14-mavzu: Flash dasturida interfaol animatsiyalar yaratish rejasi


Download 0.52 Mb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1545500
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14-mavzu.


14-MAVZU: Flash dasturida interfaol animatsiyalar yaratish


REJASI:



    1. Adobe Flash dasturida oddiy harakatli animatsiyalar yaratish.

    2. Adobe Flash dasturida bannerlar yaratish.

    3. Actions tili imkoniyatlaridan foydalanib boshqaruv elementlarini joriy qilish.

Tayanch so’z va iboralar: Macromedia Flash, FLA va SWF-fayl, AVI, animatsion GIF, JPEG, Ketma-ket kadrli animatsiya, Interpolyatcion animatsiya, Timelines palitrasi, Asboblar palitrasi, roliklar, tugmalar, tasvirlar, Actions palitrasi, Action Script.


1. Adobe Flash dasturida oddiy harakatli animatsiyalar yaratish.

Flash interfeysi Adobe firmasi dasturlari (masalan, Photoshop) interfeysiga o’xshash bo’lib, nuqtali grafika bilan ishlashga mo’ljallangan. U qulay va yaxshi ishlangan.


Chapda chizish uchun mo’ljalalangan asboblar paneli joylashgan. Ular yordamida asboblar tanlanishi, shuningdek ishchi sohani boshqarish, ob`ektlarni o’zgartirish va ranglar tanlash mumkin. O’ng tomonda asboblarni sozlash, rang, matn, kadrlar xususiyati va ob`ektlar palitralari joylashgan. O’rtada ishchi soha, uning ustida esa vaqt diagrammasi (Timeline). Siz ishchi sohada alohida grafik va matnli elementlar yaratasiz.
Ishchi soha ostida xususiyatlar palitrasi (Properties) joylashgan bo’lib, u turli ob`ektlar xususiyatlarini o’zgartirish uchun mo’ljallangan.
Flash ishlari natijasini (fayllar, animatsiya, sahifalar) –multfilmlar, kliplar, videofragmentlar, roliklar va animatsiyalar deb atash qabul qilingan (umumiy termin mavjud- movie).
Rolik yaratish jarayoni quyidagicha:
Avval FLA kengaytmali boshlang’ich yoki mualliflik fayl (tahrirlab bo’ladigan boshlang’ich fayl) yaratiladi. Keyin brauzerda kurish mumkin bo’lgan SWF-faylga o’zgartiriladi. Bundan tashqari, ishingiz natijalarini keng tarkalgan formatlar fayllari AVI, animatcion GIF, JPEG va boshqalarga eksport qilish mumkin.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling