13,14 – ma’ruza. Operatsion tizimlarda tupik (deadlock) tushunchasi


Download 0.53 Mb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1547710
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13,14 - маъруза


13,14 – ma’ruza. Operatsion tizimlarda tupik (deadlock) tushunchasi
7.1.Tupik muammolari
Kompyuter tizimlarida shunday resurslar borki, bir vaqtning o'zida faqat bitta jarayon orqali ishlatilishi mumkin. Masalan, printerlar, magnit lentaga yozadigan qurilmalarni eslashimiz mumkin. Agar ikkita jarayon bir vaqtning o'zida printerda ma'lumot jo’natsa, u holda chalkashchilik yuzaga keladi. Agar ikkita jarayon fayl tizimi jadvalining bir xil elementidan foydalansa, unda bu tizim albatta buziladi. Shuning uchun barcha operatsion tizimlar muayyan resurslarga vaqtinchalik kirish huquqini berishga qodir. Ko'pgina ilovalarning ishlash printsipida jarayon bir vaqtning o'zida birgina resursga emas, balki bir nechta resurslarga murojaat qila olishi kerak. Faraz qilaylik, ikkita jarayonning har biri skaner qilingan hujjatni Blu-ray diskiga yozmoqchi, A jarayoni skanerdan foydalanish uchun ruxsat oladi. B jarayoni boshqacha dasturlashtirilgan: avval Blu-ray diskidan foydalanish uchun ruxsat oladi. Endi A Blu-ray disklaridan foydalanish uchun ruxsat so'raydi, lekin bu qurilma B jarayonidan ozod qilinmaguncha so'rov rad etiladi. Afsuski, bo'shatish o'rniga B jarayon skanerdan foydalanish uchun ruxsat so'raydi. Va shu nuqtada, har ikkala jarayon ham abadiy bloklanadi. Bu holat berk holat yoki o`zaro berk xodisa (deadlock) deb ataladi. O`zaro berk xodisalar mashinalar o'rtasida ham sodir bo'lishi mumkin. Misol uchun, ofislar ko'plab kompyuterlar ulangan mahalliy tarmoq bilan jihozlangan. Ko'pincha skanerlar, BLU-ray disklari va DVD disklari, printerlar va magnit lenta disklari kabi qurilmalar har qanday mashinada foydalanuvchi uchun mavjud bo'lgan umumiy resurslar sifatida tarmoqqa ulangan bo’ladi. Agar ushbu qurilmalar masofadan boshqariladigan bo'lishi mumkin bo’lsa (masalan, foydalanuvchining uy kompyuteridan), unda yuqorida xodisaga o'xshash o`zaro berk xodisa paydo bo'lishi mumkin. Murakkab bo’lgan sharoitlarda uch, to'rt yoki undan ortiq qurilma va foydalanuvchilar bir-biriga o`zaro berk xodisaga duch kelishlari mumkin. Boshqa holatlarda ham o`zaro berk xodisalar paydo bo'lishi mumkin. Misol uchun, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida, raqobat holatiga tushmaslik uchun, dastur o'zi foydalanadigan bir nechta yozuvlarni bloklashi kerak bo'lishi mumkin. Agar jarayon A R1 yozuvini bloklasa va B jarayoni R2 yozuvini bloklasa, keyin har bir jarayon boshqa jarayonning yozuvini bloklashga harakat qilsa, u holda yana o’sha berk holat yuzaga keladi. Shunday qilib, apparat va dasturiy ta'minot resurslari bilan ishlashda o'zaro berk holtlar paydo bo'lishi mumkin.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling