1.«Фалсафа» атамасининг моҳияти ва мазмуни. Афлотун ва Арастунинг фалсафий қарашлари


Download 25.79 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi25.79 Kb.

1- вариант

1.«Фалсафа» атамасининг моҳияти ва мазмуни.

2.Афлотун ва Арастунинг фалсафий қарашлари.

3.Зарурият ва тасодиф категориялари ва уларнинг моҳияти ва мазмуни.

Javoblar

1)Har qanday noma’lum so‘z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o‘rinli bo‘ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilim bilan inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va tanqidiy fikrlash yo‘li orqali olishi mumkin bo‘lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan. Shuni ta’kidlash lozimki, Pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo‘lgan va mohiyat e’tibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi» darajasiga ko‘targan ma’nosidan boshqacharoq ma’no yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar o‘zlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka da’vo ham qilmaganlar, zero, o‘sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko‘ra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o‘tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan.

Falsafa haqida gapirish – inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Yerda hayot paydo bo‘lish tarixi haqida gapirish demakdir.

2) Arastu (Aristotel) Qadimgi Yunonistonda buyuk kishilardan bo‘lgan. U hamma davrlarda yashab o‘tgan buyuk faylasuflar sirasiga kiradi.

Arastu faylasuf Aflotun huzurida yigirma yilga yaqin ta'lim oladi. Aflotun vafot etgandan so‘ng Arastu o‘z ta'lim uslubini rivojlantira boshlaydi. U amalda inson duch keladigan barcha muammolar bilan qiziqardi. Aql qay tarzda ishlaydi? Haqiqat qayerda-yu yolg‘on qayerdaligini qanday ajratib olishimiz mumkin? Hokimiyatning qanday shakli afzalroq?

Arastu atrof muhitni kuzatgan va dalillar to‘plagan holda bu savollarga javob topishga intildi. U har bir hodisa o‘zining mantiqiy izohiga ega deb hisoblagan hamda tadqiqotlar va kuzatuvlardan hu$sm chiqarib, uni ta'riflab bergan ilk olimlar qatorida turadi

Arastu o‘z maktabiga asos soladi va unga «Liseum» deb nom beradi. U har bir kishi yaxshi va foydali yashab o‘tish imkoniyatini bilish yo‘li bilan olamda o‘z o‘rnini egallashi mumkinligiga ishontirishga harakat qiladi. U yoshlik va qarilik oralig‘idagi umrga — «oltin o‘rtalik»ka ishonardi.

Guvohlik berishlaricha, Arastu astronomiya, fizika, poeziya, zoologiya, notiqlik san'ati, biologiya, mantiq, siyosat, boshqaruv, axloq ilmi bo‘yicha to‘rt yuzga yaqin asar yozgan.

Arastu asarlarini butun jahonda odamlar yuzlab yillar davomida o‘qib-o‘rganishmoqda. Hyech bir olim shuncha uzoq davr mobaynida odamlar tafakkuriga bu qadar ta'sir kursatmagandi.

Hozirgi olimlar Arastuning ikki ming yildan ziyodroq vaqt ilgari olib borgan kuzatishlari bugungi kun nuqtai nazaridan ham to‘g‘ri

ekanligini tasdiqlashmoqda. U har bir fikr isbotlanishi darkorligini hamda bilimlar asosi dalillar ekanligini bizga anglatadi..Aflotun (er.av 427–347) fikricha olamda «g’oyalar dunyosi» birlamchi bo’lib, moddiy dunyo esa uning mahsuli, soyasidir. «G’oyalar dunyosi» zamon va makonga bog’liq bo’lmay, u mangu harakatsiz va o’zgarmas, haqiqiy dunyodir. «G’oyalar dunyosi»da eng oliy g’oya – yaxshilik va baxt g’oyasi – xudodir. Boshqa g’oyalarning hammasi u bilan bog’liq.

Aflotun falsafasi g’oya asosida g’oyalar to’g’risidagi ta’limot yotadi. Aflotun narsalarining dastlabki asosini g’oya tashkil qiladi, sezgilar orqali qabul qilinadigan narsalar esa, g’oyalar dunyosining soyasidir, deb ta’lim beradi.



3) Zaruriyat va tasodif - borliqdagi narsa va hodisalar oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni ifodalovchi falsafiy tushunchalar. Zaruriyat — narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqadi, ularning ichki qonuniyatini ifoda qiladi. U muayyan sharoitda yuz berishi muqarrar boʻlgan voqea yoki hodisadir. Tasodif — narsa va hodisalarning ichki tabiati bilan boglik boʻlmagan, tashqi taʼsir, yuzaki va ikkinchi darajali, oʻtkinchi tomonini ifoda etadi. U yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin. zaruriyat va tasodif borliqdagi oʻzaro bogʻliq boʻlgan, biri ikkinchisiz mavjud boʻlmaydigan narsa va hodisalarning oʻzgarish va rivojlanishiga oid aloqadorlikning ikki tomonidir. Ular oʻzaro bogʻliq va oʻziga xos xususiyatlari bilan birbiridan tubdan farq qiladi. Zaruriyat, birinchidan, hodisalarning oldingi taraqqiyoti orqali qonuniy tayyorlangan boʻladi, ikkinchidan, uning sababi oʻzida boʻlib, u mazkur narsa va hodisaning ichki tabiatidan kelib chiqadi; uchinchidan u narsa va hodisaning muhim, takrorlanib turadigan ichki aloqadorliklaridan kelib chiqadi; toʻrtinchidan, zaruriyat yuz berishi muqarrarlik xususiyatiga ega boʻlib, albatta, yuz beradi; beshinchidan, u doim qonuniyat bilan bogʻliq boʻlib, umumiy tipik harakterga ega.

Tasodif ham sababsiz yuz bermaydi. Uning sababi, narsa va hodisaning oʻzida emas, balki undan tashqarida boʻladi. Tasodifning oʻziga xos xususiyatlari kuyidagilar: birinchidan, tasodif narsa va hodisalarning rivojlanishi davomida emas, balki turli tashki jarayonlarning taʼsirida sodir boʻladi; ikkinchidan, borlikdagi nomuhim bogʻlanishlardan kelib chiqadi; uchinchidan, tasodif narsa va hodisalarning rivojlanish mayllarini belgilab bermaydi, shunga koʻra u muqarrar emas, toʻrtinchidan, tasodif umumiy emas, balki yakka xususiyatga ega; beshinchidan, tasodif krnuniyat bilan bogʻliq emas. Tasodiflarni oldindan aytib berish mumkin emasligi uni, goʻyoki, sababiyat tamoyiliga zidga oʻxshaydiganday qilib qoʻyadi. Aslida, tasodifiy voqealar, garchi aniq maʼlum boʻlmasa ham, real mavjud boʻlgan muayyan shartsharoit va sabablar oqibatidir. Ular betartib ravishda, hech narsa yoʻq joydan paydo boʻlmaydi, ularning kelib chiqishi imkoniyati, garchi katʼiy ravishda boʻlmasa ham, oʻzining sababiy asoslariga ega. Bu koʻp miqdordagi bir xil tasodifiy hodisalarni oʻrganish natijasida payqab olinadi va matematik statistika apparati yerdamida ifodalanadi. zaruriyat va tasodifoʻzaro bogʻliqdir, bunda tasodif zaruriyatning ichki tizimida yashiringan boʻlgani kabi zaruriyat ham tasodiflar tizimida, ularning takrorlanishida mavjud boʻladi, ular birbirisiz, alohidaalohida mavjud boʻla olmaydi. Ijtimoiy munosabatlarda zaruriyat bilan tasodif nisbatini toʻgʻri anglash jamiyat hayotining obʼyektiv taraqqiyot qonunlarini bilib olish va amalda qoʻllashning asosiy shartidir. Chunki ijtimoiy taraqqiyotning obʼyektiv yoʻnalishi oʻzining muayyan maqsad va intilishlariga ega boʻlgan alohida shaxslar, ijtimoiy guruxdar faoliyatida amalga oshadi. zaruriyat va tasodifni birbiridan farq qilishda har doim tayin sharoitni hisobga olish zarur. Borliqdagi hamma narsa va hodisalar oʻzlarining oʻzgarish va rivojlanishi jarayonida doim ham zaruriy, ham tasodifiy aloqadorliklarni oʻz ichiga oladi. Ularni oʻrganish va bilib olishda bu aloqadorliklarni oʻzaro chalkashtirib yubormaslik lozim. Shuning uchun kishilar oʻzlarining amaliy va ilmiy faoliyatlarida zaruriyat va tasodifning obʼyektivligini va aloqadorligini nazarda tutishi goyat muhimdir. Fanning vazifasi narsa va hodisalar tizimida yashirinib yotgan, insonga nomaʼlum boʻlgan ichki zaruriy aloqadorliklarni va bu tizimdagi tashki tasodiflarni aniqlashdan iborat. Borlikda qatʼiy zaruriyat doimo tasodiflar tizimida hukmronlik qilib, tadqiqotchi oʻz ilmiy faoliyati jarayonida tasodifiy hodisalar tizimida mavjud boʻlgan zaruriyatni kashf etishga intiladi. Turli koʻrinishda mavjud boʻlgan tasodiflarni chuqur tadqiq qilish, ularning birbirlari bilan aloqadorliklarini aniqlash, ular tizimida mavjud boʻlgan, lekin yashirinib yotgan zaruriyatni ochish insonlarning ham nazariy, ham amaliy faoliyati uchun katta ahamiyatga molik.
Download 25.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling