10-mavzu: O’zbek tilida ish yurtish
Download 152.06 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu O’zbek tilida ish yurtish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.Ish yuritishni bevosita asosiy hujjatlar tashkil qiladi
10-mavzu: O’zbek tilida ish yurtish 1. Korxona va tashkilotlarda o’zbek tilida ish yuritish. 2. Ish yuritida kerakli hujjatlar. 3. Xizmat xatlari. 4. Hujjat turlari va xususiyatlari. 1.1.Ish yuritishni bevosita asosiy hujjatlar tashkil qiladi. Biron – bir korxona, muassasa yoki tashkilotning faoliyatini bugungi kunda ana shu hujjatlarsiz mutlako tasavvur kilish mumkin emas. Mazmunan, xajman va shaklan xilma-xil bo`lgan hujjatlar kattayu kichik mexnat kollektivlarining, umuman kishilik jamiyatining uzliksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo`lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanok bu jamiyat a’zolari uzaro munosabatlaridagi muayyan muxim xolatlarni muntazam va kat’iy kayd etib borishga extiyoj sezganlar. Ana shu extiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk, ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. Respublikaimizda xam ana shu soxani yo`lga qo`yish uchun ilk xarakatlar kilindi. O’zbekiston respublikai 1924 yilning 31 dekabrida 48-raqamli muxim bir qaror qabul qildi. Bu qarorning nomini aynan keltiramiz: «Ishlarni o’zbek tilida yurgizish xam O’zbekiston Respublikaining inkilobiy komiteti xuzurida markaziy yerlashdirish xay’ati va maxallalarda muzofot yerlashdirish xay’atlari tuzilish(i) tugrisida». Ushbu qaror, unda ta’kidlanishicha, shuro idoralarining ishlarni yerli xalkka yakinlashtirish va ishchi-dexkonlarni shuro tuzilish ishiga aralashtirish maqsadi bilan qabul kilingan. Qarorda xukumat, kooperativ, xo`jalik idorlari va boshqa muassasa, tashkilot va korxonalar respublikaning bulist (volostь) xam uyaz (uezd) doirlarida butun yozuv ishlarni fakat o’zbek tilidagina yurgizishga mashbur etish vazifasi qo`yiladi. Buning uchun korxona, tashkilot va muassasalarda «ishlarni o’zbek tilida yurguzish bulmalari (ni) tashkil qilmoq», yuriknomalar nashr kilish, «erlik xalkdan amaliy ishchilar (ish yuritish bo`yicha) tayyorlamok» va boshqa tashkiliy ishlarni amalga oshirish lozimligi mazkur qarorda maxsus kursatib utilgan. Bu qarorni joriy kilish yuzasidan, tabiyki, muayyan ishlar amalga oshirila boshladi, xususan maxsus ish kogozlari tayyorlandi. Lekin 30-yillarning 2-yarmidan boshlab o’zbek tiliga bo`lgan e’tibor rasman susayib borgan. Usha murakkab tarixiy jarayon, xalklarning milliy uzliklarini anglashlaridan xokimiyatning daxshatli darajadagi kurkuvi, bu kurkuv xukmron bo`lgan katagon davrining achchik samarasi bugun xech kimga sir emas. Ma’lumki, hujjatlar xilma-xil va mikdordan juda ko`p. Hujjatlarning maqsadi, yunalishi, xajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari xam turlichadir. Shunday ekan, hujjatlar tiliga qo`yiladigan umumiy talabalar bilan bir qatoriga xar bir turkum hujjatlar oldiga qo`yiladigan umumiy talablar bir qatorda xar bir turkum hujjatlar oldiga qo`yiladigan ko`pgina lisoniy talablar xam mavjud. Muayyan turdagi hujjat, albatta, uziga xos lisoniy xususiyat vasifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni xar taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gap xam bo`lishi mumkin emas. Shuning uchun bu urinda hujjatlar tasnifi masalasi aloxida axamiyat kasb etadi. Hujjatshunoslikdagi ana shu an’anaga kura ish yuritishdagi hujjatlar eng avvalo yaratilish urniga kura tasnif qilinadi, bu jixatdan tashki va ichki hujjatlar farklanadi. Ichki hujjatlar ayni muassasaning uzida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlardir, muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashki hujjatlardir. Download 152.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling