13-mavzu. Shponkali va shlitsli birikmalarning o‘zaro almashinuvchanligi, O‘lchash, nazorat qilish usullari va vositalari reja
Download 1.72 Mb.
|
13-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shponkali birikmalarning joizligi va o‘tkizmasi. SHponkali birikma
- Erkin birikma
- Zich birikma
- SHponkali birikmalarning o’tqazishlari
13-mavzu. SHPONKALI VA SHLITSLI BIRIKMALARNING O‘ZARO ALMASHINUVCHANLIGI, O‘LCHASH, NAZORAT QILISH USULLARI VA VOSITALARI Reja: Shponkali birikmalarning joizligi va o‘tkizmasi. Shponkali birikmalarning detallarini o‘lchash va nazorat qilish. Shlitsli birikmalarning joizligi va o‘tkizmasi. Shlitsli birikmalarning detallarini o‘lchash va nazorat qilish. Shponkali birikmalarning joizligi va o‘tkizmasi. SHponkali birikma deb val bilan unga o‘rnatilgan teshik shponka, ya’ni prizmatik, ponasimon yoki segment chorqirra detal yordamida biriktirilishi ataladi. 13.1,a-rasmda prizmatik shponkali, 13.1,b-rasmda segment shponkali, 13.1,v-rasmda esa pona shponkali birikmalar ko‘rsatilgan. SHulardan prizmatik va segment shponkalar eng ko‘p tarqalgan [1]. 13.1-rasm. Shponkali birikma va uning turlari 1-val; 2-Shponka; 3-vtulka;
SHponkali birikmalar elementlarining aniqligi silliq birikmalarnikiga o‘xshab tutashish elementlarning joizlik maydonlari shaklida me’yorlanadi. Bu joizlik maydonlari JO‘YAT dan (3 nchi bobni qarang) tegishli ravishda qamrovchi (teshiklar) va qamranuvchi (vallar) yuzalar uchun olinadi. Erkin birikma – kafolatli oraliqli birikma. Bunday birikmalarda valdagi ariqcha uchun H9, vtulkadagi uchun D10 joizlik maydoni me’yorlanadi. Normal birikma o‘tuvchan o’tqazishli, oraliq hosil bo‘lishi ehtimoli ko‘proq bo‘lgan birikma. Bunday birikmalarda valdagi ariqcha uchun N9, vtulkadagi uchun Is9 joizlik maydoni belgilanadi. Zich birikma – oraliq yoki taranglik hosil bo‘lishi taxminan bir xil ehtimolga ega bo‘lgan o‘tuvchan o’tqazishli birikma. Bunday birikmalarda val va vtulka ariqto’liqmasri uchun bitta joizlik maydoni P9 me’yorlanadi. SHunisiga e’tibor beringki, joizlik maydonlari teshik uchun belgilangandek ko‘rsatilgan, chunki ariqcha ichki, qamrovchi yuzalarga ega. Keltirilgan joizlik maydonlaridan ko‘rinib turibtiki, priz-matik shponkali birikmalarda ariqto’liqmasrning tutashuvchi o‘lchamlari uchun beshta joizlik maydonlari, shponkaning eni uchun esa bitta joizlik maydoni qo‘llanadi. Val va vtulka ariqto’liqmasrining chuqurto’liqmasri uchun nominal o‘lchamlariga qarab + 0,1 dan + 0,3 mm gacha og‘ishlar joriy qilingan. Ariqchaning uzunligi uchun bitta joizlik maydoni H15 joriy qilingan. SHponkali birikmalarning o’tqazishlari yuqorida ko‘rsatilgan ariqcha va shponka joizlik maydonlarini biriktirib amalga oshiriladi. SHponkalarning eni va val hamda vtulkalar ariqto’liqmasrining eni uchun keltirilgan joizlik maydonlariga qarab shponka va val hamda vtulka ariqto’liqmasri bilan o‘tqizishlari val tizimida amalga oshiriladi deyish mumkin, ya’ni shponkaning bitta joizlik maydoni va vtulka bilan val ariqto’liqmasri enining beshta joizlik maydoni beriladi (13.2-rasm). Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling