2. amaliy mashg’ulot. 2-mavzu: Xiyobon (alleya) va yo‘laklarning turlari
Download 300.1 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu Xiyobon (alleya) va yo‘laklarning turlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qirg‘oq oldi ko‘chalari
- Istirohat bog‘i yo‘llari
Savdo ko‘chalari- katta miqdordagi piyodalar oqimini savdo muassasalariga
kelib-ketishi uchun muljallanadi. Savdo do‘konlari uchun transport xizmati piyodalar harakatiga xalaqit bermaydigan, boshqa tomondan tashkillashtiriladi. Ko‘pincha savdo ko‘chalari alohida ajratilmasdan, asosiy ko‘chalar tarkibiga kiritiladi. Shuning uchun shaharning ma’muriy-jamoat markazlarida savdo ko‘chalari alohida ajratilmaydi va bu bilan u yerda transport harakatini tashkillashtirish masalasi osonlashadi. Bizning shaharlarda bunday ko‘chalar asosan, bozorlar va katta savdo markazlari atroflarida loyihalanadi. Qirg‘oq oldi ko‘chalari- daryo, dengiz, ko‘l va boshqa suv havfzalari bo‘ylab loyihalanadi. Bunday ko‘chalar, suv havfzalarini ularga tutash hududlardan ajratib, sohil bo‘ylab o’tkaziladi. Qirg‘oq oldi ko‘chalarini loyihalashda aholini suv havfzasidan imkoni boricha ko‘proq manfaatdor bo‘lishi uchun ko‘chani suv havfzasiga yaqinroq olish ko‘zda tutiladi. Shuning uchun qirg‘oq bo‘ylab sayr qilish uchun alleya sifatida yashil polosalar tashkil etilib, ularning chegarasi bo‘ylab qatnov qismi ham yo‘lga qo’yiladi. Istirohat bog‘i yo‘llari- o‘rmon istirohat bog‘larini, shahar istirohat bog‘larini, dam olish maskanlarini transport harakati bilan birlashtirish uchun mo‘ljallanadi. Bunday yo‘llar qurilishsiz joylardan, tabiat manzarasi bo‘ylab o’tkaziladi va dam olish maskanlarini, sanatoriya, pansionat, mehmonxonalarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qilib, ular uchun maxsus avtomobillarga tuxtab turish joylari ajratiladi. Istirohat bog‘lari yo‘llari yo‘lovchi tashish transportlari va yengil avtomobillar uchun, bundan tashqari maxsus yo‘laklarga ega velosipedlar harakati uchun xizmat qiladi. Piyodalar harakati alohidagi yo‘nalish bo‘ylab yoki alleyalar bo‘yicha istirohat yo‘llariga yonma-yon loyihalanadi. Bundan tashqari shahar yo‘llariga yengil avtomobillar harakatiga mo‘ljallangan bog‘ yo‘llarini, turarjoy rayonlarida, jamoat markazlarida, istirohat bog‘larida, sport majmualarida sayr qilish uchun piyodalarga mo‘ljallangan yo‘llar xam kiradi. Download 300.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling