10-ma’ruza mashg’uloti


Download 0.96 Mb.
bet1/6
Sana24.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1393482
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-ma\'ruza mashg\'ulot


10-ma’ruza mashg’uloti: Harakatga dоir masala yechishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. Masala yechish jarayonida interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish.
Reja:

  1. Uchrashma yo’nalishda harakatlanishga doir masalalar

  2. Qarama –qarshi yo’nalishdagi harakatda jismlarning bir-biridan uzoqlashish tezligi ular tezliklarining yig’indisiga teng.

  3. Bir hil yo’nalishdagi harakatga doir masalalar.

  4. Masala yechish jarayonida interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish.

Masofa vaqt, tezlik – muhim fizik tushunchalar bo’lsa-da, 4-sinf o’quvchilari ular bilan o’z hayotiy tajribalari, o’z yoshlari darajasida tanish 4 – sinf “Matematika” darsligida bu tushunchalarning fizik mohiyati ochilmaydi, ammo muallim ularni bilishi kerak.


“Tez borib, tez kel!” , “Chopqollab borib kel! ” “Uchib borib, uchib kel! ” , “G’izilla”, “Vaqting kam qoldi, darsga kech qolmaslik uchun chopasan endi!” kabi iboralar gaplarni har kuni eshitamiz.
O’quvchi bunga o’z kundalik hayotida necha bor duch kelgan.
Shahardan qishloqqa bir vaqtda bir joydan 3 kishi – Ahmad, Rahmat, Vali yo’lga chiqdi. Ahmad “Tiko” da, Rahmat – velosipedda, Vali – piyoda. Kim qishloqqa avval keladi? Nima uchun degan savolga, tabiiyki va aniq javob bera oladilar. Tezlik turlicha bo’lsa, ma’lum bir masofani o’tish uchun katta tezlikda yurgani kam vaqt sarflashini o’quvchilar biladilar.
“Masofa, vaqt, tezlik” mavzulari majmuasining maqsadi:

  • o’quvchilarni masofa, vaqt, tezlik kabi tushunchalari bilan yanada yaqinroq, kengroq tanishtirib, ularning bu boradagi hayotiy tajribalari to’g’riligiga hisob-kitob bilan, matematik usullar yordamida ishontirish,

  • masofa, vaqt, tezlik orasidagi bog’lanishlarni ochish, ularnimasalalar yechishga qo’llay olish, tadbiq etishga o’rgatish;

  • o’quvchilarning natural sonlar ustida to’rt amalga doir olgan bilimlarini amaliyotga tadbiqi, amaliyotda qo’llashi, to’rt amalgam fizik ma’no berish, bu amallarni “jonlantirish” matematikaning hayot bilan chambarchas bog’liqligini yana bir bor namoyon etish, ko’rsatish;

  • harakatga doir masalalar yechishda ularni yo’nalishlari bo’yicha guruhlarga ajratib, harakat turlari bilan tanishtirish. Bu esa uslubiy jihatdan soda va ravonligi bilan muallimga tug’diradi;

  • o’quvchilarning o’rtacha tezlik tushunchasi bilan tanishtirish, uni hisoblashga doir mashqlarni yechishga o’rgatish. Bu esa o’rta arifmetik qiymat mavzusi bilan bog’liqki, o’quvchi o’zi o’rganayotgan mavzular o’zaro aloqadaligi, biri ikkinchisiga tatbiq etilishini, “Matematika” fanini yaxlit, bir butun tasavvur qilishida muhimdir. Qolaversa, “Masofa, vaqt, tezlik” bobi o’quvchilarning nafaqat matematika tatbiqlariga, balki fizika, texnikaga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi;

  • masalalarda O’zbekistonning yirik shahar, qishloqlari nomlari berilishi, ular o’rtasidagi masofalar boshqa turli ma’lumotlarning keltirilishi Vatanimiz haqida bolalarning yanada ko’proq ma’lumot olishlarida, yurtga mehr-muhabbatlari ortishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Masofa, vaqt va tezlikka oid masalalar yechishda o’quvchilar Davlat ta’lim standartlari talablari darajasida ko’nikmalar hosil qilishlari zarur.
O’quvchilar bu mavzular bo’yicha egallashlari lozim bo’lgan ko’nikmalar ro’yxati “O’quvchi kitobi” da sanab o’tilgan.
Darslikning “Masofa, vaqt, tezlik” bobidagi mashqlar natural sonlarni ko’paytirish va natijaning to’g’riligini ikki usulda tekshirish hamda asosi va balandligi berilgan to’g’ri to’rtburchak yuzini topish, berilgan yuz va bitta tomon bo’yicha ikkinchi tomonning uzunligini topish masalalari kabi yechiladi. Matematika nuqtai nazaridan ular aynan bir xil masalalardir. Buni o’quvchi ilg’ashi, sezishi, payqashi, idrok qilishi lozimki, muallimga o’quvchilarga shu g’oyani singdirish tavsiya etiladi. Uch toifa masalalar orasidagi bu bog’lanish sodda misolda quyidagi jadvalda o’z aksini topgan.
Masala: Bitta qurutning narxi 10 so’m 4 ta qurut necha so’m turadi?
Yechish: 10*4=40 (so’m) Javob: 40 so’m.
Masala: 4 ta qurut 40 so’m turadi. Bitta qurut narxini toping.
Yechilishi: 40:4=10 (so’m) Javob: 10 (so’m)
Masala: Bitta qurutning narxi 10 so’m. 40 so’mga nechta qurut sotib olish mumkin?
Yechilishi: 40:10=4 (ta) Javob: 40 ta
Masala: Velosipedchi 1 soatda 10 km yo’l yuradi. U 4 soatda necha km yo’l yuradi?
Yechilishi: 10*4=40 (km) Javob: 40 km
Masala: Velosipedchi 4 soatda 40 km yo’l yuradi. U 1 soatda necha km yo’l yurgan?
Yechilishi: 40:4=10 (km) Javob: 10 km/soat
Masala: Velosipedchi 1 soatda 10 km yo’l yuradi. U 40 km masofani necha soatda o’tadi?
Yechilishi: 40:10=4 (soat)Javob: 4 soatda.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling