Mavzu: Butunjahon savdo tashkiloti doirasidagi standartlashtirish Reja


Download 26.06 Kb.
bet1/4
Sana22.10.2023
Hajmi26.06 Kb.
#1715175
  1   2   3   4
Bog'liq
metrologiya


Mavzu: Butunjahon savdo tashkiloti doirasidagi standartlashtirish


Reja:



  1. Xalqaro va davlatlararo standartlashtirish.

  2. Qonun chiqaruvchilik metrologiyasining xalqaro standartlashtirilishi

  3. Mеtrоlоgiya to‘g‘risidа” Rеspublikа qоnuni.

  4. Standartlar kategoriyalari va ularning turlari.


Butunjahon savdo tashkiloti doirasidagi standartlashtirish

1986 yilda Urugvay poytaxtida savdo-sotiqchilarning muzokaralari qatnashchilari tomonidan keyinchalik savdo-sotiqchilar muzokaralarining Urugvay bosqichiga asos solgan vazirlar Dekloratsiyasi qabul qilindi.


1994 yil aprelida Marokkoda savdo-sotiqchilar muzokaralari bo‘yicha Qo‘mitaning hukumatlar va Evropa hamjamiyatidan kelgan 124 nafar vakildan iborat vazirlar darajasidagi yakunlovchi sessiyasida Urugvay bosqichini yakunlaydigan yakunlovchi hujjat qabul qilindi. Ushbu hujjatga binoan Butunjahon savdo tashkiloti (BST) bo‘yicha bitimning qabul qilinishi to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi, bu bilan 1947 yildagi tariflar va savdo-sotiq bo‘yicha Bosh bitimdan BSTga o‘tishning boshlanishiga asos solindi.
BSTning tashkil etilishida qatnashchilar shunga amal qilishi kerakki, ularning savdo-sotiq sohasidagi munosabatlari turmush darajasini oshirish, to‘liq bandlilikni ta’minlash va real daromadlar darajasi va mahsulotlarga talabning doimiy o‘sishini, shuningdek, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishni kengaytirish maqsadlarini ko‘zlab amalga oshirilishi lozim.
BSTning shartlari xalqaro savdoning rivojlanishida rivojlanayotgan mamlakatlarga kafolatlangan ulushning ta’minlanishiga qaratilgandir. Ko‘p tomonlama bitimlar, yani mamlakatlar o‘rtasida muayyan munosabatlarning o‘rnatilishi BST bo‘yicha Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi.


Xalqaro va davlatlararo standartlashtirish

Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatsiya, akkreditatsiya bo‘yicha qoidalar va normalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan ko‘plab xalqaro tashkilotlar amalqiladi. Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot - ISO eng mashhur tashkilot hisoblanadi, undan tashqari Xalqaro elektrotexnika komissiyasi - XEK, qonunchilik metrologiyasi bo‘yicha Xalqaro tashkilot - QMXT, Evropa iqtisodiy komissiyasi –EI K ham amal qiladi.


O‘zbekiston o‘zstandart timsolida Standartlashtirish bo‘yicha Mintaqalararo Assotsiatsiyaga- SMAga a’zo bo‘lgan.
ISOstandartlashtirish bo‘yicha eng katta ahamiyatli xalqaro tashkilotdir.
BMTning 1994-yil 14-oktyabrdagi tashabbusiga binoan Londonda 25 ta mamlakat vakillaridan iborat konferensiya tashkil etildi, u standartlashtirish bo‘yicha xalqaro bitimlarni muvofiqlashtirish va bir xillashtirish bo‘yicha Xalqaro tashkilotning tashkil qilinganligini e’lon qildi. ISOning Ustaviga muvofiq xalqaro tovar almashinuvi va o‘zaro yordamni engillashtirish uchun jahon miqyosida standartlashtirishning rivojlanishiga ko‘maklashish tashkilotning maqsadi hisoblanadi.
ISOning asosiy faoliyati xalqarostandartlarni ishlab chiqish, ularni nashr qilish va tarqatishdan iborat. Barcha hujjatlar uch tilda - ingliz, fransuz va rus tillarida nashr qilinadi. Texnik qo‘mitalar (TQ) xalqaro standartlar loyihalarini ishlab chiquvchi ishchi organlari hisoblanadi. Unga kotibiyat rahbarlik qiladi, u barcha ichki masalalarni ovozlarning ko‘pchiligi bilan hal qiladi. Standartlar loyihalari ISO Kengashi tomonidan tasdiqlanadi, so‘ngra ISOning Markaziy kotibiyati tomonidan nashr qilinadi va ISOning hamma a’zolariga tarqatiladi.
Ustavga binoan ISO Bosh Assambleyasi, Kengash va uning qo‘mitalaridan, prezident va vitse-prezident, xazinachi, bosh kotib, markaziy kotibiyat, texnik bo‘limlar va qo‘mitalardan iborat bo‘ladi.
Bosh Assambleya – ISOning qonun chiqaruvchi organi hisoblanadi, u uch yilda bir marta chaqiriladi. Bosh Assambleyaning sessiyalarida ISO faoliyatining eng muhim masalalari hal qilinadi, faoliyatga yakunlar yasaladiva bundan keyingi faoliyat yo‘llari belgilanadi.



Download 26.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling