17. Birliklar va o’lchamlarni belgilash hamda yozish qoidalari.
Kattaliklarning birliklarini belgilash va yozishda standartlar asosida me’yorlangan tartib va qoidalar mavjud. Bu qoidalar va tartiblar O‘zDSt 8.012:2004 “O‘lchovlar birligini ta’minlash davlat tizimi. Kattaliklar birliklari” nomli standartda atroflicha yoritilgan.
Birliklarni ifodalash uchun maxsus harflar yoki belgilardan foydalanish mumkin – A, Vt, % va hokazolar.
Birlikni ifodalovchi harf to‘g‘ri shrift bilan yoziladi. Qisqartirish maqsadida nuqtadan foydalanishga ro‘xsat etilmaydi.
Birlik belgisini kattalikning son qiymatidan keyin, u bilan bir qatorda, keyingisini o‘tkazmay ifodalanadi. Son qiymatining oxirgi raqami bilan belgini bir probel oralig‘ida yoziladi.
O‘lchov bu berilgan noaniq qiymatni oldindan birlik qilib qabul qilingan etalonlardan biri bilan solishtirishdir. O‘lchov bizga berilgan o‘lchanadigan kattalikni mikdoriy tavsiflashga imkon beradi. O‘lchov muxandislik va ilmiy soxalarda muxim ro‘l o‘ynaydi.
O‘lchov birligining 2 ta asosiy talabi bor:
1. Taqqoslashda ishlatiladigan etalonlarning aniqligi yuqori va xalqaro miqyosda kelishilgan bo‘lishi kerak.
2. Taqqoslashda ishlatiladigan apparatura va uskunalar metrologik tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
O‘lchash jarayoni rasmda keltirilgan
79. O’lchash va o’lchash usullari.
O’lchash – fizik kattaliklarning qiymatlarini maxsus tеxnik vocitalar yordamida tajriba usuli bilan topishdir.
O‘lchash turlari:
1.Bevosita o‘lchash,
2.Bilvosita o‘lchash,
3.Birgalikda o‘lchash,
4.Birlashtirib o‘lchash.
Bevosita o‘lchash deb, o‘lchanayotgan kattalikning izlanayotgan qiymatini tajriba ma’lumotlaridan bevosita aniqlanishiga aytiladi.
Masalan: Voltmetr bilan manbaning kuchlanishini va ampermetr bilan tok kuchining
kattaligini o‘lchash.
Bilvosita o‘lchash deb shunday o‘lchashga aytiladiki, unda o‘lchash natijasi o‘lchanayotgan kattalik bilan ma’lum munosabat yordamida bog‘langan kattaliklarni bevosita o‘lchashga asoslangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |