12-mavzu. Daromadlarning taqsimlanishi, tengsizlik va qashshoqlik. Reja


Download 63.96 Kb.
bet1/12
Sana11.03.2023
Hajmi63.96 Kb.
#1259768
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4- мавзу


12-MAVZU. DAROMADLARNING TAQSIMLANISHI, TENGSIZLIK VA QASHSHOQLIK.


REJA:

  1. Turmush darajasi ko’rsatkichlari.

  2. Turmush darajasini va daromad taqsimlanishini taqqoslash.

  3. Mutlaq va nisbiy qashshoklik ta’rifi.

  4. Qashshoqlikning sabablari.

  5. Qashshoqlikni kamaytirish va daromadlarni qayta taqsimlash siyosati.

  6. Real yalpi ichki mahsulot va inson tarakqiyoti indeksi.

  7. YaIM va ison tarakqiyoti indeksining ustunlik va kamchiliklari.

  8. Turmush darajasi o’rtasidagi farklar, davlatlar hamda davlat ichida daromadlar taqsimoti.

“Daromad” iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o’zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag’larini, natural ko’rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. SHuningdek, daromad umumiy tushuncha bo’lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o’rin tutadi.


Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig’ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko’rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi.
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi.
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo’lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.

Download 63.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling