16-Mavzu: Iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofoti layreatlarining g’oyalari. Mavzu rejasi


Download 360.45 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi360.45 Kb.
#1070481
  1   2
Bog'liq
16-Mavzu Iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofoti layreatlarining g’


16-Mavzu: Iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofoti layreatlarining g’oyalari.
Mavzu rejasi:

  1. Nobel mukofoti, iqtisodiyot bo’yicha mukofotning ta’sis etish xususiyatlari

  2. Iqtisodiy modellar bo’yicha mukofotlanganlar

  3. Nobel mukofoti laureatlari ilmiy ishlarining ahamiyati

1901 yildan boshlab fizika, kimyo, mediyina (biologiya), adabiyot va tinchlikni saqlash sohalarida Nobel mukofoti berilib kelinadi. 1968 yili Shvestiyadagi Riksbankning 300 yilligi munosabati bilan va albatta iqtisodiyot fanining insoniyat hayotidagi yuksak rolini tan olish va rag’batlantirish maqsadida iqtisodiyot bo’yicha (oltinchi) Nobel mukofoti joriy etildi va 1969 yildan buyon har yili berib kelinmoqda. Birinchi bo’lib bu mukofot iqtisodchi - matematik olimlar gollandiyalik Yan.Tinbergen va norvegiyalik Ragnar Frishga «iqtisodiy jarayonlarni matematik tahlil etishda dinamik modellarni rivojlantirish va qo’llash bo’yicha tadqiqotlari uchun»


Umuman olganda, 1969 yildan 2019 yilgacha mukofot 51 marta berildi va 84 olim uning laureati bo'ldi . Sovrinlar soni va uning laureatlari o'rtasidagi tafovut bitta sovrinni birdaniga bir necha kishiga berilishi mumkinligi bilan bog'liq. Shunday qilib, 51 ta mukofotdan bitta olim 27 marta, 18 marta - ikkitadan, 7 marta - uchta tadqiqotchi birdaniga olishdi . 2003 yilda 2 ta laureat bo'lgan.
Sovrinni olish paytida laureatlarning o'rtacha yoshi 67 yosh edi . Eng yosh laureat 46 yoshida 2019 yilgi Iqtisodiyot mukofotiga sazovor bo'lgan amerikalik va frantsuz iqtisodchisi Ester Duflo; eng keksa boshqa amerikalik edi - Leonid Gurvich, bu mukofotni 2007 yilda 90 yoshida olgan .
84 laureatlarning 82 nafari erkaklardir. Iqtisodiyot sohasidagi yagona ayol laureatlar Elinor Ostrom va Ester Duflo bo'lib, ular mukofotni 2009 va 2019 yillarda olganlar.
Ragnar Frisch (1895.3.3 Oslo 1973.31.1) - norveg iqtisodchisiNorvegiya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1931). Oslo shahridagi universitetda oʻqigan. Oslo universiteti huzuridagi Iqtisodiyot instituti direktori (1931—1965); Yel (1930), Sorbonna (1933) universitetlarida iqtisodiyot boʻyicha leksiyalar oʻqigan. Iqtisodiy nazariyada matematik yoʻnalish vakili. Ekonometrika asoschisi, birinchilardan boʻlib makro va mikroiqtisodiy taxlil sohalari chegaralarini koʻrsatdi, iqgisodiy jarayonlarni tahlil qilishda qoʻllaniladigan iktisodiy siklning dinamik modelini yaratgan. Iqgisodiymatematik programmalashtirish usullaridan foydalangan holda iqtisodiy rejalashtirishda qarorlar qabul qilish modelini ishlab chiqsi. F. taklif etgan iktisodiy oʻsish usullari va modellari, shuningdek, milliy hisoblarnk tuzish tartiblari Norvegiya va boshqa mamlakatlarning byudjet, statistika organlari faoliyatida keng qoʻllanilgan. Iqgisodiyot sohasidagi birinchi Nobel mukofoti laureatlaridan biri (Ya. Tinbergen bilan birga, 1969)[1].
MYURDAL (Myrdal) Gunnar (1898.6.12, Gustafs, -1987.17.5, Stokgolm) — shved iqtisodchisi, siyosatchi va xalqaro arbob. Jahon iqtisodiyoti tadqiqoti institutining asoschisi va direktori, BMT ning Yevropa uchun Iqtisodiy komissiyasi Bosh kotibi (1947— 57). Stokgolm universitetida xalqaro iqtisodiy munosabatlar professor (1961 yildan). Iqtisodiy taxdilga kutiladigan va amaldagi oʻzgaruvchanliklar atamalarini kiritdi hamda ularning iqtisodiy muvozanatning vujudga kelishiga taʼsirini koʻrsatdi. "Amerika dilemmasi: negrlar muammosi va zamonaviy demokratiya" (1944), "Urushdan keyingi optimizmga karshi ogohlantirish" (1944), "Iqtisodiy nazariya va past rivojlangan mintaqalar" (1956), "Osiyo dramasi: xalqlar qashshokligining tadqiqoti" (1968), "Oqimga qarshi: iqtisodiyot boʻyicha tanqidiy ocherklar" (1973) asarlarida murakkab matematik-iqtisodiy nazariyalarning yaratilishini tanqid qildi, iqtisodiy muvozanatlar muammolarini, past rivojlangan mamlakatlarga iqtisodiy yordam koʻrsatishning shu mamlakatlar uchun salbiy oqibatlarini tadqiq etdi. M. pul nazariyasi, iqtisodiy tebranishlar, iqtisodiy, ijtimoiy va in-stitutsional hodisalarning oʻzaro aloqadorliklarini taxliliga bagʻishlangan asarlar yozgan. Nobel mukofoti laureata (1974; Friedrich Hayek bilan birgalikda)[1].

Milton Fridmen (Fridman; 1912.31.7, Nyu York) — amerikalik iqtisodchi, iqtisodiy nazariyada Chikago maktabining yetakchi vakili. Ratgers universitetini tugatgan (1932). Falsafa (1946) va huquq (1968) doktori. Chikagodagi universitetda iqtisodiyot professor (1948 yildan). 1971—74 yillarda AQSH prezidenti R. Niksonnnnt iktisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi. Asosiy ilmiy ishlari pul muomalasi nazariyasi va amaliyoti masalalariga bagʻishlangan. F. makroiktisodiyotda monetarizm yoʻnalishi asoschisi, milliy daromadning monetar nazariyasini va AQShning deyarli 100 yillik pul muomalasi tarixini oʻrganib pulning miqdoriy nazariyasini asoslab bergan. Keynschshshkka qarshi boʻlgan F. tadbirkorlik erkinligi, bozor mexanizmlarining oʻzi davlat iktisodiyotga faol aralashmagan hollarda ham takror ishlab chiqarishning oʻz meʼyorida borishini taʼminlaydi deb qaragan. F. nuktai nazariga koʻra, davlatning vazifasi muomaladagi pul miqdori oʻsishini tartibga solish bilan chegaralanishi lozim[1].

Download 360.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling