2. amaliy mashg’ulot. 2-mavzu: Xiyobon (alleya) va yo‘laklarning turlari


Sayilgoh hududining balansi, umumiy maydonga nisbatan % hisobida


Download 300.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana16.03.2023
Hajmi300.1 Kb.
#1279246
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu Xiyobon (alleya) va yo‘laklarning turlari.

Sayilgoh hududining balansi, umumiy maydonga nisbatan % hisobida. 
Sayilgoh toifasi 
Yashi

ekinzorlar 
(daraxtlar, 
butalar, 
gullar) 
Yo‘lak 
va 
maydon
- chalar 
Manzarali 
inshootlar, 
kichik 
hajmdagi 
shakllar 
Shahar maydonlaridagi va piyodalar 
qatnovi jadal bo‘lgan 
ko‘chalar chorrahalaridagi, 
maydoni 
1 gektargacha 
65-75 
25-35 

Shu jumladan, 1 gektardan ortiq. 
70-80 
20-30 

Aholi yashash tumanlarida, uylar 
orasidagi ko‘chalarda, alohida 
binolar oldida. 
75-85 
15-25 

Aholi harakati cheklangan 
maydonchalarda. 
97-100 


Asosiy yo‘laklar kengligi 4-10 m; ikkinchi darajali yo‘laklar esa 2-4 m 
bo‘ladi. 
Sayilgoh kompozitsiyasining 
markazi 
asosan 
markaziy
maydonchalar 
bo‘lib, u 
yer xaykallar, favvora, basseyn va 
gulzor bilan bezatiladi. Sayilgoh xududining balansi quyidagi 7-jadvalda 
keltirilgan. 
Sayilgohda 1 ga maydonga 100-200 ta daraxt va 1000-1500 ta
butalar ekish belgilanadi. 
HIYOBONLAR 
(BULVARLAR) 
Hiyobonlar – uzun ko‘kalamzorlashtirilgan yo‘laklar bo‘lib, ular keng
ko‘chalar (kengligi 40 metrdan kam bo‘lmagan) o‘rtasida; yo‘lning transport 
qatnovi qismi bilan yo‘lakcha orasida yoki suv havzalari bo‘ylarida barpo 
etiladi. Hiyobon kengligi 18-50 m va undan keng bo‘lishi mumkin.
Hiyobonning arxitektura-qurilish yechimi uning shahar rejasidagi joylashish 
o‘rni, xajmi va iqlim sharoitlariga mos holda bajariladi. 


17-rasm. Ko‘chalar bo‘yidagi hiyobonning ko‘rinishi. 
Suv havzalari bo‘ylaridagi va ko‘chalardagi hiyobon sayr va dam
olish uchun; transport 
qatnovi jadal 
bo‘lgan magistrallarda 
piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan (17-rasm). Birinchi holatda, 
alleyalardan tashqari, bu yerda maydonchalar, daraxtlarning guruh ekinzorlari
mavjud bo‘lsa, ikkinchi holatda hiyobon asosini alleyalar tashkil qiladi.
Rejalashtirilishiga muvofiq bir alleyali, ko‘p alleyali hiyobonlar hamda 
hiyobon –bog‘lar tafovut qilinadi. Hiyobonlarda kirish joylari har 150-200
metrda; jadal transport qatnovi bo‘lgan ko‘chalarda esa har 400-500
metrda, piyodalar o‘tish yo‘laklari bilan chambarchas mos, mutanosib holda 
tashkil etiladi. 
Hiyobonda ob-havo iqlimi sharoitlariga qarab soyalantirilgan va ochiq 
maydonlar nazarda tutiladi. Shox-shabbalar orasida havo turib qolmaslik
uchun hiyobondagi daraxtlar orasidagi masofa vertikal shamollatish imkonini 
beradigan bo‘lishi lozim. Hiyobon hududida haykallar, manzarali basseynlar,
favvoralar, gul bilan bezatish uslublari, bolalar o‘ynaydigan maydonchalar, 
savdo do‘konlari, kafelar bo‘lishi mumkin. Hiyobon hududining balansi:
ekinzorlar – 65%, shu jumladan 4-5% gulzorlar; maydonchalar, alleyalar 
va yo‘laklar – 37%. 1 ga hiyobon maydoniga 350-400 ta daraxt, 3-4 ming dona 
butalar ekiladi. 
Jonli devorlar – daraxtlardan yoki balandligi 2,5-4 m, eni 1-1,3 m baland 
butalardan zich qilib ekilgan joy. Bir qator qilib ekilganda bir qatordagi masofa 
soyaga chidamli daraxtlar uchun 0,67 m va 1 m. Ikki qator qilib ekishda qatordagi 
masofa 1-1,25 m, qatorlar oralig‘i 0,5-0,6 m. Jonli devorlarni qurish uchun ignali 
va bargli daraxtlar qo‘llaniladi, bunda tikanli o‘simliklar afzal ko‘riladi 


(gledichiya, maklyura). Bir qator qilib ekishda 10 m ga 10-15 tako‘chat eqiladi, 
ikki qatorli ekishda 16-20 ta ko‘chat eqiladi. 
Jonli to‘siqlar – qirqilgandan so‘ng yaxshi o‘suvchi va qalin bo‘lib 
rivojlanuvchi daraxtlar va butalar o‘tkazish (8 rasm). O‘zbekistonda to‘siqlar 
uchun oddiy biryuchina, qizil svidina, Pisserr olxo‘risi, oddiy samishit, sharq 
biotasi va boshqalar keng foydalaniladi. Shakllanish usuliga ko‘ra jonli to‘siqlar 
erkin o‘suvchi, shakl berilgan (qirqilgan) va shpaler turlariga bo‘linadi. 
Shakllangan to‘siqlarning ko‘ndalang kesimi shakli to‘g‘ri burchakli (asosan 
soyaga chidamli turlari), trapesiyasimon va yarimoval (asosan yorug‘likni yaxshi 
ko‘ruvchi turlari). Shpalerli jonli to‘siqlar uchun maxsus korkos qilinadi, unga 
o‘zaro to‘qilgan ayrim ekzimplyarlarning shoxlari mahkamlanadi. 
Jonli to‘siqlar bir qatorli, ikki qatorli, kamroq uch qatorli qilib eqiladi. Jonli 
to‘siqlarning o‘lchamlari juda past (bordyurlar), past, o‘rtacha va baland turlarga 
bo‘linadi. Jonli to‘siqlarning o‘lchamlari balandligi, qatorlar soni, shakllanish 
usuliga bog‘liq holda 2-jadvalda keltirilgan. 
Jonli to‘siqlar turli balandlikda joylashgan bir jinsli, kamroq ikki jinsli 
ko‘chatlardan tashkil etiladi. O‘tkaziladigan materialning xususiyatlarigabog‘liq 
holda ular yumshoq (tikansiz) va tikanli turlarga bo‘linadi. 
Bosketlar - jonli to‘siqlar yoki jonli devorlar bilan ajratilgan geometrik 
shakldagi berk maydon bo‘lib, ichida favvoralar, gulzorlar joylashadi. Shuningdek, 
geometrik shakldagi uchuastkalar ko‘rinishidagi shaklga keltirilgan ko‘p qatorli 
zich daraxtlarni (sakkiz yoki undan ortiq qator) ham bosket deb ataladi. 

Download 300.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling