1. Yerdan unumli foydlanish lozim; Dalalarda sigirlar o't-o'lanlarni


Download 19.83 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi19.83 Kb.
#119288
Bog'liq
3-Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar


3-Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar

1- mashq. Quyidagi so‘zlar ishtirokida gap tuzing. Bu so‘zlar boshqa gapdagi shunday so‘zlarga omonim bo‘lib kelsin.

Yer, jon, soz, tush, soch, qirq, yosh, kul, oy, ot, son, sog‘, shim, toy, et, yara, bez, , oq, oshiq, osh.

1.Yerdan unumli foydlanish lozim; Dalalarda sigirlar o't-o'lanlarni yer.

2.Mushuklarning 7 ta joni bo'ladi deyishadi; Dalada ishlar jonlana boshladi.


3.Bu sozingiz bilan butun omma ahlini xursand etdingiz; Bu qilgan ishingiz sozdir.
4.Tushimda ota-onamni ko'ribman; Tomdan pastga tush.


5.Sochimga oq oralay boshlabdi; Cho'ntagidagi bor pulingni soch.

6.Uydan chiqib ketganimga qirq kun bo'libdi; Matoni to’rt bo’lakka qirq.

7.Ko'z yoshinga arzimaydi; Bobom bugun 90 yoshga to’ldilar.

8.Daraxt yonib kulga aylandi; Anvar do’stini ustidan noo’rin kuldi.

9.O'g'rilar bizning uloqchi otlarimizni o'ldirib ketishibdi; Toshni shunaqangi otdimki osmonda ko'rinmay ketdi.

11.Sonlar ketma-ketlikda yozilsin; Buqa sonidan yaralandi.

12.Ot o'rnini toy bosar; Qorda toyib ketdim.

13.Ma'lum yoshdagi bolalarda tomoqdagi bodomcha bezlar
yallig'lanishi, quloq og'rishi mumkin; Bag'ritoshlar bo'lsa, bez bo'lib
o'tiribdilar.


16.Insonning usti emas qalbi oq bo'lsin; Javlon maktubini
oq qog’ozga ko'chirib ulgurmasidan, hovlini otlarning dupuri qoplab ketdi.


17.Endi besh-olti kunlik osh-qatiqqa nafi tegmasa, nima qilib o'stirdim buni; Erta mahallada osh bor.

1- topshiriq..”Termin” so‘zi namunasiga ko‘ra “Eksponat” so‘ziga sinkveyn tuzing va umumlashtiruvchi xulosa chiqaring.

“Sinkveyn” (5-qator) texnikasi:

1-qator - tushuncha - ot

2-qator - 2 so‘zdan iborat sifat

3-qator - 3 so‘zdan iborat fe’l

4-qator - 4 so‘zdan iborat munosabat

5-qator - 1 so‘zdan iborat sinonim

Namuna:

1.Termin


2.Iqtisodiy, sohaviy

3.Anglatadi, ishlatiladi, aniqlaydi

4.Birgina ma’noga ega bo‘lgan so‘z.

5.Atama.



2 - topshiriq. “Tushunchalar asosida matn tuzish” metodi bo‘yicha matn tuzish

“O‘rta Osiyoning buyuk siymolari” mavzusi bo‘yicha quyida berilgan tayanch so‘z va birikmalardan foydalanib mustaqil tarzda mikromatnlar tuzing.

1) Xorazm, Bog‘dod akademiyasi, rasadxona, o‘nlik tizim, to‘rt amal, algoritm, algebra;

2) Samarqand, sakkizta asar, «Samoviy jismlarning harakati va yulduzlar ilmi», astronomiyadan qo‘llanma;

3) Forob, Damashq, Misr, 160dan ortiq asar;

4) Kat shahri, Ma’mun akademiyasi, xorijiy tillar, 200ga yaqin ilmiy asar, globus, «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», G‘azna;



5) Sayram, Yassi, 23 yosh, «Hikmatlar».
Download 19.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling