15. Aholi tabiiy harakati ko’rsatkichlari qanda aniqlanadi?


Download 30.21 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi30.21 Kb.
#1389988
Bog'liq
1. «Aholi statistikasi» fanini nimani o’rganadi


15. Aholi tabiiy harakati ko’rsatkichlari qanda aniqlanadi?
Aholi sonining tug’ilish va o’limlar hisobiga o’zgarishini aholining tabiiy harakati deb ataladi. Aholining tabiiy harakatiga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlar qatoriga aholi nikohdan o’tish va ajralish ham kiradi.Aholi sonini o’zgarishni ifodalashda mutloq va nisbiy sonlar yordamida olib boriladi. Nisbiy sonlar o`lchov birligi koeffitsiyent protsent va promilleda hisoblanadi. Aholning tabiiy harakatining asosiy ko`rsatkichi aholining tug’lish darajasi hisoblanadi. Tug’ilish darajasi –turli xil ko`rsatkichlar yordamida o’rganiladi, ya’ni tug’ulishning umumiy, maxsus, xususiy va tug’ilishning yig’indi (summarniy) koeffitsentlari asosida o’rganiladi. Umumiy tug’ilish koeffitsenti har 1000 aholiga nisbatan tug’ilgan bolalar sonini ifodalaydi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi.

Bu yerda: KTug’- tug’ilishning umumiy koeffitsenti. A tug’–tug’ilgan aholi soni A- aholining o’rtacha soni
115. Pul muomilasi statistikasidagi asosiy kategoriyalar, klassifikatsiyalar nimalardan iborat?
Pul muomalasini odilona tashkil qilinganligini va eng asosiysi, samarali ishlayotganligini baholashda statistik ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ko’rsatkichlarni uchta blokka bo’lishadi: makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, likvidli (pul turlari) aktivlarni va pul massasini xarakterlovchi ko’rsatkichlar.
Makroiqtisodiy blok ko’rsatkichlari pul va pul muomalasini iqtisodiyotning real sektori bilan bog’liqligini ifodalaydi va quyidagi ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi: nominal pul massasi; pul oboroti; pul aylanish tezligi; real pul massasi; nominal, real pul massasi va pul aylanish tezligi indekslari; iqtisodiyotni monetarizatsiya darajasi; pulning xarid qobiliyati.
Pul turlari yoki likvidli aktivlar blokiga: oborotdagi naqd pullar; bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar; banklar kassasidagi naqd pullar; naqd bo’lmagan pul massasi; pul multiplikatori; pul bazasi; pul oborotidagi qimmatli qog’ozlar; jahon pullari (xalqaro likvidli aktivlar).
Pul massasi pul agregatlari bilan ifodalanadi. Nominal pul massasi deganda muomaladagi pulning statistik miqdori yoki likvidli shakldagi aktivlar zaxirasi tushuniladi. Demak, pul moliyaviy aktivlarni bir shakli. Pul bilan boylikni almashtirmaslik kerak. Puli bor odam boy odam emas, likvidli aktivlarga (barcha turiga) ega bo’lgan kishi boy odam hisoblanadi.





Download 30.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling