14-variant Iqtisodiy faoliyatni boshqarishda hisobning o‘rni va ahamiyati nimada?


Download 58.79 Kb.
bet1/8
Sana23.04.2023
Hajmi58.79 Kb.
#1389882
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Қобилжонов Шохислом Бухгалтерия


Buxgalteriya hisobi” fanidan 2-oraliq nazoratdan variant


14-variant


1. Iqtisodiy faoliyatni boshqarishda hisobning o‘rni va ahamiyati nimada?
2. Material qiymatliklarini baholash va kirimini hisobini tushuntirib bering?
3. Investitsiyalar hisobi.

  1. Iqtisodiy faoliyatni boshqarishda hisobning o‘rni va ahamiyati

Buxgalteriya xisobi - iktisodiy fanlardan biri bulib, uning nazariyasi buxgalteriya xisobini tashkil etish texnikasi, predmeti va usulini urgatadi. Bu fan xalk xujaligi tarmoklarida buxgalteriya xisobini yuritish usullarini urganib, umumlashtirib, uning ilgor usullarini joriy etish bilan shugullanadi. Shu bilan birga bu fan boshka mamlakatlar buxgalteriya xisobini yuritish usullarining ilgor shakllarini xalk xujaligi tarmoklariga joriy etish yullarini ishlab chikadi va amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi.


Kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida ham xalq xo‘jaligidagi hisob turlariga talab mavjud bo‘lgan. Chunki xalq xo‘jalik hisobiinsoniyat uchun zarur bo‘lgan iste’mol buyumlari, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalarni ishlab chiqarish, taqsimlashni hisobga olish demakdir. har bir jamiyatning ham asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun kishilar ijtimoiy hayotida sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni kuzatish, jamiyatda mavjud bo‘lgan mehnat buyumlari, mehnat qurollarini, hamda mehnat jarayonlarini hisobga olib borish zarur bo‘ladi. Xuddi shu vazifani esa xalq xo‘jalik hisobi bajaradi.
Tovar ayirboshlash davrida xalq xo‘jalik hisobi ahamiyati ko‘paydi, chunki tovar ayirboshlash uchun umumiy ekvivalent talab etiladi. Umumiy ekvivalentga esa faqat hisob-kitobni tahlil etish, to‘g‘ri yurgizish orqaligina ega bo‘lish mumkin, ya’ni almashtiriladigan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat miqdorini aniqlash kerak bo‘ladi. Ishlab chiqarish kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini o‘sishi natijasida xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kelgan xalq xo‘jalik hisobi ahamiyati oshgan, jamiyat hamma sohalarida mulklarni hisobga olish borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan. Iqtisodiy faoliyatini boshqarish xalq xo‘jalik hisobiorqali olingan ma’lumotlar asosida olib boriladi va tegishli qaror va qonun hamda qoidalar qabul qilinib, shular asosida butun xalq xo‘jaligi faoliyati boshqariladi.
Xo‘jalik hisobi asosan qo‘yidagi funkitsiyalarni bajaradi:
a) xalq xo‘jalik hisobitarmoqlari korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish.
b) kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash.
v) korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish.
g) maxsus aks hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish va ularga ta’sir etish.
Xo‘jalik hisobini yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa va tashkilot va umuman butun xalq xo‘jaligining iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va kelgusidagi reja ko‘rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishini ustidan nazorat olib borishda muhim ahamiyatga kasb etadi.
Xo‘jalik hisobi yagona bir tizim bo‘lib, uning ajralmas, bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq 3 turi mavjud:
1. Tezkor hisob, bu hisob xalq xo‘jaligi tarmoqlari korxona, muassasa, tashkilotlarining ayrim bir bo‘limlarida sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari haqida zaruriy ma’lumot va ko‘rsatkichlarni joriy kuzatish va nazorat etish orqali tegishli joylarga yetkazish va bu ma’lumotlardan tegishli maqsadlarda foydalanishi imkonini beradi. Bu hisobda hamma aloqa vositalaridan (telefon, telegraf, og‘zaki yoki hujjatlardan) foydalaniladi, shuningdek, o‘lchov birliklarining 3 turidan ham foydalaniladi. Tezkor hisobning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri ma’lumotni tezda yig‘ilishi va tezda yetkazilishidir. Misol, tovar zahiralari miqdori, xodimlarning ishga kelgan yoki kelmaganligi, mehnat haqi berilgani, mol yetkazib beruvchilardan tovarlar kelganligi, sotilgan tovardan kelgan tushum va x.k lar haqidagi tezkor ma’lumotlar.
2. Statistika hisobi ma’lum bir vaqtda butun xalq xo‘jaligi hamda alohida bir olingan korxona, tashkilot, muassasalar ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini miqdoriy ifodalash. Statistika hisobi xo‘jalik faoliyatini bir turdagi ommaviy hodisalarni: mahsulot ishlab chiqarish, mehnat unumdorligi o‘sishi, tannarxni pasaytirish, rejani bajarilishi, shu bilan birga ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarni, ya’ni aholi sonini o‘zgarishi, madaniyat, soglikni saklash ishlarini borishi va boshqalarni o‘rganadi, hamda nazorat qiladi. Statistik hisobda muayyan metodik usullardan, ya’ni statistik kuzatish, statistik yig‘ish, statistik guruhlash, o‘rta miqdorni olish, tanlab o‘rganish va xakozolardan foydalaniladi. Statistik hisobda ham 3 o‘lchov birliklari qo‘llanilishi mumkin. Statistik hisobda tezkor hisob va buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalaniladi.
3. Buxgalteriya hisobi korxona, muassasa, tashkilot va birlashmalarning xo‘jalil mablag‘lari, ularni tashkil topish manbalari hamda ular harakati natijasida sodir bo‘ladigan xo‘jalik jarayonlarini uzluksiz va yoppasiga kuzatib, kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni hammasini ulchash, baholash va tekshirib, ularni hujjatlarda to‘liq ifodalab aks ettirish, hamda ularni pul o‘lchovida umumlashtirishdan iborat.




  1. Download 58.79 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling