14-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Donli ekinlar aprobasiyasini o’tkazish Darsning maqsadi


Download 25.55 Kb.
bet1/2
Sana01.11.2023
Hajmi25.55 Kb.
#1738226
  1   2
Bog'liq
14-amaliy mashg\'ulot


14-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Donli ekinlar aprobasiyasini o’tkazish


Darsning maqsadi: Urug’lik paykallarida aprobasiya o’tkazish tartibini o’rganish.
Kerakli jixozlar: donli ekinlar namuna bog’lamlari, aprobasiya xujjatlari.
Topshiriq:
1.Urug’lik paykallarida aprobasiya o’tkazish tartibini o’rganish.
2. Don ekinlarida aprobasiya bog’lamini taxlil kilish.
3.Aprobasiya bog’lamida poyalarni guruhlash, kategoriyalarga ajratish.
4.Aprobasiya xujjatlari bilan tanishish.
Tayanch iboralar: urug’lik paykallar, nav tozaligi, aprobasiya, namuna bog’lamlar.
Aprobasiya o’tkazish – o’simliklarning genetik (nav) jixatidan qanchalik toza ekanligini, kasallanganlik va zararlanganlik darajasini, hamda ekishga mo’ljallangan urug’likning umumiy xolatini aniqlash maqsadida o’tkaziladigan tadbir. Aprobasiya o’tkazilib, barcha urug’lik ekinlarning navdorlik sifati aniqlanadi.
Dala aprobasiyasi quyidagi ketma – ketlikda bajariladigan ishlarni o’z ichiga oladi;
- aprobasiya o’tkazishga tayyorgarlik;
- namuna olish;
- namunani tekshirish (taxlil qilish);
- o’tkazilgan aprobasiya natijalarini xujjatlashtirish va topshirish.
Aprobasiya dastlabki urug’chilik pitomniklari (I va II yil ko’paytirish pitomnigi), superelita, elita va I reproduksiya yetishtiriladigan maydonlarda (ilova) o’tkaziladi.
Agronom aprobator aprobasiyagacha quyidagi ishlarni o’tkazishi kerak:
- xo’jalik dalalariga ekilgan urug’larning xujjatlarini tekshirish, agar xujjatlar bo’lmasa ularni qayta tiklash (ilova);
-xo’jaliklardagi aprobasiya qilinayotgan navning (duragayning) urug’iga boshqa navlarning urug’i aralashib qolganligini aniqlash;
- ekinni joyida borib ko’rish va o’tmishdoshlarni aniqlash, lozim bo’lsa aprobasiya vaqtigacha nav va tur sofligi bo’yicha o’toq o’tkazishni tashkil qilish;
- chetdan changlanuvchi o’simliklarda vaqt va masofaviy izolyasiyani tekshirish (ilova ).
Bug’doy, arpa, suli donining mum pishish davri boshlanishida, tariq ro’vagining yuqori qismida gul qobiqchalari aniq rangga kirganda aprobasiya bog’lamlari (namunalari) olinadi. Dalaning eng uzun diagonali bo’ylab maydonning bir–biridan taxminan bir xil uzoqlikdagi 150 dan kam bo’lmagan joyidan o’simlik olinadi (o’rib yoki sug’urib tashlanadi).
1, 2 yil ko’paytirish pitomnigi, superelita va elita pitomniklarining har bir dalasidan ikkala diagonali bo’ylab ikkita namuna olinadi. Agronom aprobator ko’z bilan chamalab begona o’t turlarini va quyidagi tartibda ekinning ifloslanish darajasini (ballarda) aniqlaydi;

  • begona o’tlar mutlaqo bo’lmasa – 0;

  • ozroq bo’lsa – 1 ball;

  • o’rtacha ifloslangan bo’lsa – 2 ball;

  • juda ko’p bo’lsa – 3 ball qo’yiladi.

Aprobasiya bog’lamlaridagi o’simlik poyalari quyidagi guruhlarga ajratiladi;

  • aprobasiya qilinayotgan ekin navining yaxshi rivojlangan sog’lom poyalari;

  • shu ekinning boshqa navlari, xillari va turlarining poyalari;

  • asosiy ekinning kasallangan va zararlangan poyalari;

  • ajratish qiyin bo’lgan madaniy o’simliklarning poyalari;

  • ajratish qiyin bo’lgan begona o’tlarining poyalari;

  • ta’qiqlangan (karantin) o’simliklarining poyalari;

  • eng xavfli begona o’tlarning poyalari;

  • asosiy ekinning yaxshi rivojlanmagan poyalari.

Ekin quyidagi xollarda urug’lik uchun yaroqsiz hisoblanadi;
a) agar ajratish qiyin bo’lgan madaniy o’simliklarning umumiy aralashmasi 5 foizdan ortiq bo’lsa;
b) ajratish qiyin bo’lgan begona o’tlarning umumiy aralashmasi
3 foizdan ortiq bo’lsa .
Bug’doy, arpa, suli va tariqning elita ekinlari chang qorakuya bilan 0,1 % dan ortiq, yoki bug’doy, arpa, sulining elita ekinlari qattiq qorakuya bilan 0,05 % dan ortiq zararlangan bo’lsa, ular elita sifatida yaroqsiz hisoblanadi.
Qabul qilingan masofalar (masofa izolyasiyasi) quyidagicha:

  • yumshoq va qattiq bug’doyda – 150 m;

  • javdar, grechixa, makkajo’xori, ko’p yillik o’tlarda – 200 m;

  • makkajo’xori duragayida – 500 m.



Download 25.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling