10-mavzu: Sohaga oid taqdimot nutqi


Download 24.57 Kb.
bet1/9
Sana03.08.2023
Hajmi24.57 Kb.
#1664821
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu Sohaga oid taqdimot nutqi


10-mavzu: Sohaga oid taqdimot nutqi
Reja:



  1. Taqdimot haqida umumiy ma’lumot.

  2. Taqdimotda vazifalar va uning tarkibiy qismlari.

  3. Taqdimotni tuzish jarayoni.

  4. Taqdimot jarayonida ko‘rgazmali vositalardan foydalanish.


Taqdimot jiddiy mavzu. Uning maqsadi tinglovchilarga ma’lumot berish, tushuntirish va undash yoki o‘z nuqtai nazarini taqdim etishdir. Unda mahsulot tanishtirilishi, jarayon tushuntirilishi yoki tajriba bayon etilishi mumkin. U kichik, bilimli tinglovchilarga konferensiya, seminar yoki biznes yig`ilishida yetkazib berilishi mumkin. Va tinglovchilar savollari bilan davom ettiriladi. Taqdimot malakasi notiqlik san’atida oldindan abzatslarning kirish qismini tayyorlash, format aspektda amaliyot bilan ishlov berilishi va rivojlantirilishi mumkin.
Taqdimotda 4 ta vazifa bajarilishi lozim:

1. Taqdimot qilinishi kerak bo‘lgan muhit haqida bilish yoki buni biz taqdimotning turli elementlari deyishimiz mumkin.
2. Matnni va ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash.
3. O‘zining ko‘rinishi va xatti-harakatlariga e’tibor qaratish.
4. Taqdimot qilishni mashq qilish.
Taqdimotning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:


1. O‘tkazilish joyi: agarda siz joyni bilsangiz, siz o‘zingizni qulayroq his qilasiz, lekin xonani va barcha talab etilgan jihozlarni taqdimot boshlanishidan bir necha daqiqa oldin tekshirishni unutmang. Agarda tashqarida bo‘lsa, siz xona, o‘rindiqlar joylashuvi, notiqning o‘rni bilan tanishishga harakat qiling, ko‘rgazmali qurollarni diqqat bilan tekshiring. Uning joylashuvi va yoritilishiga e’tibor qarating.
2Tashkilotchi: tashkilotchi tashkilot nomi va undagi muhim shaxslar haqida imkoni boricha ko‘p bilishga harakat qiling.
3.Tadbir: qanday tadbirga taqdimot qilish uchun ketayotganingizni bilishingiz shart, biznes uchrashuvimi, konferensiyami yoki seminarmi?

Download 24.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling