2. amaliy mashg’ulot. 2-mavzu: Xiyobon (alleya) va yo‘laklarning turlari
Ko‘cha va yo‘llarning tipik kundalang profillari
Download 300.1 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu Xiyobon (alleya) va yo‘laklarning turlari.
1.6. Ko‘cha va yo‘llarning tipik kundalang profillari. Ko‘cha va yo‘llarning umumiy kengligi - qurilish chizig‘i orlig‘idagi masofaga, mavjud bino va inshootlarning balandligiga, ko‘kalamzorlashtirish xususiyatiga, piyodalar yo‘laklarining kengligiga, yer osti inshootlarini joylashtirish uchun ajratilgan texnik polosalar kengligiga va boshqa omillarga bog‘lik. Ko‘cha qatnov qismining va piyoda yo‘laklarining kengligi, mazkur joyda istiqbolda ko‘tiladigan harakat tarkibi va xajmidan kelib chiqqan holda, eng katta tiqilinch holatlari paydo bo‘lishini hisobga olgan holda qabul qilinadi. Qatnov qismi kengligini to‘g‘ri qabul qilish yangi shaharlarni qurishda, eski magistrallarni rekonstruksiya qilishda juda katta texnik-iqtisodiy ahamiyatga egadir. Qadimdan shakllanib kelayotgan shaharlarda esa bu muammoni yechish juda katta kapital mablag‘ni talab etadi. Qatnov qismlarini va chorrahalarni haddan tashqari keng xam qilib yubormaslik kerak. Bu narsa aksincha, chorrahalarni piyodalar va transport vositalari tomonidan kesib o‘tish masofasini oshirib, natijada chorrahaning o‘tkazish qobiliyatini pasayishiga ham olib kelishi mumkin. Ko‘cha qatnov qismi, transportning bevosita haraktlanishi uchun xizmat qiluvchi ishchi polosadan hamda transport to‘xtashi uchun ajratilgan polosadan tashkil topadi. Ishchi polosaning kengligi barcha turdagi transport vositalarining o‘rnatilgan tezlikda, havfsiz harakatini ta’minlagan holdagi hisobiy qatnov sonidan kelib chiqadi. Transportlar uchun tipik gabarit kenglik quyidagicha bo‘lishi mumkin: - avtobus va trolleybuslar uchun-2,7m; - yuk avtomobillari uchun- 2,5 m; - yengil avtomobillari uchun- 2,0 m. Havfsizlik masofalari qarama-qarshi yunalishdagi, bir yunalishda kuvib utish uchun zarur bo’lgan yonlama masofadir. Masalan, tezligi 60 km/s qilib belgilangan ko‘chalarda yengil avtomobil kuzovi bilan chetki tosh oraligidagi masofa kamida 0,7m, avtomobillar oralig‘i esa 1,0‚1,2 m bo‘lishi lozim. Quyida turli toifadagi ko‘cha, yo‘l va ichki yo‘laklar qatnov qismlarining kengligi keltirilgan (1.4-jadval) 1.4-jadval № Ko‘cha-yo‘l toifalari Bitta polosa kengligi, m Ikkala yo‘nalishda harakat polosalari soni Kamida Istiqboldagi harakat xajmini xisbga olgan holda 1 Tezkor yo‘llar 3,75 6 8 2 Shahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalar: - uzluksiz harakatdagi; - harakati boshqariladigan. 3,75 3,75 6 4 8 6 3 Tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar 3,75 4 6 Yuk transporti harakati uchun yo‘llar 3,75 2 4 4 Mahalliy ahamiyatdagi ko‘cha va yo‘llar: - turarjoy ko‘chalari; - sanoat zonalaridagi yo‘llar; 3 3,75 2 2 4 4 Posyolka ko‘chalari 3,5 2 2 Ko‘cha va magistrallarning qatnov qismi kengligini aniqlash uchun quyidagilar zarur: - istiqbolni ko‘zlagan holda transport harakatining umumiy harakat hajmini aniqlash; - maydonlar va chorrahalarda piyodalar o‘tish joylari, sfetoforlar, tuxtash chiziqlarini quyish bilan transport va piyodalar harakati sxemasini qurish; - chorrahalar va peregon (ikki chorraha orasidagi masofa)larning o’tkazish qobiliyatini hisoblash; - peregonlarda zarur bo‘lgan polosalar sonini aniqlash; - jamoat transport vositalari uchun tuxtash va tuxtab turish joylari o‘lchamlari va sonini aniqlash. Download 300.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling