13-amaliy ish Assembler tilida asosiy operatorlar bilan ishlash


Download 48.02 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi48.02 Kb.
#1530787
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-ameliy


13-amaliy ish
Assembler tilida asosiy operatorlar bilan ishlash
Assembler tili – bu mashina tilini simvollar bilan tasvirlash. Shuning uchun assembler tilida asosan ushbu tilda apparat qismi ishini samaradorligini qo’llab quvatlaydigan dasturlar yoziladi.
1. Registrlar
Registrlar – protsessorda joylashgan maxsus xotira yacheykalari. Registlar orqali bajariladigan ishlar operativ xotira yacheykalariga qaraganda tezroq bajariladi, shuning uchun registrlar assembler tilida yozilgan dasturlarda va yuqori darajadagi tillar kompilyatorlarida ham ishlatiladi.
Registrlarni umumiy maqsaddagi registrlar, buyruqlar ko’rsatkichi, bayroqlar registri va segment registrlarga ajratish mumkin.
Umumiy maqsaddagi registrlar
Umumiy maqsaddagi registrlarga 8 ta registrdan iborat guruh kiradi. Barcha registrlar 32 bit hajmga ega va 2 yoki ko’proq qismlarga ajratiladi.

Rasmda ko’rsatilganidek, ESI, EDI, ESP va EBP registrlarning kichik 16 bitlariga SI, DI, SP va BP nomlari bilan mos ravishda murojat etish mumkin, EAX, EBX, ECX vaEDX registrlari esa kichik 16 bitlariga murojat etish mumkin (AX, BX, CX va DX), hamda alohida ikkita kichik baytlariga (AH/AL, BH/BL, CH/CL va DH/DL)
Umumiy maqsaddagi registrlar:

  • EAX/AX/AH/AL (accumulator register) – akkumulyator;

  • EBX/BX/BH/BL (base register) –baza registri;

  • ECX/CX/CH/CL (counter register) – schyotchik;

  • EDX/DX/DH/DL (data register) – malumotlar registri;

  • ESI/SI (source index register) – manba indeksi;

  • EDI/DI (destination index register) – qabul qilgich indeksi;

  • ESP/SP (stack pointer register) – stek ko’rsatkichining registri;

  • EBP/BP (base pointer register) – stek kadri bazasi ko’rsatkichining registri.

Buyruqlar ko’rsatkichi
EIP registri keyingi bajarilishi lozim bo’lgan buyruqning ko’chirilishi haqida malumotga ega. Ushbu registr dasturchi ishlata olmaydi, ammo uni yuklash va qiymatlarini o’zgartirish xar hil boshqarish buyruqlari orqali bajariladi, ular, shartli va shartsiz o’tishlar, protseduralarni chaqirish va protseduralardan qaytarish.

Download 48.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling