FlexRay, transport vositalari bort axborot tizimlarida turli tarmoq aloqalari, transport vositalarida internet
Download 1.12 Mb.
|
6-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 30-rasm. FlexRay shinasining qo‘llanilishiga misollar
- 31-rasm. FlexRay shinasining elektrik amalga oshirilishi
- 32-rasm. FlexRay shinaning retsessiv va dominant holatilari
- Statik segment.
FlexRay, transport vositalari bort axborot tizimlarida turli tarmoq aloqalari, transport vositalarida internet FlexRay – bu avtomobillar uchun yuqori tezlikdagi ma’lumotlar uzatish shinasi hisoblanadi. Ma’lumotlar almashish alohida muhim uchastkalarda ishlatiladi, masalan sim orqali burilishni yoki sim orqali tormozlashni boshqarish tizimlarida. Bunday tizimlarda boshqarish organlari va bajaruvchi mexanizmlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mexanik bog‘liqlik bo‘lmaydi. Shuning uchun yuqori ishonchli aloqa kanalini ishlatish juda muhim. 30-rasm. FlexRay shinasining qo‘llanilishiga misollar FlexRay shinasida tezlik 10 Mbit/s gacha chiqishi mumkin, bu uni nafaqat ma’lumot uzatishda yuqori ishonchlilik talab qiladigan uchastkalarda balki yuqori tezlik talab etadigan uchastkalarda ham ishlatish imkonini beradi. Masalan, FlexRay multidomen tarmoq arxitekturasida asosiy shina sifatida ishlatilishi mumkin. 31-rasm. FlexRay shinasining elektrik amalga oshirilishi Jihoz va elektrik signallar darajasida FlexRay CAN shina kabi ishlatiladi – bu to‘siq bilan himoyalanmagan o‘ralgan juftlik orqali signalni uzatuvchi halqa (31-rasm). CAN shinadagi kabi bit ma’lumotlarni kodlash uchun shinaning retsessiv va dominant holatilari ishlatiladi (32-rasm). 32-rasm. FlexRay shinaning retsessiv va dominant holatilari Yuqori ishonchlilik uchun FlexRay tarmog‘iga ulangan xar bir kontroller ma’lumot uzatish ikkita jismoniy kanalni ishlatish mumkin. Lekin asosan bitta ishlatiladi. 33-rasm. FlexRay jismoniy kanallari FlexRay shinasida ma’lumotlarni uzatish prinsipi FlexRay shinasining kalit o‘ziga xosligi – bu TDMA prinsipining ishlatilishidir. TDMA yoki Time Division Multiple Access – bu vaqt bo‘yicha turli manbalardan ma’lumotlarni uzatish kanaliga kirishni ajratgan holda ma’lumotlarni uzatishni zichlashtirish (ma’lumot uzatish oqimini ko‘paytirish) usuli. Boshqacha qilib aytganda vaqt bo‘yicha kanallarni ajratgan holda ko‘paytirilgan kirish. TDMA prinsipi kanalga ulangan barcha tarmoqlar faqat ularga ajratilgan aniq vaqt oralig‘ida ma’lumotlarni uzatishi mumkiniligini aniqlaydi. Boshqa vaqtlarda bu tarmoqlar ma’lumot jo‘nata olmaydi. TDMA mexanizmi kanalda to‘qnashuvlarni bartaraf qiladi, shuningdek shinani ruxsat etilmagan ma’lumotlardan himoya qiladi. Shuning uchun FlexRay shinasida CAN Bomber dasturini ishlatib bo‘lmaydi chunki ruxsat etilgandan tashqari barcha andozalar inkor qilinadi. FlexRay shinasida kommunikatsion sikl bir qancha segmentlardan tashkil topgan, segmentlar esa vaqtinchalik uyalarga bo‘linadi. Segmentlar quyidagicha bo‘ladi: Statik segment. Statik segment – real vaqt rejimida ishlashga kafolat beradi va to‘qnashuvlarni istisno qiladi. Bu segmentda TDMA prinsipi ishlaydi. Har bir tarmoq o‘zining vaqt uyasida ma’lumot uzatishga majbur. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling