10-amaliy mashg‘ulot. Oltin minerallari


Download 22.85 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi22.85 Kb.
#1444821
  1   2   3
Bog'liq
Amaliy 3


10-amaliy mashg‘ulot.


Oltin minerallari

Oltin (Au) - birinchi guruh metalli. Tabiatda bir va uch valentli holda uchraydi. Atom og'irligi - 196,967. Tartib raqami - 79. Atom radiusi - 1,44A°. Ion radiusi Au1+= 1,37A°. Klarki 5-10"7. Solishtirma og'irligi 18,88-19,33. Qattiqligi 2,5. Suyuqlanish harorati - 1063°C. Qaytgan yorug'lik nurida sariq va o’tgan yorug’lik nurida yashil rangli bo’ladi. Yaltiroqiigi metallsimon. Oltin juda qadim zamonlardan ma'lum. Oltin shoxarog’ida (sarskaya vodka) [3HCI+HN03] erib, AuCI3hosil bo’ladi. Bunga vodorod peroksid va kaliy ishqori qo’shilsa oltin eritmadan butunlay ajralib chiqadi.


2AuCI3+ 3H202+ 6K0H = 6KCI + 6H20 + 302+ 2Au.
Oltinning sulfidli birikmalari beqaror, telluridlar esa barqaror hisoblanadi. Oltin butun dunyo davlatlarida qimmatbaho metall hisoblanibj davlat valyutasi vazifasini bajaradi. Zargarlik ishiarida, medicinada, tish qo’yishda, elektrotexnikada, fizik asboblar tayyorlashda, kimyoviy reaktivlarda qo’llaniladi. , Oltin ishtirok etuvchi asosiy minerallar:
Softugma oltin Au
Elektrum (Au, Ag)
Kyustelit (Ag, Au)
Misli oltin (Au, Cu)
Oltin amalgamasi nAu mHg
Palladiyli oltin - porpesit (Au,Pd)
Aurostibit AuSb2
Bismutoaurit Au, Bi
Vismutli oltin - maldonit Au,Bi
Tellurli oltin - silvanit AgAuTe4
Tellurli oltin - kalaverit AuTe2
Petsit Ag3AuTe2
Tellurli oltin - nagiagit n(Pb,Au)m(Te.S,Sb)
Tellurli oltin - krennerit (Au,Ag) Te2
Montbreyit Au2Te3
Bilibinskit Au3Cu2PbTe2
Kostovit AuCuTe4
Ma'lum minerallarda to’plangandan tashqari oltin juda mayda zarrachalar holida ko’pgina magmatik, metamorfik va cho’kindi jinslarda ham uchraydi. Oltinning asosiy massasi granit turkumidagi nordon intruziv jinslar bilan bog’liq.

Download 22.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling