10-Mavzu. Mebellarni joylashtirish va saqlash qoidalari Reja: Mebellarning turlari va ularni xonadonga joyashtirish. Mebellarni toza tutish va saqlash qoidalari. Seksiyali mebellar keng tarqalgan


Download 80.61 Kb.
bet1/3
Sana21.08.2023
Hajmi80.61 Kb.
#1669048
  1   2   3
Bog'liq
10-Mavzu

10-Mavzu. Mebellarni joylashtirish va saqlash qoidalari Reja: 1.Mebellarning turlari va ularni xonadonga joyashtirish. 2.Mebellarni toza tutish va saqlash qoidalari.

Seksiyali mebellar keng tarqalgan. Bunday mebel qismlari ustma-ust va yonma-yon qo’yiladi. Seksiyali mebellar bevosita kvartiraning o’zida yig’iladi. Kombinatsiyalangan devor shkaf (stenka) foydalanishga qulay chiroyli bo’lib, kitob, idish, kiyim-kechak qo’yiladigan, televizor va radiopriyomnik o’rnatiladigan bir necha shkafdan iborat, u xonaning butun bir devorini qoplaydi (kengligi 5 m gacha bo’ladi). Foydalanish jarayonida vazifasi va shaklini o’zgartirib turadigan karavot-divan, karavot-kreslo, yig’ma stol va shu kabi mebellarni ishlatish qulay. Hozirgi vaqtda qurma mebellar keng rasm bo’lmoqda. Yig’ib qo’yib zarur paytda ishlatiladigan bunday mebellar xona ichida u yoqdan bu yoqqa surib yuriladigan mebellarga nisbatan qulay, ular kvartiraning shinamligiga xizmat qiladi. Mebellar, asosan, yog’ochdan ishlanadi. Kesimi manzarali, silliq randalanadigan, laklanganda jozibali ko’rinadigan, chidamli yog’och navlari qoplama material sifatida mebellarda qadimdan ishlatiladi.

Yangi mebel turlari yangi materiallardan yangi konstruksiyalarda ishlab chiqarilmoqda. Keyingi paytlarda ramkali konstruksiyalar o’rniga qirindi presslab, sirtiga sifatli yog’och navlari yupqa qilib qoplangan, laklangan, sayqallangan taxtalar ko’p ishlatilmoqda. Mebel xona o’lchamiga qarab tanlanadi. Juda baland, beso’naqay mebel ko’p joy egallaydi, xona ichini tor va past qilib ko’rsatadi, shuning uchun ham foydalaniladigan mebellarning o’lchami, shakli o’zaro mos, muvofiq bo’lishiga ahamiyat bermoq kerak. Xonaga qo’yiladigan deraza va eshikka xalaqit bermasligi, yorug’lik to’smasligi, devor rangiga uyg’un bo’lishi, xona ichida erkin harakatga xalaqit bermasligi lozim, ular foydalanish uchun qulay joyda joylashtirilishi kerak. «Polirol-3» da mineralь moy va eritadigan moddalardan tashqari antistatik (changni o’ziga tortmaydigan) moddalar bor, «Polirolь-4» ning ma’lum darajada bo’yash xususiyati bor.


Download 80.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling