8-ma’ruza: mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini kalkulyatsiyalash reja
Download 20.51 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.1.Kalkulyatsiyaning mohiyati, ahamiyati va vazifalari
- Kalkulyatsiyalash obyektlari
8-ma’ruza: MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR TANNARXINI KALKULYATSIYALASH Reja: 8.1.Kalkulyatsiyaning mohiyati, ahamiyati va vazifalari 8.2.Xarajatlar hisobi va tannarx hisoblash usullari Tayanch iboralar: Kalkulyasiya, tannarx, kalkulyatsiya, kalkulyatsiya ob’yekti, kalkulyasiya birligi, xarajat moddasi, xarajat elementi, davr xarajatlari, reja kalkulyatsiyasi, normativ kalkulyatsiyasi, kutilayotgan (provizor) kalkulyatsiyasi, hisobot kalkulyatsiyasi. 8.1.Kalkulyatsiyaning mohiyati, ahamiyati va vazifalari Materiallarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar buxgalteriya hisobining alohida schyotlarida joriy tartibda guruhlanadi. Tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar birligining tannarxini aniqlash buxgalteriya hisobida kalkulyatsiyalash deyiladi. Kalkulyatsiyaning juda keng ma’nodagi mazmuni xarajatlarni bir tizimga keltirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxi to‘g‘risida ma’lumot shakllantirishdan iborat. Nisbatan tor ma’noda-har xil xarajatlarni yagona pul o‘lchovida umumlashtirish va ularni mahsulot(ish, xizmat)lar turlari bo‘yicha guruhlash usulidir. Barcha xarajatlar yagona pul o‘lchovidan ifodalanib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlanadi va mahsulot(ish, xizmat)lar birligining tannarxi hisoblanadi. Birinchi qarashda oddiy bo‘lib ko‘ringan bu ish juda murakkab va sermehnat jarayon hisoblanadi. Uning muammolari maxsus kalkulyatsiyalash nazariyasini va kalkulyatsiya ishining turli amaliy jihatlarini vujudga keltirdi. Kalkulyatsiyalash masalalarining murakkabligi eng avvalo xo‘jalik jarayonlarining xilma-xilligi, ishlab chiqarishning tashkiliy va texnologik shart-sharoitlari murakkablashuvi bilan bog‘liq. Murakkablik xarajatlarni guruhlash uchun asos tanlash paytidayoq vujudga keladi. Bu yerda bir qancha asoslar mavjud: kalkulyatsiyalash obyekti, xarajatlar elementi, tannarx moddalari. Kalkulyatsiyalash obyektlari – bu tannarx hisoblash uchun xarajatlarni guruhlash asosidir. Ayrim ishlab chiqarishlarning tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tannarx hisoblash har xil usullar yordamida bajariladi, buni hisoblash jarayoni esa buxgalteriya hisobining alohida bo‘limi bo‘lib, uni kalkulyatsiya ishi deb atash mumkin. Uning asosini belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadigan, xarajatlarni yagona pul o‘lchovida umumlashtirish va ularni ma’lum ketma-ketlikda guruhlash yo‘li bilan mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini hisoblash tashkil etadi. Xarajatlarning alohida turlarini ilmiy asoslangan normalar va normativlar negizida rejalashtirish, hisob va kalkulyatsiyani, xarajatlar shakllanishining nazorati va auditini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish mahsulot (ish, xizmat) tannarxini boshqarish tizimining asosini tashkil etadi. Xususan, ichki nazoratning vazifalari barcha xo‘jalik muomalalarining to‘liqligi va qonuniyligini, jumladan schyo‘tlar guruhlari bo‘yicha jamlangan summalarni arifmetik tekshirishdan iborat. Kalkulyatsiyalash masalalari buxgalter oldida xo‘jalik mablag‘lari doiraviy aylanishining barcha bosqichlarida (ta’minot, ishlab chiqarish va realizasiya) vujudga keladi. Mahsulotlar tannarxini hisoblash jarayonida kalkulyatsiyalash obyekti va kalkulyatsiya birligi, xarajat elementi va xarajat moddasi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish lozim. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar (detall, buyum, bir xil buyumlar guruhi), tuxnologik jarayonlar (bo‘lak, ishlab chiqarish), bosqich va boshqalar, ya’ni har xil tayyorlik darajasidagi mahsulotlar, ish yoki xizmat turlari kalkulyatsiyalash obyektlari hisoblanadi. Download 20.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling