2- ma’ruza. Dasturiy ta'minot klassifikatsiyalari


Download 237.69 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi237.69 Kb.
#1596049
Bog'liq
Ma\'ruza №2


2- MA’RUZA. DASTURIY TA'MINOT KLASSIFIKATSIYALARI

REJA
1. Dasturiy ta'minot klassifikatsiyalari.


2. Tizimli dasturiy ta'minot klassifikatsiyalari.
3. Boshqaruvchi tizimli dasturlar. Ishlov beruvchi tizimli dasturlar.


2.1. Dasturiy ta'minot klassifikatsiyalari.

DT klassifikatsiyasida hisoblash texnikasining rivoji va ularning qo’llanish sohalarini kengayishi dasturiy ta’minotning evolyutsiya etish jarayonini juda ham tezlashtirdi.


Avval DT ning asosiy kategoriyalarini barmoq bilan sanash mumkin bo‘lsa – operatsion tizim, tarjimonlar, amaliy dasturlar to‘plami kabilar bo‘lgan bo‘lsa, hozirda esa bu holat tubdan o‘zgardi.
DT rivojlanishi “eniga va uzunligiga” chuqurlashib ketdi (operatsion tizimlarni yaratish, yuqori darajadagi dasturlash tillari va boshqalarga nisbatan yangicha yondashuv paydo bo‘ldi, amaliy dasturlar amaliy bo‘lishdan to‘xtadi va o‘zining qiymatiga ega bo‘ldi).
DT “bozorida” mavjud bo‘lgan va zarur dasturiy mahsulotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat juda tez o‘zgarmoqda. Hattoki klassik dasturiy mahsulotlar ham, operatsion tizim kabilar, uzluksiz rivojlanmoqda va intellektual funksiyalarga ega bo‘lib bormoqda, shulardan ko‘plari avval faqat inson intellektining qobiliyatlarigagina tegishli bo‘lgan xolos.
Bundan tashqari, noan’ananaviy dasturlar paydo bo‘ldi. Bu o’z vaqtida mavjud mezonlar bo‘yicha DTni klassifikasiya qilish juda qiyin bo‘lmoqda, misol uchun, elektron suxbatdosh dasturlari.
Bugungi kunda dasturiy ta’minotni quyidagi guruhlarga bo‘lishimiz mumkin:

  • Operatsion tizim va qobiqlar;

  • dasturlash tizimlari (translyatorlar, dasturosti kutubxonalar, sozlovchi (otladchiklar) va boshqalar);

  • uskunaviy tizimlar;

  • integrallashgan dastur paketlari;

  • dinamik elektron jadvallar;

  • mashina grafigi tizimi;

  • ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT);

  • amaliy dasturiy ta’minot.

Dasturiy ta’minot strukturasi 2.1-rasmda ko‘rsatilgan. Albatta, bu klassifikatsiyani to‘la-to‘kis deb bo‘lmaydi, ammo u dasturiy ta’minot rivojlanishi va takomillanish yo‘nalishini u yoki bu darajada tasvirlash imkonini beradi.


2.1-rasm. Dasturiy ta'minot strukturasi
Nazorat savollari

  1. Dasturiy ta’minot nima?

  2. Dasturiy ta’minot tarkibiga nimalar kiradi?

  3. DT kategoriyalarini sanab chiqing.

  4. EHM arxitekturasi deganda nima tushiniladi?

  5. Uskunaviy dasturiy ta’minot nima?

  6. Amaliy dasturiy ta’minot nima?

Adabiyotlar

  1. Abraham Silberschatz, Peter Baer Galvin, Greg Gagne. Operating System Concepts. 6th Edition. Copyright © 2013, 2012, 2008 John Wiley & Sons, Inc. All rights reserved.

  2. Aliyev M.M., Nurmuxamedov T.R., Toxirov E.T. Tizimli dasturiy ta’minot. O’quv qollanma. – T.,2017 – 108 b.

  3. Алиев М.М. Системное программное обеспечение.Т.: - ALOQACHI. 2010. – 145 стр.

  1. Гордеев А.Ю., Молчанов А.Ю. Системное программное обеспечение. Питер, 2002.

  2. Петров В.Н. Информационные системы. Санкт-Петербург. 2002.

  3. Гордеев А. В. Операционные системы: Учебник для вузов. — 2-е изд. — СПб.: Питер, 2007. — 416 с. — ISBN 978-5-94723-632-3

  4. Вильям Столлингс. Операционные системы = Operating Systems: Internals and Design Principles. — М.: Вильямс, 2004. — 848 с. — ISBN 0-13-031999-6

Download 237.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling