18-oktabr 2022-yil Buxoro tuman Qatnashdilar


Download 18.36 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi18.36 Kb.
#1421615
Bog'liq
ochiq dars bayonnomasi


Buxoro tuman 25-umumiy o’rta ta’lim maktabida BuxDU, Tarix va yuridik fakulteti, Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi 4-kurs 5-6 Tar19 guruhi talabasi Yarashev Muxammadnisoning 6-sinf o’quvchilari bilan “Qadimgi Misrda din” mavzusida o’tkazgan ochiq dars mashg’uloti
BAYONNOMASI
18-oktabr 2022-yil Buxoro tuman
Qatnashdilar: Buxoro tuman 25-umumiy o’rta ta’lim maktabi M.O’.I.B.D.O’ D.S.Yarasheva, metod birlashma rahbari Sh.I.To’xtayev, tarix fani o’qituvchisi Y.Shukrullayeva , BuxDU Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi o’qituvchilari Qudratov.Sh
G.J.Safarova (yig’ilish rahbari): - Qiziqarli o’tgan ushbu ochiq dars mashg’ulotini maktabimiz ustozlari va BuxDU o’qituvchilari bilan birgalikda kuzatdik. Hozir ana shu dars tahlilini muhokama qilishdan oldin dastlabki so’zni K.S.Samadovaga bersak.
M.N.Yarashev: - Men ushbu “Qadimgi Misrda din” mavzusida ochiq dars o’tishda aniq maqsad va vazifalarimni belgilab olgan edim. Mavzuni yoritishda ko’proq bolalarni mustaqil fikrlashga, nutqini o’stirishga harakat qildim. Shuningdek ularning qadimgi Misr haqidagi bilimlarini kengroq yoritga urg’u berdim. Ochiq dars ishtirokchilari mavzu yuzasidan o’z fikrlarini bildirishdi va savollar bilan murojaat qilishdi. Menimcha, dars o’tish jarayonida o’z maqsadimga erisha oldim.
Sh.I.To’xtayev: - Doskada ochiq dars mashg’ulotining nomi, rejalari e’lon qilindi. Darsda noan’anaviy usullardan foydalanildi. “Shilliqurt” metodi, “Jadval texnologiyasi” va “Buyuk devor” metodlaridan darsda unumli tarzda qo’llay ollaydi. Dars ko’rgazmali tarzda boyitilishi o’quvchilar e’tiborini torta oldi. Vaqt taqsimotidan ajoyib foydalanildi.
Y.Shukrullayeva: - O’qituvchi dasr davomida tartibni va diqqatni jamlay oldi. Ayniqsa bolalarda jamoaviy ishlash va mustaqil fikr yuritish, nutqni o’stirish usullaridan foydalanganligi meni qoniqtirdi. Mavzuga oid tushunchalarni bola tilida tushuntira oldi.
Sh.Qudratov: - Mana talabamiz ochiq dars o’tish davomida universitetda olgan nazariy bilimlarini amalda mohirona foydalanayotganidan xursand bo’ldik. Bu uchun shunday sharoit yaratib bergan maktab ma’muriyatiga minnatdorchilik bildiramiz. Darsga qo’yilgan maqsad va vazifalarga erishdik.
G.J.Safarova: - Hurmatli hamkasblar, mana o’qituvchi K.S.Samadovaning ochiq dars mashg’ulotini kuzatdik. Dars yuqori saviyada tashkil qilindi. K.S.Samadova ta’lim mazmunini shakllantirishda qo’llaniladigan metodlarni to’g’ri tanlaganligi, dars o’tishda tizimli va ketma-ketlikka rioya qilinganligi, ta’lim mazmunining o’quvchilar uchun tushunarliligi, bolalarni darsga qiziqtirish mahorati yuqorililigi va dars vaqtini to’g’ri taqsimlab undan samarali foydalana oldi. Baholash mezoni dars boshida e’lon qilinsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Dars o’z maqsadiga yetdi. O’qituvchi K.S.Samadova ishlariga omad.
M.N.Yarashev: - Hammalaringizga katta rahmat. Vaqtlaringizni ayamay darsga tashrif buyurganingizdan minnatdorman.

Qaror qilindi:


  1. M.N.Yarashevning “Qadimgi dunyo tarixi” fanidan “Qadimgi Misrda din” mavzusida o’tkazilgan ochiq dars , dars kuzatuvchilari – pedagoglar fikrlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2.M.N.Yarashevning “Qadimgi Misrda din” mavzusida o’tkazgan ochiq dars mashg’uloti ilmiy-nazariy, pedagogik va metodik jihatdan e’tirofga loyiq deb topilsin.

  1. Mavzuga oid ma’ruza matni, statistik ma’lumotlari va ko’rgazmalari talab darajasida tayyorganligi qayd etilsin.



Yig’ilish rahbari : D.S.Yarasheva
Yig’ilish kotibi: Sh.I.To’xtayev
Download 18.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling