13-ma’ruza. Standartlashtirishning turli darajadagi ob’ektlari va standartlarni ishlab chiqish bosqichlari. Reja


Download 15.59 Kb.
bet1/3
Sana24.03.2023
Hajmi15.59 Kb.
#1291891
  1   2   3
Bog'liq
13 MA’RUZA STANDARTLASHTIRISHNING TURLI DARAJADAGI OB’EKTLARI VA


13-MA’RUZA. STANDARTLASHTIRISHNING TURLI DARAJADAGI OB’EKTLARI VA STANDARTLARNI ISHLAB CHIQISH BOSQICHLARI.
Reja:

  1. Standartlashtirishning turli darajadagi

ob`ektlari

  1. Barcha darajadagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va Davlat ro‘yxatiga kiritish.

1. Metrologiyada (o‘lchashlar haqidagi fan) standart fizik kattaliklarning o‘lchashlar birliklariga ma’lum bir bog‘lanishga ega tizim, ob’ekt hisoblanadi.
Standartlar o‘lchov va tarozilar tizimining asosi xisoblanadi, standart bilan barcha o‘lchash qurilmalari taqqoslanadi.
Tarixda uzunlik, og‘irlik, xajm standartlari turli boshqaruv organlari tomonidan belgilangan, bu esa o‘lchashlarning noaniqligiga olib kelgan. Xozirgi zamonda o‘lchashlar halqaro standartlashtirilgan.
Xozirgi zamonda uzunlik, og‘irlik, elektr potentsial iva boshqa fizik kattaliklarni birliklarini o‘lchashda qattiq nazoratga olingan labaratoriya sharoitlarda ishlab chiqilgan halqaro standartlangan etalonlar asosida o‘lchashlar amalga oshiriladi.
Standartlar ierarxiyasi.
Etalonlarning uch darajali ierarxiyasi mavjud.
Ierarxiyaning eng yuqori qismida birlamchi standartlar joylashgan. Birlamchi standartlar eng yuqori metrologik sifatga ega. Tarixdan o‘lchashlar birliklari eng yuqori aniqlikka ega, huquqiy asoslangan o‘lchashlar birliklari asosida belgilangan.
Metrologiya sohasida davom etayotgan tendentsiya iloji boricha ko‘p sonli standart namunalarning o‘rniga fundamental fizik konstantalarda amaliy o‘lchaщ birliklarini belgilashni taqozo etmoqda.
Standart namunalarni yo‘qotishni yaxshi tomonlaridan biri standart namunalarni bir biri bilan solishtirish talab etiladi. Yana bir yaxshi tomonidan biri standart namunani yo‘qolishi yoki ishdan chiqishi o‘lchov tizimini ishdan chiqarmasligida.
Ierarxiyadagi ikkalamchi standart bu sifat standartidir.
Ikkalamchi standartlar birlamchi standartlar asosida kalibrovka qilinadi. Uchunchi darajadagi standart ikkinchi darajadagi standart asosida kalibrovka qilinadi. Uchunchi darajadagi standart ishchi standart hisoblanadi. Ishchi standartlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan o‘lchash qurilmalarni kalibrovka qilishda ishlatiladi.
Davlat birlamchi etaloni – bir davlat hududida milliy idora vakilining qarori bilan boshlang‘ich etalon sifatida tan olingan etalon.
Halqaro etalon – halkaro kelishuv orkali halkaro asos sifatida qabul qilingan, u milliy etalon saqlovchi va tiklovchi o‘lchash birliklarini moslash uchun xizmat qiladi.

Download 15.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling