Bajardi: Sherquziyev. I


Download 0.59 Mb.
bet1/8
Sana18.11.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1784435
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kassa operatsiyalari hisobi. Sherquziyev Iqboljon. Amaliy

Bajardi: Sherquziyev.I

Banklarda kassa operatsiyalari hisobi

Reja:

  • 1. Banklarda kassa ishlarining tashkil etilishi
  • 2. Kirim kassa operatsiyalari, ularni hisobga olish va rasmiylashtirish
  • 3. Kassaning chiqim operatsiyalari, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi

1. Banklarda kassa ishlarining tashkil etilishi

  • Pul oboroti naqd pul oboroti hamda naqdsiz pul oborotini o’z ichiga oladi.
  • Naqd pulsiz pul oboroti butun pul oborotining 80-90%ini tashkil etadi. Naqd pulsiz pul oboroti asosan korxona va tashkilotlar, ular bilan soliq nazorati, sug’urta, pensiya va boshqa fondlar bilan bo’ladigan hisob kitoblarida o’z aksini topadi. Aholi va turli korxona va tashkilotlar, aholi guruhlari o’rtasidagi hisob-kitoblar naqd pul yordamida amalga oshiriladi. Masalan, aholiga ish haqi, nafaqa, mukofot, gonorar, xizmat safari xarajatlari to’lashda va, aksincha, axoli tomonidan savdo tashkilotlari, maishiy xizmat, madaniy oqartuv tashkilotlari, dexqon bozori, oziq-ovqat va kiyim-kechak bozorida aholi guruhlari o’rtasidagi aloqalarda naqd pul ishtirok etadi.
  • Biz «korxona va tashkilotlar o’rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblar» bobida naqd pulsiz hisob-kitoblarning mazmuni, ularni tashkil etish qonun-qoidalari, bu operatsiyalarni hisobga olish va rasmiylashtirishni ko’rib chiqqan edik. «Kassa operatsiyalari, ularni hisobga olish va rasmiylashtirish» mavzusida kassa ishlarining tijorat banklarida tashkil etilishi, kassaning kirim va chiqim operatsiyalari, ularni hisobga olishini ko’rib chiqamiz.
  • Har bir tijorat bankida korxona va tashkilotlarga kassa xizmatini ko’rsatish uchun bir qancha kassalar tashkil etiladi, ya’ni bank muassasasi o’z tarkibida tarkibiy bo’linma-kassa operatsiyalari bo’limiga ega. Kassa operatsiyalari bo’limida bajariladigan kirim va chiqim kassa operatsiyalari «o’zbekiston respublikasi bank muassasalarida emissiya-kassa ishi, pul tushumini inkassatsiya qilish va boyliklarni tashishga doir» markaziy bankning 23-sonli yo’riqnomasi asosida tashkil etiladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling