2. amaliy mashg’ulot. 2-mavzu: Xiyobon (alleya) va yo‘laklarning turlari


Download 300.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana16.03.2023
Hajmi300.1 Kb.
#1279246
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu Xiyobon (alleya) va yo‘laklarning turlari.

Savdo ko‘chalari- katta miqdordagi piyodalar oqimini savdo muassasalariga 
kelib-ketishi uchun muljallanadi. Savdo do‘konlari uchun transport xizmati 
piyodalar harakatiga xalaqit bermaydigan, boshqa tomondan tashkillashtiriladi.
Ko‘pincha savdo ko‘chalari alohida ajratilmasdan, asosiy ko‘chalar tarkibiga 
kiritiladi. Shuning uchun shaharning ma’muriy-jamoat markazlarida savdo 
ko‘chalari alohida ajratilmaydi va bu bilan u yerda transport harakatini 
tashkillashtirish masalasi osonlashadi.
Bizning shaharlarda bunday ko‘chalar asosan, bozorlar va katta savdo 
markazlari atroflarida loyihalanadi. 
Qirg‘oq oldi ko‘chalari- daryo, dengiz, ko‘l va boshqa suv havfzalari 
bo‘ylab loyihalanadi. Bunday ko‘chalar, suv havfzalarini ularga tutash 
hududlardan ajratib, sohil bo‘ylab o’tkaziladi. Qirg‘oq oldi ko‘chalarini 
loyihalashda aholini suv havfzasidan imkoni boricha ko‘proq manfaatdor bo‘lishi 
uchun ko‘chani suv havfzasiga yaqinroq olish ko‘zda tutiladi. Shuning uchun 
qirg‘oq bo‘ylab sayr qilish uchun alleya sifatida yashil polosalar tashkil etilib, 
ularning chegarasi bo‘ylab qatnov qismi ham yo‘lga qo’yiladi.
 Istirohat bog‘i yo‘llari- o‘rmon istirohat bog‘larini, shahar istirohat 
bog‘larini, dam olish maskanlarini transport harakati bilan birlashtirish uchun 
mo‘ljallanadi. Bunday yo‘llar qurilishsiz joylardan, tabiat manzarasi bo‘ylab 
o’tkaziladi va dam olish maskanlarini, sanatoriya, pansionat, mehmonxonalarni 
o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qilib, ular uchun maxsus avtomobillarga tuxtab 
turish joylari ajratiladi. Istirohat bog‘lari yo‘llari yo‘lovchi tashish transportlari va 
yengil avtomobillar uchun, bundan tashqari maxsus yo‘laklarga ega velosipedlar 
harakati uchun xizmat qiladi.
Piyodalar harakati alohidagi yo‘nalish bo‘ylab yoki alleyalar bo‘yicha 
istirohat yo‘llariga yonma-yon loyihalanadi.
Bundan tashqari shahar yo‘llariga yengil avtomobillar 
harakatiga 
mo‘ljallangan bog‘ yo‘llarini, turarjoy rayonlarida, jamoat markazlarida, istirohat 
bog‘larida, sport majmualarida sayr qilish uchun piyodalarga mo‘ljallangan yo‘llar 
xam kiradi.

Download 300.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling