2 5377811770607929993

Sana01.01.1970
Hajmi
#166085
Bog'liq
2 5377811770607929993



#bismillah
4 qism Elif ro'za tutmoqchi
E: Akajon, akajon. Bu ramazon men ham ro'za tutishni istayman. 
M: Ooo, demak, katta bo'ldim demoqchisan.
E: Albattada, alifbo o'rganyapman. Yana nima bo'lsin?
M:Haqsan, singlim. Unda saharga birga turamiz. Agar, oxirigacha tutsang, buni nishonlaymiz. To'liq tuta olmasang,
takror tutamiz. Hafa bo'lmaysan, singlim hopmi?
E: Men ko'p duo qilaman, Eobbim yordam beradi. To'liq tutaman akajon, judayam xohlayapman. 
M: Yaxshi go'zal singlim, yaxshi. 
SAHAR VAQTI
M: Elif, Elif. Mening ulg'ayib, ro'za tutadigan bo'lib qolgan singlim. Qani turaqol, sahar vaqti.
E: Ha katta bo'ldim, xo'sh?
M: Qani stolga boramiz.
E: Akajon, hozir hamma musulmonlar ro'za tutishyaptimi?
M: Ha, go'zal singlim. Hozir dunyodagi barcha musulmonlar ro'za tutmoqdalar.
E: Qanday go'zal. Ya'ni katta bor oila kabimiz. Hammamiz ro'za tutyapmiz.
M: Juda chiroyli aytding, ha katta bir oilamiz.
E: Robbimiz ham bizni birga bo'lishimizni xohlaydi. Ramazon oyida hammamiz birga ro'za tutib, yana birga bayram
qilamiz. Bu bizni bir katta oila qiladi. 
E: Ya'ni mening Yaponiyada, Kanadada, Misrda bir do'stim bo'lsa, hozir ular ham ro'za tutishmoqda, shunday
emasmi?
M: Bunday narsalar aqlingga qanday keladi bilmadim, ammo shunday Elifxon. Ular ham tutishadi.
E: O'o'o'xxoo butun dunyo bir ishni qilyapti. Yaxshi, akajon ro'za tutsak nima bo'ladi?
M: Robbimiz shunday qilishimizni istaydi. Uning izniga ko'ra, yemay ichmay ibodat qilamiz, ro'za shunday qimmatli
ibodatki, Robbimiz buning ajrini o'zim beraman degan. Ya'ni judaaaa qimmatli.
E: Robbimiz ro'za tutishimizni shunchalik sevsa, men faqat ro'za tutaman akajon.
M: Faqat ro'za tutishimizni istamaydi, kuchimiz yetgani qadar. Shunday ekan, Ramazonga diqqatimizni qarataylik,
fursatni qo'ldan chiqarmaylik.
M: Qorning ochdimi singlim?
E: Ayyy, akajon yo'q deya olmayman. Lekin, Alhamdulillah to'liq bir kun tuta olayotganim uchun juda hursandman.
M: MashaaAlloh, Elifxon. Men ham juda hursand bo'ldim. Sen haqiqatan ham katta bo'libsan. Sovg'aga loyiqsan.
E: Voy rostanmi, yaxshi, sovg'a nima ekan?
M: Syurpriz hech aytiladimi? Birozdan so'ng saharda ko'rasan. Ammo hozir azon aytiladi, qani stol atrofiga, duo
qilamiz.
AZON
E: Allohim, ro'zalarimizni qabul ayla. Bizlarni ko'p sev, mahbub amallaringni qilishlikni nasib et. Robbim, menga ko'p
kuch ber va yana ro'za tutay. Men ro'zani judaham sevaman. 
M: Robbim, yo'qsil ehtiyojmand qullaringga ham yordam ber. Omiyn
M: Keldi ramazon oyi,
Hozir birlik zamoni,
Uyg'onish vaqti ayni,
Saharlikla ro'za tutgani
E: Voy, akajon, siz ramazon do'mbirachisi bo'ldingizmi?
M: Faqat men emas, sen ham bo'lding qara. Qani hozir sen bilan ishimiz bor tayyorlan.


Keldi ramazon oyi,
Hozir birlik zamoni,
Uyg'onish vaqti ayni,
Saharlikla ro'za tutgani.
Tarjimon: G'ofurjonova Mohlaroyim

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling