2-amaliy mashg‘ulot: Innovatsion iqtisodiyotda biznesni boshqarish. Amaliy mashg‘ulotning maqsadi


Download 38.7 Kb.
bet1/3
Sana04.04.2023
Hajmi38.7 Kb.
#1328168
  1   2   3
Bog'liq
2 Innovatsion iqtisodiyotda biznesni boshqarish Amaliy mashg\'ulot





2-amaliy mashg‘ulot: Innovatsion iqtisodiyotda biznesni boshqarish.


Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Ushbi amaliy mashg‘ulotda tinglovchilar tadbirkorlikni boshqarishda innovatsiyalarning mazmun mohiyatini yanada mustahkamlaydilar hamda mahsulot ishlab chiqarish va qayta ishlashda innovatsion yondoshuvlar to‘g‘risida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Innovasion faoliyatning bugungi infratuzilmasi.


Innovatsion tadbirkorlik infratuzilmasi birinchi navbatda, alohida bo‘lib o‘tadigan va innovatsion deb nomlangan turga moslashib oladigan tadbirkorlikni ta’minlovchi tizimni ifodalaydi. U innovatsion sohaning tadqiqotchilik-loyihalash sektorini iqtisodiyotning real sektori va yakuni iste’molchi bilan birlashtiradi.
Bevosita innovatsiyalash, ya’ni innovatsiyalarni taklif sifatida yaratish uchun va innovatsion tadbirkorlik, ya’ni bu takliflarni amalga oshirish va ilgari surish uchun infratuzilma elementlarining mazmun-mohiyatiga kengroq e’tibor qaratish zarur.
Mazkur infratuzilma turlarining ayrim elementlari mos kelishi yoki umumiy bo‘lishi mumkin, bu-axborot xizmatlari ko‘rsatuvchi firmalar, tajriba va muhandislik markazlari, moliyaviy strukturalar, patentli-lisenziyali tashkilotlardir.
Infratuzilma elementlarining qiyosiy jadvali

Innovasion tadbirkorlik uchun

Bevosita innovatsiyalash uchun

Joriy qiluvchi firmalar
Muhandislik markazlari
Injeniring firmalari
Axborot xizmati ko‘rsatuvchi firmalar
Konsalting firmalari
Reklama faoliyati bo‘yicha firmalar
Banklar va boshqa kredit tashkilotlari
Ixtisoslashgan auditorlik firmalari
Ilmiy-texnik shirkatlar
Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash markazlari
Sertifikasiya markazlari
Lizing kompaniyalari
Patent-lisenziyali tashkilotlar
Biznes-inkubatorlar
Texnologiyalar transferi markazlari
Sug‘urta kompaniyalari

Sanoat universitetlari va xalq xo‘jaligining boshqa sektorlari
Tadqiqotchilik majmualari
Fanlar akademiyasi
Kutubxonalar va ma’lumotlar to‘plamlari
Sinov tariqasidagi ishlab chiqarishlar
Tajriba laboratoriyalari va markazlari
Axborot xizmati ko‘rsatuvchi firmalar
Patent-lisenziyali tashkilotlar
Ilmiy parklar
Innovasion markazlar
Innovasion-ishlab chiqarish komplekslari

1-topshiriq. Innovatsion faoliyatni amalga oshirishda talab etiladigan infratuzilma elementlaridan 1 tadan eng yaxshi rivojlangan va aksincha rivojlanmagan xizmat turini tanlab oling hamda SWOT tahlil usulidan foydalangan holda tahlilni amalga oshiring (har bir kishi alohida amalga oshiradi).




Download 38.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling