11-mavzu. Shaxslararo munosabatlarni korreksiyalash reja
Download 18.77 Kb.
|
1 2
Bog'liq11-Seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
11-MAVZU. SHAXSLARARO MUNOSABATLARNI KORREKSIYALASH Reja: 1. SHaxslararo munosabatlarni o’rganish metodlari. 2. SHaxslararo munosabatlar korrektsiyasi bo’yicha psixologik metodlar. 3. Kelishmovchiliklar davom etganda qo’llaniladigan psixologik usullar. 4. Psixologik o’yinlar va mashklar. Tayanch iboralar: shaxslararo munosabatlarni o’rganish metodlari, sotsiometriya, psixologik uyinlar, psixologik mashqlar. Ta’lim tarbiya muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning eng muxim vazifalaridan biri bu ukuvchilar jamoasini shakllantirish va rivojlantirishdir. Bu nafakat u yoki bu ta’lim tarbiya muassasinigina emas konkret o’quv guruxi sinfga xam ta’lukli. CHunki kaerda, kaysi jamoada shaxslararo munosabatlar yaxshi tashkil etilgan bulsa, shu jamoa uz oldida turgan ijtimoiy vazifalarni muvofakiyatli bajarishga asos yaratilgan buladi. Bunday jamoada o’z-o’zligini boshkarishni joriy kilish xam yaxshi samaralar berishi mumkin. Bugungi kun ukituvchisi, sinf raxbarlari, psixologlarini kiynayotgan muammolardan biri bu o’quvchilar guruxlarida shaxslararo munosabatlarni tashkil kila bilish imkoniyatlarini beruvchi maxsus psixodiagnostik vositalarning yetishmasligidir. SHaxslararo munosabatlardan, o’rganish metodlaridan biri, sotsiometriya metodidir. Sotsiometriya tushunchasi Amerika olimi J.Moreno tomonidan taklif etilgan bulib, guruxdagi uzaro munosabatlarni urganish degan ma’noni bildiradi. Sotsiometriya metodi turli guruxlarda, jamoilarda shaxslararo munosabatlar xususiyatlarini o’rganishning psixologiyada keng kullaniladigan eng samarador vlsitalaridan xisoblanadi. Sotsilmetrik taxlil ma’lumotlari shaxsning guruxda tutgan urni, guruxda shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari gurux yulduzlari, gurux lideri (guruxning tan olingan sardori) guruxning yakkalanib kolgan (izolatsiyaga) tushib kolgan a’zosi guruxdagi kichik guruxchalar (mikro gruppalar) ularning tarkibi, uzaro munosabatlari va yana kator shu kabi ma’lumotlarni olish imkonini beradi, sotsiometrik tadkikotni utkazishda avvalo shaxslararo munosabatlarning u yoki bu jixatini baxolovchi muxim mezon tanlab olinadi, buning uchun ma’lum bir real vaziyatga taalukli bo’lgan savol tuziladi. Bu savol sotsiometrik mezon bilan xizmat kiladi. Sinaluvchilar shu berilgan savollarga uzlariga shu guruxdan shirik tanlash bilan javob berishlari kerak buladi. Sotsiometrik mezon bilan tadqiqot maksadiga mos tushgan xolda shaxslararo munosabatlarning ma’lum bir jixatiga karatilgan bulishi lozim. Sotsiometrik mezonlarni shartli ravishda kuyidagicha bulish mumkin. «Agar sen sinf (gurux) boshligi bulsang, biron bir jiddiy vazifani, topshirikni bajarish uchun ajratilgan gurux tarkibiga kimni kiritgan bular eding». Funktsiyali (funktsional) «Sening fikringcha sinfdoshlaringdan (guruxdoshlaringdan) Kim sinf (gurux) boshligi bulla olishi mumkin». Amaliy: «Agar sinf (gurux) tarkatib yuboriladigan bulsa, unda sen Yangi sinfga (guruxga) shu sinfdoshlaringdan (guruxdoshlaringdan kim bilan birga tushishni xoxlar eding)». Emotsional: Uzing uchun ogir damlarda sinfdoshlaringdan (guruxdoshlaringdan) kimga murojat kilgan bular eding. Kommunikativ: uz ta’tilingni sinfdoshlaringdan (guruxdoshlaringdan) kim bilan birga utkazishni xoxlar eding. Sotsiometrik mezonlarni tanlashda va savollarni tuzishda konkret vaziyatlar nazarda tutilishi lozim. Sotsiometriyaning samaradorligi suraluvchining, urganilayotgan gurux a’zolarining psixologik tayyorgarligiga boglik buladi. Sotsiometrik kartochkani tuldirish sinaluvchining ixtiyoriy, shaxsiy ishidir. Ba’zi bir sinaluvchtlar tadkikotda ishtirok etishdan bosh tortishlari mumkin. Bunday xolatlarga yul kuymasligi uchun oldindan «Sotsiometrik razminka» kilish, tadkikot vazifalarini tushunarli formada bayon etishi, uning muxim ekanligini ukvchtlarga tushunturib bori shva eng muxim ularning javoblari boshkalardan sir saklash, ularning xech kimga kursatilmasligiga kafolat berish. Ularni bunga ishontira bilish kerak. Tadkikot natijalari sinaluvchilarga aytilmaydi. Ularni bu xakida kisman, yuzaki ma’lumot beriladi. SHuni esda tutish lozimki guruxdagi norasmiy alokalar sistemasini xammaga aytish gurux tizimida kutilmagan noxush xodisalarga olib kelishi, munosabatlar uzaro mulokotda, uzaro nizolarni keltirib chikarishi mumkin. Strategik kartochkalarni tuldirishda xar bir ukvchtga mustakillik berilishi kerak. Xech kanday aytib berish va kartochkalarni uyga olib ketishga yul kuymaslik kerak. Eng yaxshisi guruxning barcha a’zolarini tadkikotdga jalb kila olishdir. Sotsiometrik tadkikot olib borayotgan ukituvchi uzini erkin ishonchli ochik tutishi kerak. Strategik kartochkalarini ukituvchi butun sinf uchun oldindan tayyorlab kuyishi maksadga muofikdir. Bunda kartochkaning yukori kismining ung tomoniga tadkikotda ishtirok etayotgan ukuvchining familiyasi yoziladi. Download 18.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling