2. Aqli zaiflikning klinik tasnifi Bolalarni kompleks o’rganish prinsipining mohiyati. Astenik bolalar


Download 49.58 Kb.
bet1/6
Sana02.01.2022
Hajmi49.58 Kb.
#192914
  1   2   3   4   5   6

8-variant

1.Tibbiy – pedagogik komissiya ishining mazmuni

2.Aqli zaiflikning klinik tasnifi

3.Bolalarni kompleks o’rganish prinsipining mohiyati.

4.Astenik bolalar



5.Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar

Javob

1.Tibbiy –pedagogik komissiya ishining mazmuni

Yordamchi maktablarga bolalarni tibbity-pedagogik komissiyasining namunali nizomi va aqliy va jismoniy nuqsonga ega bolalarni yordamchi maktablarga qabul qilish qo’llanmasi asosida amalga oshiriladi.

Tibbiy-pedagogik komissiya (TPPK) yil davomida ishlaydi, ayniqsa 3-4 choraklarda jadal ish olib boradi.

Komissiya bir kunda 10 tadan ko’p bo’lmagan bolalarni tekshirishi lozim.

Talab etiladigan hujjatlar:


  1. Vrach-psixonevrolog tomonidan beriladigan maxlumotnoma-yo’llanma.

  2. Tibbiy hujjatlarda vrach-psixonevrologning xulosasi bo’lishi lozim (diagnozning to’liq, batafsil yoritilishi, bolaning nevropsixik holati, analizlarining to’liq ma’lumoti).

  3. Bolaning somatik xolati haqidagi xulosali ambulator karta ma’lumotlari, oftalmolog, otolaringolog, logopedning tekshirish natijalari.

  4. Bolaga berilgan psixologo-pedagogik tavsif.

  5. O’zlashtirish tabeli.

  6. Faoliyati natijalari (daftarlari, chizgan rasmlari, yasamalari).

Psixologo-pedagogik tavsifnoma

  1. Bola haqidagi umumta’lim maktabida o’qigan vaqti ko’rsatilgan pasport ma’lumotlari.

  2. Oilasi haqida ma’lumotlar (oila a’zolarining soni, ota-onasining ma’lumoti, oila a’zolarining munosabatlari, bolaga bo’lgan munosabat).

  3. Bilim darajasi va o’quv malakalari haqida ma’lumot.

  4. O’qishga, alohda fanlarga, jamoaga, mehnatga bo’lgan munosabati haqidagi maxlumotlar.

  5. Bolaning bilish jarayonlari haqidagi maxlumotlar.

  6. Hssiy-irodaviy doirasining xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar.

  7. Bolaning shaxsi xususiyatlari haqidagi maxlumotlar.

  8. O’tgan yil davomida bolaning bilash faoliyati va shaxsining rivojlanish dinamikasi haqida ma’lumot.

Psixologik-pedagogik tavsifnoma quyidagi uchta talablarga javob berishi lozim:

  1. Shaxsni to’liq aks ettirishi.

  2. Bola shaxsining rivojlanish dinamikasini aks ettirish.

  3. Psixologo-pedagogik tavsiyalar.

Psixologo-pedagogik tavsiyanoma ota-onalarga tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Hisobga olish daftari

Hsobga olish jurnalida quyidagi ma’lumotlar aks etishi lozim:



  1. Familiya, ismi, otasining ismi.

  2. Tug’ilgan vaqti.

  3. Yashash joyi.

  4. Ota-onasi haqida qisqa ma’lumot.

  5. Bola komissiyaga kim tomonidan, qaysi sinfdan yuborilgan va necha yil o’qigan.

  6. Komissiyaga qanday diagnoz bilan kelgan.

  7. TPK diagnozi va xulosasi.

  8. Izoh (eslatma).

TPK tekshirishda barcha ma’lumotlar kotiba tomonidan bayonnomaga yozib beriladi.

Bayonnoma

  1. Rasmiy ma’lumotlar (familiyasi, ismi, tug’ilgan yili, oyi yashash joyi, bolani kim yuborgani, ota-onasining yoshi va kasbi).

  2. Analitik ma’lumotlar va vrachning xulosasi bo’lgan tibbiy tekshirish ma’lumotlari.

  3. Psixologo-pedagogik va logopedik tekshirish ma’lumotlari.

  • Bola kontaktga oson kirishadimi?

  • Bolaning o’zi, ota-onalari, qarindoshlari haqidagi ma’lumotlar.

  • Atrof haqidagi tasavvurlari doirasi.

  • Rasmlar va matnlarni idrok etish xususiyatlari.

  • Katta-kichiklik, shakl, rangni idrok etish xususiyatlari.

  • Vaqtni idrok etish.

  • Fazoni idrok etish.

  • Diqqatining xususiyatlari.

  • Xotirasining xususiyatlari.

  • Tafakkurining xususiyatlari.

  • Nutqining xususiyatlari.

  • Hsoblash, yozuv va o’quv malakalarining xususiyatlari.

  1. Diagnoz.

  2. TPK ning xulosasi.

Shaxsiy varaqasi bayonnomalar bilan tegishli bo’limlarga yuboriladi.

TPKga malakali, faqatgina aqli zaif bolalarning rivojlanish Xususiyatlarini va yordamchi maktabda o’qitish va tarbiyalashning barcha tomonlarinigina emas, balki normal rivojlanayotgan bolalarning psixik va jismoniy xususiyatlari bilan yaxshi tanish bo’lgan mutaxassislar kiritiladi.

Komissiyaning a’zolari xalq ta’limi bo’limi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiyaning a’zolariga quyidagilar kiradi:


  1. Vrach-psixonevrolog.

  2. Pedagog-defektolog.

  3. Psixolog.

  4. Logoped.

Komissiya raisi bo’lib xalq ta’limi bo’limining vakili (respublika komissiyasida

  • xalq ta’limi vazirligining vakili), komissiya raisining muovini qilib-sog’liqni saqlash bo’limining vakili (respublika komissiyasida-sog’liqni saqlash vazirligining vakili) tayinlanadi. TPK ning tuzilishi doimiy bo’lishi zarur-bu aqli zaif bolalar uchun maxsus muassalarni to’g’ri komplektlashni amalga oshirishning zaruriy shartlaridan biridir.

TPPK yil davomida ishlasa ham, uning asosiy ishi 3-4 choraklarning oxirida o’tkaziladi.

Bolani TPPK dan o’tkazish

  1. Vrach-psixonevrolog komissiya a’zolarini shaxsiy varaqdagi hujjatlar bilan tanishtiradi.

  2. Pedagogik hujjatlar bilan tanishish.

  3. Ota-onalar bilan suhbat.

  4. Vrach-psixonevrolog tomonidan bolani ko’ruvdan o’tkazish.

  5. Pedagog-defektolog tomonidan bolaning psixik rivojlanishining xususiyatlarini o’rganish, boladagi bilim, ko’nikma va malakalarini aniklash:

  • bola bilan aloqaga kirishish;

  • bolani o’zi, ota-onasi, qarindoshlari haqidagi ma’lumotlarni to’plash;

  • tevarak-atrof haqidagi bilim va tasavvurlarni aniqlash;

  • idrok va anglash xususiyatlarini aniklash;

  • rasm mazmunini mustaqil tushunish ko’nikmasini aniklash; matnni tushunish; asosiymsini ajratish va xulosa chiqarish; o’xshashligi va farqlanishini aniklash bo’yicha predmetlarni taqqoslash ko’nikmasi, predmetlarni klassifikasiyalash va umumlashtirish ko’nikmasi; predmet va xodisalar o’rtasidagi munosabtalar, vaqt, fazoviy, sabab-oqibat bog’lanishlarini aniqlash ko’nikmasi.

  • xotira, diqqat, nutqning xususiyatlari;

  • bilimga qiziqish;

  • hssiy-idoraviy sifatlari;

  • xulqning xususiyatlari;

  • bilim, ko’nikma, malakalarning sifati, darajasi;

  • o’qishga xalaqit beradigan qiyinchiliklarning sabablari.

TPPK ishiga tibbiy, psixologo-pedagogik va logopedik tekshirishlar kiradi.

Tibbiy o’rganish o’ziga oftalmologik, otoldaringologik, somatik, nevrologik va psixiatrik tekshirishlarini kiritadi. Komissiyada bolani avval tibbiy tekshirishdan o’tkazish msaqsadga muvofiq.



  1. Tibbiy tekshirish.

  • Oftalmolog tekshiruv. Bunday tekshirish vrach-oftalmolog tomonidan komissiyaga taqdim qilingan xujjatlar ko’rib chiqilganidan so’ng o’tkaziladi.

  • Otolaringologik tekshiruv. Komissiyaga taqdim qilingan hujjatlarni otolaringolog ko’rib chiqqanidan so’ng o’tkaziladi.

  • Somatik, nevrologik va psixiatrik tekshirish. Bunday tekshiruv vrach-pediatr tomonidan komissiyaga taqdim qilingan hujjatlar ko’rib chiqilganidan so’ng o’tkaziladi.

  1. Psixologik tekshirish.

Bunday tekshirish psixolog yoki pedagog-defektolog tomonidan komissiyaga taqdim qilingan hujjatlar ko’rib chiqilganidan so’ng o’tkaziladi.

  1. Pedagogik tekshirish.

Komissiyaga topshirishgan psixologik va tibiy tekshirish ma’lumotlari bo’lgan hujjatlarni pedagog-defektolog tomonidan ko’rib chiqilgandan so’ng o’tkaziladi.

Bola har tomonlama tekshirilgandan so’ng komissiya tekshirish bayonnomasini beradi. Unda qisqa analitik ma’lumotlar, klinik, pedagogik va logopedik tekshirish ma’lumotlari, bolaning aqliy rivojlanishi haraktri va darajasi haqidagi umumiy xulosa, boshqa nerv-psixik buzilishlar haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Bolaga tavsiya etilgan maktab turi, shuningdek zarur davolash ishlari ko’rsatiladi. Bayonnoma yuboriladigan bolalar bog’chasi, maktabga va hokazolarga tavsiya etiladi.




Download 49.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling