13-mavzu. Esse turlari. Reja: Essening tuzilishi. Esse yozish talablari
Download 20.88 Kb.
|
esse
13-mavzu. Esse turlari. Reja: 1. Essening tuzilishi. 2. Esse yozish talablari. 3. Esse va inshoning farqli tamonlari. 1-ilova: Esse yozish o‘quvchilarga o‘z fikrini erkin bildirishga, mavzuga aloqador ma’lumotni ongli qabul qilishga va tushunishga, muammoning yechimini topishga aloqador dalillardan foydalanib, o‘z xulosasini aniq va savodli bayon etishga imkon yaratadi. Muhimi, keltirilgan fakt va dalillarning o‘rinli qo‘llanishidir. Umuman, esse ilmiy yoki publitsistik xarakterdagi ocherkka o‘xshashdir. Esse falsafiy, tarixiy biografik, publitsistik, adabiy tanqidiy, ilmiy ommabop va sof beleristik xarakterda bo‘ladi. Esse uslubi obrazliligi, ofaristikligi, jonli tilga yaqinliligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat bo‘ladi. Mustaqil janr sifatida A.Montel ijodida tarkib topgan. Bu janr G‘arbda oldinroq ishlatilgan bo‘lsa-da, o‘zbek adabiyotida XX asrning 70-80-yillaridan esse yaratila boshlandi. Esse yozish shartlarida ko‘pincha mavzuni muhokama qilish so‘raladi, masalan:Bu holatda aytilgan fikrning afzalliklari va zararlarini baholash talab etilmoqda. Unda quyidagi so‘zlardan foydalanish mumkin: Mavzuni yoritayotganingizda menimcha, mening fikrimcha, o‘ylaymanki kabi subyektiv iboralardan foydalanmang, uning o‘rniga obyektiv birikmalardan foydalaning: Umuman olganda, uyda ishlash yo‘lga ketadigan vaqtni tejaydi. Ko‘pchilik biladiki, e-mail va Internet xizmati ofis ishlarini ham bajaradi. Ko‘pchilikda hamkasblar bilan yuzma-yuz muloqotga zarurat tug‘iladi. Bo‘lishi mumkin, ko‘proq korxonalar uyda turib ishlashni qo‘llab-quvvatlashadi. Vaziyat shuni taqozo etadiki, muayyan kishilar o‘zlari mustaqil ish olib borishni yoqlashadi. Agar fikrlaringizni faktlar bilan to‘ldirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagidek birikmalardan foydalaning: Emersonning fikricha (2003), rivojlangan prinsiplar-ga ega kompaniyalar kamchilikni tashkil etadi. Poledna (2007) ta’kidlaydiki, aksariyat xodimlar qulay ish jarayonida mehnat unumdorligiga erishadilar. Esse yozishda sabab yoki natijaga diqqatni qaratish bilan bog‘liq aloqadorlikning ikki usuli muhim ahamiyatga ega: . Sabab va natijaning yozilish tili Yozuvchi sabab yoki natijani ajratib ko‘rsatishni tanlashi mumkin. Ikkala holda ham bog‘liqlikni ko‘rsatish uchun fe’l yoki ko‘makchidan foydalaniladi. Sababga diqqatni qaratish: Natijaga diqqatni qaratish: Quyidagilarni taqqoslang: Kasallanishlar kamaydi, chunki bolalar emlandi. (fe’l+chunki) Bolalar emlanganligi sababli kasallanishlar kamaydi. (sababli+fe’l) Bolalar emlanganidan buyon kasallanishlar kamaydi. (ko‘makchi+fe’l) Emlanishlar sababli kasallanishlar kamaydi. (ko‘makchi+fe’l) Fe’llar umumiy hodisalar uchun ishlatilgan paytda ko‘makchilar alohida vaziyatlar bilan qo‘llaniladi: Pul chiqarish odatda inflatsiyaga olib keladi. (umumiy) Iyulning issiq ob-havosi tufayli muzqaymoqqa bo‘lgan talab oshdi. (alohida) Esse topshiriqlari ko‘pincha muammoni tekshirishni va yechimni baholashni talab qiladi. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: Savol: Yo‘l tirbandligi qanday qilib kamaytiriladi? Muammo: Amaldagi yo‘llar ko‘pincha tirband bo‘ladi, ular kechiktirish mobaynida odamlar harakati va yuklarini qimmatlashtiradi. Yechim A: ko‘pincha ko‘proq yo‘llarni qurish yoki mavjudlarini kengaytirish harakat tirbandligini kamaytiradi deb hisoblanadi. Yechim Aga qarshi sabab: Bu chora qimmat bo‘lishni ta’minlaydi va ko‘proq yo‘llardan foydalanishga undaydi. Bu masala qisman to‘g‘ri... Quyidagi so‘zlardan muammo va yechim uchun sinonim sifatida foydalanilishi mumkin. yangi jarayon 2ta savol yaratdi ... jamoa 4ta muammoga yuzlandi ... bizning asosiy tashvishimiz ... bo‘lgan buning uchun eng yaxshi chora bo‘lishi mumkin ... boshqa taklif bu ... bu xato ... tomonidan tuzatildi/yechildi 2 ta fikr olg‘a surildi asosiy qiyinchilikka …. uchraydi ... 3ta asosiy qiyinchiliklar ko‘tarildi ... Esse hajmi taklif qilingan mavzudagi 1000 so‘zdan 5000 so‘zgacha bo‘lgan asardir. Esse – bu muallifning alohida individual pozitsiyasiga ega erkin shakldagi bayon bo‘lib, qandaydir buyum yoki qandaydir sabab bo‘yicha umumiy yoki oldindan bildirilgan fikr-mulohazalardan iboratdir. Dalillangan esse bu qo‘yilgan savolga dalillangan javob mavjud bo‘lgan yozma ishdir. Muallif muayyan pozitsiyaga ega va uni himoya qiladi, o‘z pozisiyasini quvvatlash uchun bir qator dalillarni taqdim etadi. Maqsad – muallif o‘zi qo‘llaydigan nuqtai nazarga boshqalarni ham ishontirishni xohlaydi. Agar Siz o‘quvchilarni fikran tasavvur qila olsangiz va esseni yozish jarayonida fikran ular bilan muloqot yurita olsangiz, unda dalillangan esseni yozish osonlashadi. Dalillangan essening tuzilishi: - Masala yuzasidan muallifning nisbiy nuqtai nazarini bildirish (1 xatboshi). - Aytilgan pozisiyaning dalillanishi – muallifning shu pozisiyani qo‘llash uchun ishonarli dalillari bunday pozisiyani qabul qilishga ishontiradi. - Xulosa – rezyume (1 xatboshi). Dalillangan esseni baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari: • mazmunning mavzuga muvofiqligi; muammoni ko‘rish, unga munosabat, o‘zining nuqtai nazari, dalillarning ishonchliligi; uslub: bayonning aniqligi,ochiq-ravshanligi; • yozish qoidalariga rioya qilish. Download 20.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling