuniga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi:
1. Asosiy xarajatlar.
2 Ishlab chiqarishni tashkil etish va unga xizmat qilish bilan bog‘liq xarajatlar.
3-chizma. Korxona xarajatlarining guruhlanishi3
Asosiy xarajatlarga mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bilan bevosita bog‘liq xarajatlar kiradi. Masalan: texnologik maqsadlar uchun ishlatiladigan xomashyo, material, yordamchi material, yoqilg‘i, elektr quvvati, ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilarning asosiy va qo‘shimcha ish haqi hamda ijtimoiy sug‘urtaga qilinadigan ajratmalar va boshqa xarajatlar.Ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda unga xizmat qilish bilan bog‘liq xarajatlarga umumiy ahamiyatdagi va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari kiradi.Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishda tannarxga o‘tkazish nuqtayi nazaridan xarajatlar bevosita (to‘g‘ri) va bilvosita (egri) xarajatlarga bo‘linadi.Bevosita xarajatlar deb, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga to‘g‘ri o‘tkaziladigan xarajatlarga aytiladi. Masalan: texnologik mahsulotlar uchun sarflangan xomashyo va asosiy materiallar, ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilarning asosiy mehnat haqi va boshqalar.Bilvosita xarajatlar deb, hisobot oyi davomida yig‘ib taqsimlovchi schyotlarda hisobga olinib, tannarxni kalkulyatsiya qilishda mahsulotning ayrim turlari tannarxiga biron-bir ko‘rsatkichga mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan qo‘shiladigan xarajatlarga aytiladi.Xarajatlar tarkibi O‘zbekiston Respublikasida «Mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»da belgilab qo‘yilgan. Ushbu Nizomga muvofiq xarajatlar ikki guruhga bo‘linib hisobga olinishi belgilangan:
1) mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
2) mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar.
Bundan tashqari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha harnda favqulodda xarajatlar alohida hisobga olinadi.Kalkulyatsiya obyekti bu, korxonalarda tayyorlangan ayrim mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, biron-bir buyurtma turi yoki bajariladigan xizmat turlaridan iborat. Korxona uchun kalkulyatsiya obyektining ro‘yxati avvaldan ishlab chiqiladi va mutasaddi xodimlar tomonidan tasdiqlanadi. Xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya qilinishn tashkil qilishda kalkulyatsiya birligini to‘g‘ri tanlash ham katta ahamiyatga ega.

Download 31.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling