2. amaliy mashg’ulot. 2-mavzu: Xiyobon (alleya) va yo‘laklarning turlari
Sayilgoh hududining balansi, umumiy maydonga nisbatan % hisobida
Download 300.1 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu Xiyobon (alleya) va yo‘laklarning turlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- HIYOBONLAR (BULVARLAR)
Sayilgoh hududining balansi, umumiy maydonga nisbatan % hisobida.
Sayilgoh toifasi Yashi l ekinzorlar (daraxtlar, butalar, gullar) Yo‘lak va maydon - chalar Manzarali inshootlar, kichik hajmdagi shakllar Shahar maydonlaridagi va piyodalar qatnovi jadal bo‘lgan ko‘chalar chorrahalaridagi, maydoni 1 gektargacha 65-75 25-35 5 Shu jumladan, 1 gektardan ortiq. 70-80 20-30 5 Aholi yashash tumanlarida, uylar orasidagi ko‘chalarda, alohida binolar oldida. 75-85 15-25 5 Aholi harakati cheklangan maydonchalarda. 97-100 - 5 Asosiy yo‘laklar kengligi 4-10 m; ikkinchi darajali yo‘laklar esa 2-4 m bo‘ladi. Sayilgoh kompozitsiyasining markazi asosan markaziy maydonchalar bo‘lib, u yer xaykallar, favvora, basseyn va gulzor bilan bezatiladi. Sayilgoh xududining balansi quyidagi 7-jadvalda keltirilgan. Sayilgohda 1 ga maydonga 100-200 ta daraxt va 1000-1500 ta butalar ekish belgilanadi. HIYOBONLAR (BULVARLAR) Hiyobonlar – uzun ko‘kalamzorlashtirilgan yo‘laklar bo‘lib, ular keng ko‘chalar (kengligi 40 metrdan kam bo‘lmagan) o‘rtasida; yo‘lning transport qatnovi qismi bilan yo‘lakcha orasida yoki suv havzalari bo‘ylarida barpo etiladi. Hiyobon kengligi 18-50 m va undan keng bo‘lishi mumkin. Hiyobonning arxitektura-qurilish yechimi uning shahar rejasidagi joylashish o‘rni, xajmi va iqlim sharoitlariga mos holda bajariladi. 17-rasm. Ko‘chalar bo‘yidagi hiyobonning ko‘rinishi. Suv havzalari bo‘ylaridagi va ko‘chalardagi hiyobon sayr va dam olish uchun; transport qatnovi jadal bo‘lgan magistrallarda piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan (17-rasm). Birinchi holatda, alleyalardan tashqari, bu yerda maydonchalar, daraxtlarning guruh ekinzorlari mavjud bo‘lsa, ikkinchi holatda hiyobon asosini alleyalar tashkil qiladi. Rejalashtirilishiga muvofiq bir alleyali, ko‘p alleyali hiyobonlar hamda hiyobon –bog‘lar tafovut qilinadi. Hiyobonlarda kirish joylari har 150-200 metrda; jadal transport qatnovi bo‘lgan ko‘chalarda esa har 400-500 metrda, piyodalar o‘tish yo‘laklari bilan chambarchas mos, mutanosib holda tashkil etiladi. Hiyobonda ob-havo iqlimi sharoitlariga qarab soyalantirilgan va ochiq maydonlar nazarda tutiladi. Shox-shabbalar orasida havo turib qolmaslik uchun hiyobondagi daraxtlar orasidagi masofa vertikal shamollatish imkonini beradigan bo‘lishi lozim. Hiyobon hududida haykallar, manzarali basseynlar, favvoralar, gul bilan bezatish uslublari, bolalar o‘ynaydigan maydonchalar, savdo do‘konlari, kafelar bo‘lishi mumkin. Hiyobon hududining balansi: ekinzorlar – 65%, shu jumladan 4-5% gulzorlar; maydonchalar, alleyalar va yo‘laklar – 37%. 1 ga hiyobon maydoniga 350-400 ta daraxt, 3-4 ming dona butalar ekiladi. Jonli devorlar – daraxtlardan yoki balandligi 2,5-4 m, eni 1-1,3 m baland butalardan zich qilib ekilgan joy. Bir qator qilib ekilganda bir qatordagi masofa soyaga chidamli daraxtlar uchun 0,67 m va 1 m. Ikki qator qilib ekishda qatordagi masofa 1-1,25 m, qatorlar oralig‘i 0,5-0,6 m. Jonli devorlarni qurish uchun ignali va bargli daraxtlar qo‘llaniladi, bunda tikanli o‘simliklar afzal ko‘riladi (gledichiya, maklyura). Bir qator qilib ekishda 10 m ga 10-15 tako‘chat eqiladi, ikki qatorli ekishda 16-20 ta ko‘chat eqiladi. Jonli to‘siqlar – qirqilgandan so‘ng yaxshi o‘suvchi va qalin bo‘lib rivojlanuvchi daraxtlar va butalar o‘tkazish (8 rasm). O‘zbekistonda to‘siqlar uchun oddiy biryuchina, qizil svidina, Pisserr olxo‘risi, oddiy samishit, sharq biotasi va boshqalar keng foydalaniladi. Shakllanish usuliga ko‘ra jonli to‘siqlar erkin o‘suvchi, shakl berilgan (qirqilgan) va shpaler turlariga bo‘linadi. Shakllangan to‘siqlarning ko‘ndalang kesimi shakli to‘g‘ri burchakli (asosan soyaga chidamli turlari), trapesiyasimon va yarimoval (asosan yorug‘likni yaxshi ko‘ruvchi turlari). Shpalerli jonli to‘siqlar uchun maxsus korkos qilinadi, unga o‘zaro to‘qilgan ayrim ekzimplyarlarning shoxlari mahkamlanadi. Jonli to‘siqlar bir qatorli, ikki qatorli, kamroq uch qatorli qilib eqiladi. Jonli to‘siqlarning o‘lchamlari juda past (bordyurlar), past, o‘rtacha va baland turlarga bo‘linadi. Jonli to‘siqlarning o‘lchamlari balandligi, qatorlar soni, shakllanish usuliga bog‘liq holda 2-jadvalda keltirilgan. Jonli to‘siqlar turli balandlikda joylashgan bir jinsli, kamroq ikki jinsli ko‘chatlardan tashkil etiladi. O‘tkaziladigan materialning xususiyatlarigabog‘liq holda ular yumshoq (tikansiz) va tikanli turlarga bo‘linadi. Bosketlar - jonli to‘siqlar yoki jonli devorlar bilan ajratilgan geometrik shakldagi berk maydon bo‘lib, ichida favvoralar, gulzorlar joylashadi. Shuningdek, geometrik shakldagi uchuastkalar ko‘rinishidagi shaklga keltirilgan ko‘p qatorli zich daraxtlarni (sakkiz yoki undan ortiq qator) ham bosket deb ataladi. Download 300.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling