13 – Seminar mashg‘uloti Mavzu: Zaharlanishda (gazlardan, ovqatdan, radioaktiv moddalardan va boshqalar) birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish


Download 24.58 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi24.58 Kb.
#1020208
  1   2   3
Bog'liq
13-Seminar mashg\'ulot


13 – Seminar mashg‘uloti


Mavzu: Zaharlanishda (gazlardan, ovqatdan, radioaktiv moddalardan va boshqalar) birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
1.Is gazi
Is gazi organizimga nafas a’zolari orqali ta’sir etadi. Ushbu gaz gemoglabin bilan kislorodga nisbatan 300 maratoba kuchli birikma – karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning to‘qimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga, og‘ir xolatlarga esa – anoksiya va o‘lim holatiga olib kelishi mumkin.
Xona havosidagi is gazining atigi 0.1 % kontsentratsiyasi inson organizimi uchun o‘lim darajasida havfli hisoblanadi.
Tabbiy gazning honada to‘planishi oqibatida portlovchi gaz-havo aralashmasi hosil bo‘lib, ochiq olov yoki uchqundan chaqnashi va portlashi natijasida inson turli tan jarohatlari olishi yoki holok bo‘lishi mumkin.
Bunday holatlarni oldini olish uchun esa quyidagi oddiy qoydalarga qat’iy amal qilish zarur:

  • Isitish mavsumi boshlanishi oldidan pechlar, qozonhonalar, suv isitish kolonkalarining sozligi, mo‘rikonlarining tozaligini tekshirib chiqing.

  • Nosoz, nostandart, qo‘lbola yasalgan isitish va gaz moslamalarida foydalanishiga aslo yo‘l qo‘ymang.

  • Bolalar va imkoniyati cheklangan kishilarni nazoratsiz qoldirmang.

  • Tabiiy gazdan foydalanishda turli xildagi rezina shlanglar, turli xil gaz so‘rg‘ichlardan foydalanmang.

  • Chet davlatlarda ishlab chiqarilgan isitish moslamalaridan faqat yo‘riqnoma bilan yaxshilab tanishib chiqqandan keyingina foydalaning.

Agar xonaga tabiiy gazning to‘lib qolganligini sezib qolsangiz!

  • Gaz plitalari va isitish pechlarini gaz tarmog‘idan o‘chiring.

  • Darrov eshik va derazalarni ochib, xonani shamollating.

  • Xonada elektr jihozlarini yoqmang, yoniq bo‘lsa o‘chirmang, chunki bu yong‘in va gaz xavo aralashmasining portlashiga olib keladi.


Download 24.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling