Dasturlash nima ?


Download 21.11 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi21.11 Kb.
#188859
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish 2


O‘z mutaxassisligi bo‘yicha doklad tayyorlash

  1. Dasturlash - nima?

Avvalo “Dasturlash nima?” degan savolga javob beradigan bo’lsak, Bundan oldin esa Dastur atamasiga tavsif beramiz Dastur bu – kompyuterga berilgan buyruq va o’sha  buyruqqa kompyuter tomonidan qaytarilgan javob  deya olamiz (sodda qilib tushuntiradigan bo’lsak,albatta). O’sha dasturlarni ketma ketlikda kirita oladigan shaxs “Dasturchi” deb ataladi .  Dasturlash esa – Dasturchi va Kompyuter orasidagi “suxbatlashish” jarayonidir ya’ni Dasturchi Kompyuterga berilgan buyruqlar orqali yangi Dastur yaratishidir!

     2.  Dasturlash uchun nima talab etiladi ?

  Professional dasturchi bolish uchun birinchi navbatda sizga:

  1.Sabr 2.Qunt 3.Diqqat 4.Miya

   Sabr - ilm olish uchun soatlab o’tira olishingiz kerak .  Biror masalani hal qilishni boshladingizmi, uni oxiriga yetish uchun soatlar o'tirib qolishingiz mumkin, shunday paytda ishni yarim yolda qoldirmaslik kerak.

  Qunt - Adabiyot oqiyotganingizda, biror kishi yozgan ma'lumotni oqiganingizda, agar oson hazm bolmasa, tashlab qoymaslik kerak. Nima demoqchi ekanini, nimalarni hisobga olib gapirganini qunt bilan oqib, tushunishga harakat qilishingiz kerak. Qol uchida, oddiy sichqoncha🖱 bilan qilinadigan ishlarga uchmasdan, aynan ishlab turgan narsa nima uchun ishlayotganini, nima qilsangiz, sizda ham shundan a'lo darajada ishlashini izlashingiz kerak boladi.

 Diqqat - juda muhim narsa. Sizga oddiy koringan narsa, payti kelib ishlamay qolishi mumkin. Bunga esa kichkina korinmas xato olib kelgan bolishi mumkin. Masalan, oddiy nuqtali-vergul (;) bitta joyda xato qoysangiz, yechimingiz 100% boshqacha ishlashi mumkin. Chunki mantigi ozgarib ketadi. Shunga mayda xatolarni qilmidigan xolatga kelib olishingiz kerak.

Miya- bu eng muximi yani miyasi yaxshi ishlaydigan kishigina dasturchi bo’la oladi!

Asosiysi esa Dasturlash uchun sizga ushbu narsalar juda zarurdir!

1. Kompyuter . 2. Intenet. 3. IDE.

4. Dasturlash uskunalari(compilator/interpretator)

   Internet – keskin ishlaydigan, juda tez bo’lishi shart emas lekin bu xam asosiy predmetlardan biridir!

   IDE (Integrated development environment) - Integratsiyalashgan rivojlanish muxiti dasturiy ta’minotni yaratish uchun ishlatiladigan dasturdir. IDE ko'pincha turli tillarni qo’llab-quvvatlaydi.

   Compilator/interpretator – Kodni(Inson tilini) ikkilik kodga(mashina tiliga) aylantiradigan vosita (dasturiy ta’minot)

  Bundan tashqari ‘’Dasturchi bo’lish uchun nima talab qilinmaydi!’’ degan savolga ham javob berib o’tib ketsam ya’ni Dasturchi bo’lish uchun Oliy Ma’lumot talab qilinmaydi !!!


Download 21.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling