2 – Mavzu. Falsafa va fan: vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari reja


Download 25.07 Kb.
bet1/2
Sana04.11.2023
Hajmi25.07 Kb.
#1747833
  1   2
Bog'liq
2-mavzu. ma\'ruzasi


2 – Mavzu. FALSAFA VA FAN: VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
REJA:

  1. Bilish, ilmiy bilish va fan

  2. Falsafa va fanning vujudga kelishi, rivojlanish bosqichlari

  3. Markaziy Osiyoda fan va falsafani taraqqiyoti (IX-XII asrlar).

Tayanch tushunchalar: Bilish, ilmiy bilish, falsafa, fan "old fan", intellektual inqilob, Tabiatshunoslik, postpozitivizm, klassik va noklassik falsafa, Markaziy Osiyo, Forobiy, Ibn Sino, Ulug‘bek.
Dars o‘tish usullari: ta’lim dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, munozara, aqliy hujum, o‘z – o‘zini nazorat, BBB, klaster, prezensiya.
Dars o‘tish vositalari: doska, ma’ruza matni, tarqatma material, slaydlar , proektor, kompyuter texnologiyalari, plakatlar, grafikli organayzerlar.
Ilmiy bilish va fan. Falsafa va fan mohiyatini chuqur tushunish uchun uning kelib chiqishi va taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish katta ahamiyatni kasb etadi. Bu falsafa va fanning ijtimoiy, gnoseologik, madaniy-ma’naviy funksiyalarini vujudga kelishi va takomillashib borishni anglash imkoniyatini beradi.
Shu bilan birga fan va falsafa taraqqiyoti qonuniyatlarini chuqur tahlil qilish uchun bilish, ilmiy bilish va fan kategoriyalarini ko‘rib chiqishimiz lozim.
Bilish voqelikni inson ongida in’ikos etish, shu asosda obektlarning xossalari, belgilari va mohiyatini ifoda etadigan tasavvurlar, tushunchalar, g‘oyalar va nazariyalarni ishlab chiqarish jarayonidir.
Bilish inson faoliyatini bir ko‘rinishdir. Bu faoliyat natijasida bilimlar hosil bo‘ladi. Demak, bilish voqelikni anglash jarayoni, bilim esa shu jarayonni oqibatdir.
Jamiyatni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy - ma’naviy taraqqiyoti jarayonida bilish ixtisoslashgan faoliyat turicha aylanadi, u ko‘p shakl va turlarga bo‘linib ketadi. Masalan, badiiy, ahloqiy, huquqiy, kasbiy, tibbiy va hokazo bilishlar.
Ilmiy bilish ixtisoslashgan ma’naviy - nazariy faoliyatdir. U ijtimoiy institut bo‘lgan fanning asosiy, harakatlantiruvchi qismidir. Fanning eng muhim ijtimoiy funksiyalaridan biri o‘zini muassasalarida ilmiy bilishni to‘xtovsiz ishlab chiqish va rivojl antirishdir.
Ilmiy bilishni o‘zi nima?
Ilmiy bilish tabiat, jamiyat va inson haqida chuqur, mohiyatli, mantiqiy asoslangan, tajribada tasdiqlangan bilimlar ishlab chiqarish faoliyatdir.
Bilimni ilmiy qilaigan, unga ilmiylik xislatini beradigan jihat - bu tadqiqtda ilmiy rasionallik standartlariga (talab va qoidalar majmuasi) rioya qilishdir. Bu esa olim faoliyatini ma’lum talablar doirasiga soladi, ilmiy jamoatchilik qabul qilgan talab va me’yorlarga tayanib faoliyat ko‘rsatishga majbur qiladi.
Ixtisoslashgan faoliyat turi siftida ilmiy bilish bir qancha xususiyatlarga egadir:

  • ilmiy bilishni asosiy vazifasi tabiiy, ijtimoiy va ruhiy - ma’naviy borliq xossalari, mohiyati va qonuniyatlarini ochib berishdir. Bu vazifani bajarish uchun olim maxsus tushunchalar, tamoyillar va tadqiqot usullarini ishlab chiqadi;

  • tabiat va jamiyatda amal qiladigan aloqadorliklar va qonuniyatlarni bilish asosida tadqiqotchi bashorat qilish imkoniyatini beradigan nazariyalarni yaratadi;

  • ilmiy bilish tizimli xarakterga egadir. Yig‘ilayotgan va umumlashtirilayotgan tasavvurlar, tushunchalar, tamoyillar tadqiqot jarayonida nazariy tizimga aylanadilar;

  • ilmiy bilishga xos bo‘lgan jihatlardan biri metodologik refleksiyadir. YA’ni, tadqiqot sohasida qo‘llanilayotgan tamoyillar va usullar vaqti - vaqti bilan tanqidiy tahlildan o‘tkaziladi, qayta ko‘rib chiqiladi;

  • ilmiy bilishni asosiy maqsadi - obektiv haqiqatga erishishdir. Buning uchun bir qator maxsus tadqiqot usullari va vositalari, shu jumladan, rasional va norasional bilish shakllari ushga solinadi;

  • ilmiy bilish uchun isbotlash, tadqiqot natijalarini asoslanganligi, xulosalarni ishonchli bo‘lishi xarakterlidir;

  • ilmiy bilish doimo yangi g‘oyalar, tasavvurlar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan faoliyatdir.

Ilmiy bilish faoliyati fan tizimi doirasida amalga oshiriladi. Fanni mavjud bo‘lishini nimalar taqozo etadi?
Fan bilish jarayonini maxsus, ixtisoslashgan sohasi sifatida sivilizatsiya taraqqiyotini ma’lum bosqichida vujudga keladi. Buning birinchi omili jismoniy mehnatdan akdiy mehnatni ajralib chiqishi bo‘ldi.
Endi bilish faoliyati maxsus tayyorgarlik ko‘rgan kishilar guruhi tomonidan amalga oshiriladigan bo‘ldi. Fanda bilishni maxsus usullari va vositalari ishlab chiqarila boshlandi.
Fan doirasida ilmiy ish olib borib, olimlar borliqdagi turli xossalar, harakat va rivojlanishni belgilaydigan qonunlar va qonuniyatlarni kashf qila boshladilar.
Xo‘sh, fan deb nimaga aytamiz? Fan - tadqiqot faoliyati sohasi bo‘lib, bu faoliyat tabiat, jamiyat va tafakkur (ma’naviy hayot) haqidagi yangi bilimlar hosil qilishga qaratilgandir va u bu yangi bilimlar hosil qilishning barcha sharoitlari va tomonlarini: olimlarni, ularning bilimlar va qobiliyatlarini, malakasi va tajribasini, ilmiy mehnat taqsimoti va kooperasiyasini, eksperimental va laboratoriya ussunalarini, ilmiy tadqiqot usullarini, tushunchaviy va kategorial apparatni, mavjud bilimlar majmuasini o‘z ichiga oladi.


Falsafa va fanni vujudga kelishi, rivojlanish bosqichlari. Tarixan fanning paydo bo‘lishi uchun zarur shart -sharoit Qadimgi SHarq mamlakatlarida: Misr, Bobil, Hindiston, Xitoyda yuzaga keladi. Bu mamlakatlarda tabiat va jamiyat haqidagi old ilmiy, resepturali xarakterdagi bilimlar ishlab chiqiladi, astronomiya, matematika, etika, logikaning kurtaklari paydo bo‘ladi.
Qadimgi Bobilda huquq, botanika, tibbiyot, mineralogiya, kimiyoviy doridamonlar tayyorlash qoidalari berilgan qo‘llanmalar tuzilgan.
Tarixshunoslar Qadimgi Misrda ishlab chiqilgan tabiatshunoslik bilimlarni "Old fan" yoki "Ilk fan" deb atashadi. Ularning fikricha bunday bilimlar inson tafakkuri tarakqiyotini zaruriy bosqichi bo‘lgan, aks holda o‘zini usullari, tushunchalari va muammolariga ega bo‘lga haqiqiy fan vujudga kelmas edi.
Qadimgi Sharq sivilizatsiyalari yaratgan tabiatshunoslik bilimlar hissiy - empirik darajadan yuqoriroq ko‘tarilmadi, asosan resepturali, ya’ni, ma’lum natijani, echimni ketma ket belgilangan amallarni bajarish orqali qo‘lga kiritlgan.
Nazariy darajaga ko‘tarilgan fanni vujudga kelishi Qadimgi Yunon sivilizatsiyasini rivojlanishi bilan boglangan. Bu erda o‘ziga xos intellektual inqilob sodir bo‘ldi. Mazkur inqilob qo‘yidagilarda namoyon bo‘ldi:

  1. mifologiyadan logosga, nazariy tafakkurga o‘tish;

  2. old - yoki ilk fan fan nazariy tizim ko‘rinishiga ega bo‘lgan fanga aylanishi;

  3. tabiatshunoslik va matematikaga oid tushunchalar va tamoyillar asoslanadigan, ularni isboti beriladigan bo‘ldi;

  4. g‘oyalar, fikrlar raqobati, tafakkur erkinligi miqyosi keng bo‘lishi va boshqalar.

SHunday qilib, Qadimgi Yunonistonda fanning gnoseologik asosi bo‘lgan nazariy tafakkur vujudga keldi. Shu vaqtdan boshlab to intustrial jamiyat tashkil topguncha fanning asosiy funksiyasi tushuntirish funksiyasidan iborat bo‘ladi.
Yangi zamonda klassik tabiatshunoslik shakllandi. Bozor iqtisodiyotini rivojlanishi, yangi texnikaga bo‘lgan ehtiyoj va talabni kuchayshi fanni ishlab chiqarish kuchiga aylanishiga olib keldi. Bu esa fanning tarakqiyoti uchun yangi imkoniyatlarni ochib berdi. Oldin noklassik, keyinchalik esa postnoklassik fan yo‘nalishlari vujudga keldi.
Fan bilan bog‘liq bo‘lgan falsafiy tafakkur ham Qadimgi Yunonistonda rivojlanadi. Yunon faylasuflari tabiatni bir butun deb va, binobarin, uning hodisalari o‘zaro ta’sir ko‘rsatib va o‘zaro aloqada bo‘lib turadi, deb qaradilar.
Aristotel butun tabiatni "materiya" dan "forma" ga va aksincha izchillik bilan o‘tib turishlar tarzida izohlaydi. Uning maktabida chuqur matematik, biologik, ijtimoiy - siyosiy muammolar bo‘yicha chuqur izlanishlar olib boriladi.
YAngi davrda ingliz faylasufi F.Bekon, fransuz faylasufi R.Dekart falsafiy tafakkurni fan muammolariga qaratishda katta rol o‘ynashdi. Ular ilmiy metodologiyaga asoslangan falsafiy va mantiqiy - nazariy tadqiqot g‘oyasini olg‘a surishdi. Nemis faylasufi G.Leybnits bunday yondashuvni davom ettirib, fan metodologiyasi, mantiq va matematika sohalarida bir qator yangi tasavvurlarni ishlab chikdi.
Gegel klassik falsafa tarakqiyotiga yakun yasab fan va falsafani o‘zaro munosabati xususida qimmatli fikrlar bildirdi. Lekin mutafakkir falsafani "fanlarni fani" deb belgilash an’anasini davom ettirdi.
Gegeldan keyin noklassik falsafiy yo‘nalishlar va oqimlar paydo bo‘ldi va rivojlandi. SHulardan fan bilan ko‘proq bog‘langan yo‘nalishlar qatoriga pozitivizm va marksistik falsafa kiradi.
XX asrni o‘rtalarida pozitivizmni uchinchi tarixiy shakli bo‘lgan neopozitivizm, oxirgi choragida marksistik falsafa g‘oyaviy - nazariy inkirozga uchradi. Ularni o‘rniga hozirgi zamon fan va ilmiy tafakkur talablariga javob beradigan, ochiq, hurfiklilik tamoyillariga tayanadigan postpozitivistik va postmarksistik falsafa shakllanmokda.



Download 25.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling