10-ma’ruza mashg’uloti


Harakat tezligini topish uchun masofani vaqtga bo‘lish kerak


Download 0.96 Mb.
bet3/6
Sana24.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1393482
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-ma\'ruza mashg\'ulot

Harakat tezligini topish uchun masofani vaqtga bo‘lish kerak.
287. Piyoda 4 km/soat tezlik bilan 3 soat yo‘l yurdi. Piyoda qancha masofani bosib o‘tdi?

Agar harakat tezligi va vaqt ma’lum bo‘lsa, masofa qanday topiladi?
Yechish: 4+4+4=4*3=12
Javob: 12 km
Masofani topish uchun harakat tezligini vaqtga ko‘paytirish kerak.
293. Vertolyot 4 soat 200 km/soat tezlik bilan, 2 soat 230 km/soat tezlik bilan uchdi. U shu vaqt ichida qanday masofani uchib o‘tdi? Vertolyot dastlabki tezlik bilan necha kilometr ko‘p masofani uchib o‘tdi?
Yechish: 200*4=800 km 230*2=460 km Javob: Vertolyot shu vaqt ichida 800+460= 1260 km masofani uchib o‘tdi.
Yo‘lovchi avtobusda 90 km yo‘l yurdi. Agar avtobus 45 km/soat tezlik bilan yursa, yo‘lovchi necha soat yo‘lda bo‘lgan? Masalani jadvalga yozing va yeching:

45 2 90
Agar tezlik va masofa ma’lum bo‘lsa, vaqt qanday topiladi?
Harakat vaqtini topish uchun masofani tezlikka bo‘lish kerak.
294. Toshkent va Samarqand shaharlari orasidagi masofa 300 km ga teng. Agar poyezd 60 km/soat tezlik bilan yursa, u bu masofani qancha vaqtda bosib o‘tadi?
Yechish: 300:60= 5 soat
Javob: 5 soatda yo’lni bosib o’tadi.
295. Qayiq 6 soatda 66 km masofani suzib o‘tadi. Agar qayiqning tezligi 4 km/soatga kamaysa, u shu vaqt ichida necha kilometr masofani o‘tadi?
Yechish: Qayiq tezligi 66:6=11 km/soat U 4 soatda 11*4=44 km yo’l bosadi.
Javob: 44 km.
298. Tuya 4 kunda 80 km yo‘l yurdi. Tuya qanday tezlik bilan yurgan?
Berilgan masalaga teskari masalalar tuzing, ularni jadvalga yozing va yeching:


  1. Tuyaning bir kundagi tezligi 80:4=20 km

  2. Tuya bir kunda 20 km yo’l bossa, u 80 km masofani necha kunda bosib o’tadi? Yechish: 80:20=4 Javob: 4 kun

  3. Tuya bir kunda 20km masofani bosib o’tsa, u 4 kunda necha km masofani bosib o’tadi? Yechish 20*4=80 Javob: 80km

299. Chavandoz 3 soatda 36 km, „Spark“ avtomobili esa 2 soatda 120 km masofani bosib o‘tdi.
1) „Spark“ning tezligi chavandozning tezligidan qancha ortiq?
2) „Spark“ning tezligi chavandozning tezligidan necha marta ortiq?
Yeching: “Spark” tezligi 120:2= 60 km/soat
Chavondozning tezligi 36:3=12 km/soat
Javob: „Spark“ning tezligi chavandozning tezligidan 60-12=48 km/soat ortiq.
310. Jadval bo‘yicha masala tuzing va uni yeching:

Masala matni: Velosipedchi tezligi 15km/soat bo’lsa, u 45 km masofani qancha vaqtda bosib o’tadi. Xuddi shu vaqtda chavandoz 12 km/soat tezlik bilan qancha masofani bosib o’tadi?
Yechish: 45:15=3 soat 12*3=36 km Javob: 36km
Malakaviy ish bo’yicha tajriba-sinov ishlari Rishton tumanidagi 4-maktabda o’tkazilgan bo’lib, shu asosda xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ulardan boshlang’ich sinf o’qituvchilari o‘z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
Masala yechish jarayonida interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish.
Pedagogik texnologiyalarning bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri-bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchining birgalikdagi faoliyati bo’lib, asosan o’quvchilarni fikrlaga undaydi. Kerakli xulosalarga kelishni, ular o’zini tahlil qilishni va amaliyotda qo’llashni o’rgatadi. O’qituvchining asosiy vazifasi bu erda o’quvchilarga yo’l ko’rsatish, yo’nalish berish, eng to’g’ri xulosani aytishdan iborat.
Interaktiv usullar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, o’qituvchi o’quvchining fikrini xech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina vaqti bilan to’g’ri xulosani aytib o’tib ketadi.natijada o’quvchi xatosini o’zi tushunib oladi. Bu esa ularni tushko`nlikka tushish, fikrlashda tormozlanish kabi xolatlarning oldini oladi. Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro hurmatga asoslanadi. O’qituvchi qanday bo’lmasin o’quvchining fikrini tinglaydi va hurmat bilan qarashini bildiradi, shu bilan birga o’quvchilarni bir-birlarini tinglashga o’rgatadi. e`tirozlar, qo’shimchalar ham “hurmatli”, “sizning fikringizga qo’shilgan holda”, “bizning ham ayrim fikrlarimiz bor edi” kabi so’zlar orqali bildiriladi. Bunday tarzda tashkil etilgan darsda o’quvchi o’zini hurmat qilinayotganligini sezadi va bunday sharoitda xech qanday tayziqsiz erkin fikrlay boshlaydi va uni ochiq bayon eta oladi. Ushbular bilan birgalikda u boshqalarni ham hurmat qilishga o’rganadi.
Interaktiv metodlar o’quvchilarda doimiy faollikni ta`minlaydi.
O’quvchilar dars davomida bo’sh qolmaydilar, ular mavzuga oid biror bir muammo bilan band bo’ladilar. Natijada esa zerikish holatini oldi olinadi.
Interaktiv meiodlardan foydalanishda o’qituvchi, eng avvalo, darsning texnologik loyihasini tuzib olishi lozim. Darsni texnologik loyixalash uchun esa o’qituvchi interaktiv metod strategiyalari va usullari bilan tanish bo’lishi lozim.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida boy tajriba to’plagan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar o’ziga xos ahamiyatga egadir.
Zamonaviy dars berish metodlaridan asosiysi “interaktiv” metod bo’lib, hozirda uning tarjimasi ko’p hollarda “interfaol” deb yuritiladi, Interaktiv (“inter”-vzaimniy, “akt”-deystvie-“o’zaro ta`sir” ma`nosini bildiradi) uslubiy yondashuvda o’quvchilar bilish va o’rganish jarayoniga butunlay sho’ng’ib ketadilar, ular o’zlari bilgan va o’ylayotganlari xususida baxslashishilari ham mumkin. Interaktiv darslarda maqsadga erishish uchun etarli zamin yaratadi. O’qituvchi dars rejasini tuzadi (qoida bo’yicha interaktiv mashq va topshiriqlar o’quvchi o’zlashtirayotgan material bilan o’zaro bog’liq bo’ladi). Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko’p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo’llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko’p bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo’llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to’g’ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.
O’qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o’qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling