11-Amaliy mashg’ulot: Deformatsiya choklarining turlari


Download 0.7 Mb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1152059
  1   2   3
Bog'liq
11-амалий дефор. чок тури


11-Amaliy mashg’ulot: Deformatsiya choklarining turlari.
Reja:
  • Binolarga qo’yiladigan deformatsiya choklari turlari.
  • Deformatsion choklarning qo’llanishi.

Tashqi devorlar va ular bilan birgalikda binoning boshqa elementlarini bino qurilayotgan joyning tabiiy-iqlim va geologik shart-sharoitlariga hamda xajmiy rejalashtirish echimlarini xisobga olgan xolda vertikal deformatsiya choklari orqali qismlarga ajratiladi. Deformatsiya choklari: temperatura (choklari), cho‘kish xamda zilzilaga qarshi choklari kabi turlarga bo‘linadi.
Temperatura choklari devorlarda o‘zgaruvchan temperatura ta’siridan xosil bo‘ladigan yoriq va qiyshayishlarni oldini olish uchun qoldiriladi va ularning oraliqlari bino quriladigan joy iqlim-sharoiti va devor materialining fizik-mexanik xususiyatlariga qarab g‘ishtin binolarda 40 m dan 100 m gacha, yirik panelli binolarda 75 m dan 150 m gacha olinadi. Bulardagi kichik masofa qattiq iqlim sharoitli erlarga tegishli bo‘ladi. CHoklar tirqishi kamida 20 mm bo‘lib, ular ikki tomondan issiqlik izolyasiyasi yordamida bekitiladi. Bunda choklar poydevorni kesib o‘tmaydi.
Cho‘kish choklari bino balandligi har xil bo‘lgan hollarda, hamda asos grunti cho‘kishi mumkin bo‘lgan erlarda qo‘yiladi. Bunday choklar poydevorni xam kesib o‘tishi bilan temperatura choklaridan farq qiladi.
Zilzilaga qarshi choklar bino rejalari murakkab shaklga ega bo‘lganda yoki binolar yonma-yon turgan qismlarining past-balandligi bir-biridan 5 m va undan ortiq farq qiladigan hollarda qoldiriladi. Zilzilaga qarshi choklar binoni butun balandligi bo‘yicha ikki qismga ajratadi. Agar cho‘kish choklari zilzilaga qarshi choklar bilan to‘g‘ri kelib qolsa, bu choklar bir-birining vazifasini bajarishi mumkin.
Devorlar tosh (tabiiy va sun’iy tosh devorlar), yog‘och, tuproq va sintetik materiallardan qurilishi mumkin. Ishlash xarakteriga ko‘ra devorlar yuk ko‘taruvchi, o‘z og‘irligini ko‘taruvchi va osma devor bo‘lishi mumkin. Yuk ko‘taruvchi devorlar xonani tashqi muxit ta’siridan himoyalabgina qolmay, balki yuqorida joylashgan konstruksiyalar, jihozlar, mebellar va shu kabilardan tushadigan og‘irlikni ham ko‘tarib turadi. O‘z og‘irligini ko‘tarib turuvchi devor konstruktiv sxemasida esa tom yopmasidan tushgan vertikal yuklarni ustunlar qabul qiladi.
Devorlar bu xolda xonani tashqi muxit ta’siridan himoya qiluvchi vazifasini bajaradi. Bunday devorlar shamol ta’siridan hosil bo‘ladigan gorizontal ta’sir kuchlarni qabul qilib, karkas konstruksiyasiga, ya’ni to‘sin va ustunga uzatib beradi. Bunday devorlar faqat o‘zidan yuqorida joylashgan devor og‘irligini ko‘tarib turadi. Osma (karkas ustunlariga osilgan) devorlar xonani tashqi muxit ta’siridan himoyalovchi vazifasini bajaradi.
Devorlar konstruksiyasi va terilishiga ko‘ra quyidagilarga: mayda donali tosh elenmentlar (g‘isht, sopol, blok, mayda blok)dan terilgan; yirik toshlar (yirik bloklar)dan terilgan; quyma va yig‘ma devorbop panellardan yoki hajmiy bloklardan terilgan devorlarga bo‘linadi. Aloxida toshlar oralarini qurilish qorishmalari bilan to‘ldirib hosil qilingan devor toshdan terilgan devor deb ataladi.
Devorlarning normal ishlashi va yaxlitligini ta’minlash uchun toshlarni terishda choklarga ajratuvchi ma’lum qoidalarga rioya qilinadi (54-rasm). Devorlarni terishda vertikal choklar bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi kerak. Vertikal choklarning bunday bekitib ketilishi bog‘lanish deb ataladi
Birlashgan tom yopmalarini o‘rnatishda tomning “konyok” qismiga ustki tutashgan joyiga va deformatsiya choklari ustining sifatli yopilishiga katta e’tibor berish kerak (121-rasm).

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling