2. amaliy mashg’ulot. 2-mavzu: Xiyobon (alleya) va yo‘laklarning turlari
Download 300.1 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu Xiyobon (alleya) va yo‘laklarning turlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAYILGOH (SKVER)
2. AMALIY MASHG’ULOT. 2-mavzu: Xiyobon (alleya) va yo‘laklarning turlari. Tayanch iboralar: hiyobonlar, sayilgoh (skver), xiyobon (alleya) Hiyobonlar – piyodalar yo‘laklarining ikkala tomonini o‘rab turuvchi daraxtlar. (6-7 rasm.). Hiyobonlar ochiq (piramidasimon va sharsimon tepa qismlari tutashmaydi) va yopiq (tepa qismlari tutashib ketgan) bo‘ladi. Berk hiyobonlar nozik (gledichiya, akatsiya va boshq.), yarim soyali (Gresiya yong‘og‘i) va soyali (eman, sharq platoni kashtan) bo‘lishi mumkin. Uzun va keng hiyobonlarga baland tepa qismi keng daraxtlar eqiladi. Tor va qisqa hiyobonlar uchun tepasi piramidasimon shaklli past bo‘yli daraxtlar yoki butalar yaraydi. SAYILGOH (SKVER) Sayilgohlar – manzarali-rejali, sog‘lomlashtirish uchun mo‘ljallangan hamda qisqa muddatli dam olish joyi bo‘lgan ko‘kalamzorlashtirilgan hududlardir. Sayilgohlar shaharlarning katta maydonlarida, piyodalar qatnovi ko‘p bo‘lgan ko‘chalar chorrahalarida, alohida jamoat binolari oldida, shuningdek, uylar orasidagi ko‘chalarda joylashtiriladi. Sayilgohlarning umumiy maydoni 0,25 gektardan 10 gektargacha, ko‘p hollarda 1-2 ga bo‘ladi. Tuzilishiga ko‘ra sayilgohlar aylana, to‘g‘riburchakli, kvadrat va boshqa shaklda bo‘lishi mumkin. Yirik sayilgohlarda, kafelar, muzqaymoq, ro‘znomalar, jurnallar sotiladigan do‘konlar qurilishi mumkin. Sayilgohlarni barpo etishda quyidagilarni e’tiborga olish lozim: a) chang va shovqinlardan himoyalash maqsadida sayilgoh bo‘ylab qalin yashil ekinzorlarni yaratish (gazonlar va gullardan tashkil topgan parter tipidagi sayilgohlardan tashqari); b) soya joylarni vujudga keltirish uchun gazonlarda daraxt va butalarni guruhlab yoki alohida ekish. g) soyalatilgan yo‘laklar bo‘ylab va maydonchalar atrofida dam olish o‘rindiqlarini o‘rnatish; d) sayilgohlar maydonchalarini o‘zaro ajratib qo‘yishda past bo‘yli yashil to‘siqlar yaratish; ye) o‘suv davrida uzluksiz gullab turishi uchun gulli o‘simliklar va gullaydigan butalardan keng foydalanish; j) to‘siqlardan foydalanish. Maydonchalar va yo‘laklar tarmog‘ining rivojlanish ko‘lami sayilgoh joylashgan joyga bog‘liq. Sayilgoh piyodalar qatnovining jadal bo‘lgan qismida joylashgan bo‘lsa, bu holda maydon va yo‘lakchalar ko‘p sonli bo‘ladi. 7-jadval Download 300.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling