18. Olimpiadalari qatnashchilarining arizalari apellyatsiya komissiyasi raisi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Qizlar olimpiadasi Nizomi 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII. Olimpiadani moliyalashtirish va taqdirlash
18. Olimpiadalari qatnashchilarining arizalari apellyatsiya komissiyasi raisi, o‘quvchi va hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokida apellyatsiya komissiyasi a’zosi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 19. Apellyatsiya jarayonida olimpiada qatnashchilarining faqatgina o‘zlari tomonidan bajarilgan ishlari bo‘yicha arizalari ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi. 20. Appelyatsiya komissiyasi zaruriyat bo‘lganda, hakamlar hay’ati qarorini bekor qilish va ularga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega. VI. Olimpiada g‘oliblarini taqdirlash. 21. Olimpiada natijalari sinflar kesimida umumlashtiriladi va g‘oliblar eng yuqori ball to‘plagan 1,2,3-o‘rinni egallagan o‘quvchilar orasidan aniqlanadi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 22. 10-sinflarda g‘oliblikni egallagan o‘quvchilar kelgusida o‘tkaziladigan respublika va xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish uchun biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilariga biriktiriladi va biriktilgan oliy ta’lim muassasalari tomonidan muntazam ravishda tayyorgarlik ishlarini olib boradi VII. Olimpiadani moliyalashtirish va taqdirlash 23. Olimpiadaning birinchi hamda ikkinchi bosqichlarida 1-3 o‘rinlar g‘oliblari va sovrindorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi 2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-357-sonli qarori 11-ilovasi 17-bandida belgilangandek tuman (shahar) hokimliklarining mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan esdalik va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. 24. O‘quvchilarning xizmat-safari bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlari safarga yuboruvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling