12-mavzu: Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari Raja


Download 0.61 Mb.
Sana18.05.2020
Hajmi0.61 Mb.

12-mavzu: Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari

Raja:

1. Isbotlash va rad etishning umumiy tavsifi, turlari. 2. Argumentlash nazariyasining asosiy tushunchalari. 3. Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipoteza, nazariya.

1. Isbotlash va rad etishning umumiy tavsifi, turlari.

  • Isbotlash bir hukmning chinligini u bilan bog’langan boshqa chin hukmlar yordamida asoslashdan iborat bo’lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli – demonstrastiya.
  • Tezis – chinligi asoslanishi lozim bo’lgan hukm, u isbotlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko’rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning o’zidan, yoki mulohazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalaridan, yoki hodisalarning sababini ko’rsatuvchi mulohazalardan va shu kabilardan iborat bo’ladi.
  • Argumentlar – tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan hukmlar. Argumentlar bo’lib faktlarni qayd qiluvchi hukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar hamda boshqa empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o’zaro bog’langan va tezisning mohiyatiga aloqador bo’lishi lozim.
  • Ta’riflar ham chin hukmlar bo’lib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, «Harakat – bu har qanday o’zgarishdan iborat», degan ta’rif chin hukmdir.

Aksiomalar chinligi o’z-o’zidan ravshan bo’lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida ko’p martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas.

  • Aksiomalar chinligi o’z-o’zidan ravshan bo’lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida ko’p martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas.
  • Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo’ladi, ularni hech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin.
  • Isbotlash usuli – demonstrastiya tezis bilan argumentlar o’rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shaklida bo’ladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib chiqariladi. Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash.
  • Bevosita isbotlashda tezisning chinligi to’g’ridan-to’g’ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo’lgan hukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko’p hollarda yakka hodisani ifoda qilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan, qonundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan, «O’zbekiston – mustaqil davlatdir», degan hukm (tezis)ning chinligi «O’zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi» kabi asoslar yordamida isbotlanadi.
  • Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo’lgan hukmning (antitezisning) xatoligini ko’rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo’lishiga qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling