2-dars h harfidan oldin unli kelsa, h harfi o‘qilmaydi. Undan oldin kelgan unli cho‘ziq o‘qiladi: gehen, sehen, fahren, zehn. Der Artikel


Download 33.29 Kb.
Sana09.11.2023
Hajmi33.29 Kb.
#1759697
Bog'liq
2-dars


2-dars
H harfidan oldin unli kelsa, h harfi o‘qilmaydi. Undan oldin kelgan unli cho‘ziq o‘qiladi: gehen, sehen, fahren, zehn.
Der Artikel
Artikl ot oldidan ishlatilib, uning ro’dini, sonini hamda kelishigini ko’rsatib keladi. Nemis tilida 2 xil artikl bor: 1) aniq artikl (der bestimmte Artikel); 2) noaniq artikl (der unbestimmte Artikel) 1) aniq artikl der – mujskiy rod uchun; die - jenskiy rod uchun; das – sredniy rod uchun; die – uchchala rod uchun (ko’plik) 2) noaniq artikl ein – mujskiy rod uchun eine - jenskiy rod uchun ein – sredniy rod uchun Noaniq artiklning ko’pligi yo’q.
Nemis tilida 4 ta kelishik mavjud:

1.

Nominativ

Bosh kelishik


2.

Genetiv

Qaratqich kelishik

  • ning

3.

Dativ

Jo‘nalish kelishik

  • ga

4.

Akkuzativ

Tushum kelishik

  • ni

Nemis tilida otlarning qaysi roddaligini bilish shart.

Mujskiy rod

Jenskiy rod

Nominativ

Der (ein) Vater

Ota

Die (eine) Mutter

Ona

Genetiv

Des (eines) Vaters

Otaning

Der (einer) Mutter

Onaning

Dativ

Dem (einem) Vater

Otaga

Der (einer) Mutter

Onaga

Akkuzativ

Den (einen) Vater

Otani

Die (eine) Mutter

Onani

Sredniy rod

Ko‘plik

Nominativ

Das (ein) Buch

Kitob

Die Kinder

Bolalar

Genetiv

Des (eines) Buches

Kitobning

Der Kinder

Bolalarning

Dativ

Dem (einem) Buch

Kitobga

Den Kindern

Bolalarga

Akkuzativ

Das (ein) Buch

Kitobni

Die Kinder

Bolalarni

O‘zbek tilida qo‘shimchalar otdan keyin kelsa, nemis tilida artikl uni ifodalab keladi. So‘zlovchiga ot aniq bo‘lsa, aniq artikl ishlatiladi, noaniq bo‘lsa, noaniq artikl ishlatiladi.
Das Präsens (hozirgi zamon)
Nemis tilida fe’llar hozirgi zamonda tuslanganda fe’l o‘zagiga quyidagi shaxs sonlarni olib o’zgaradi:

Singular (birlik)

Plural (ko‘plik)

ich (men)

  • e

wir (biz)

  • en

du (sen)

  • st

ihr (sizlar)

  • t

er (u – он)
sie (u – она)
es (u – оно)




  • t

sie (ular)






  • en







Sie (siz – hurmat fo‘rmasi)

  • en


kommen – kelmoq

Singular (birlik)

Plural (ko‘plik)

ich

komme

men kelyapman

wir

kommen

biz kelyapmiz

du

kommst

sen kelyapsan

ihr

kommt

sizlar kelyapsizlar

er
sie
es

kommt
kommt
kommt

u kelyapti
u kelyapti
u kelyapti



sie



kommen



ular kelyaptilar










Sie

kommen

siz kelyapsiz


Nemis tilida sonlar
Narsa va voqea-hodisalarning son sanog‘ini, miqdorini va tartibini anglatadigan so’zlarga son deyiladi. Ma’no xususiyatiga ko’ra sonlar: sanoq, tartib va kasr sonlarga bo‘linadi. Sanoq sonlar predmetning son-sanog’ini, miqdorini bildirib, wievel? – qancha?, necha?, nechta? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Ular tuzilishiga ko’ra uch guruhga bo’linadi: 1. tub sonlar; 2. yasama sonlar; 3. qo‘shma sonlar. 1. Birdan o’n ikkigacha bo’lgan sonlar tub sonlar hisoblanib, ular bir o‘zakdan iboratdir: 1 –eins 5 – fünf 9 – neun 2 – zwei 6 – sechs 10 – zehn 3 – drei 7 – sieben 11 – elf 4 – vier 8 – acht 12 – zwölf Shuningdek 100 – hundert, 1 000 – tausend sanoq sonlari ham tub sonlarga kiradi. 2. Yasama sonlar tub son o’zagiga -zig (30 da -ßig) qo‘shimchasini qo’shish bilan yasaladi. 20 – zwanzig 60 – sechzig 30 – dreißig 70 – siebzig 40 – vierzig 80 – achtzig 50 – fünfzig 90 – neunzig Eslatma: Sechzehn, sechzig, sonida s, siebzig da -en tushib qoladi. 3. Ikki yoki undan ortiq sonlarning birikuvidan yasaladigan sonlar qo‘shma sonlardir. Qo‘shma sonlarga quyidagilar kiradi: a) 13 dan 19 gacha bo’lgan sonlar yasama sonlardir. Bular tub songa -zehn sonini qo’shish bilan yasaladi. 13 – dreizehn 17 – siebzehn 14 – vierzehn 18 – achtzehn 15 – fünfzehn 19 – neunzehn 16 – sechzechn b) 21 dan 99 gacha bo‘lgan sonlarni yasash uchun sonlar orasiga und so‘zi qo’shiladi. 21 – einundzwanzig 35 – fünfunddreißig 22 – zweiundzwanzig 37 – siebenunddreißig 23 – dreiundzwanzig 55 – fünfundfünfzig 24 – vierundzwanzig 91 – einundneunzig Bunday sonlarni ifodalashda oldin birlik son, so‘ngra und so‘zi va keyin o‘nlik son qo‘shilib aytiladi. c) Yuzlik sonlarni ifodalaganda esa oldin hundert soni birlik songa qo‘shilgan holda birinchi o’rinda, so’ngra o’nlikning birligi ikkinchi o’rinda, und bog’lovchisi uchinchi o’rinda va o’nlik soni oxirgi o’rinda turadi. 101 – hunderteins 112 – hundertzwölf 135 – (ein)hundertfünfunddreißig 274 – zweihundertvierundsiebzig 452 – vierhundertzweiundfünfzig 987 – neunhundertsiebenundachtzig d) To’rt xonali qo’shma sonlarni ifodalashda birliklarga tausend (ming) soni qo’shilib birinchi o’rinda ikkinchi o’rinda yuzliklar, uchinchi o’rinda esa o’nlikning birligi va und bog’lovchisi so’ngra esa o’nlikning o’zi keladi: 1584 – eintausendfünfhundertvierundachtzig 3678 – dreitausendsechshundertachtundsiebzig 8465 – achttausendvierhundertfünfundsechzig Eslatma: agar to’rt xonali sonlar yilni ifodalab kelsa, quyidagicha o’qiladi va yoziladi: Ich bin neunzehnhunderteinundsiebzig (1971) geboren. Die Unabhängigkeit der Republik Usbekistan wurde neunzehnhunderteinundneunzig (1991) proklamiert. Die Million, die Milliarde sonlari esa faqat ot shaklida qo’llaniladi. Masalan: Usbekistan liefert jährlich etwa vier Millionen Tonnen Baumwolle.
Tartib sonlar
Predmetning joylashgan tartibini bildiradigan sonlar tartib sonlardir. Tartib sonlar sanoq sonlardan yasaladi. 2 dan 19 gacha bo’lgan sonlarga -te suffiksini, 20 va undan keying sonlarga esa -ste suffiksini qo’shish bilan tartib son yasaladi: der zweite, der fünfte, der dreizehnte, der siebzehnte, der achtzehnte, der neunzehnte, der dreizehnte, der siebzehnte, der achtzehnte, der neunzehnte, der zwanzigste, der fünfundneunzigste, der vierundfünfzigste … Ayrim tartib sonlar qoidadan mustasno ravishda yasaladi: eins – der erste (1.) sieben – der siebte (7.) drei – der dritte (3.) acht – der achte (8.) Tartib sonlar asosan aniq artikl bilan qo’llaniladi.
Kasr sonlar
Kasr sonlar butunning bir bo’lagini ifodalaydi. 3 dan 19 gacha bo’lgan kasr sonlar sanoq songa -tel 20 va undan keyingi sonlarga -stel suffiksini qo’shish bilan yasaladi. O’nli kasrlar quyidagicha yoziladi va aytiladi. 0,5 – Null Komma fünf 0,05 – Null Komma Null fünf 0,17 – Null Komma siebzehn
Yangi so‘zlar:

Maqsadingga erishish oson bo‘lmaydi. Qiyin yo‘ldan kam insonlar o‘tganligi yoki hech kim bosib o‘tmaganligi bu zavqli va qiziqarlidir!
Mutter, die – ona Schwester, die – opa-singil Tante, die – xola, amma Tochter, die – qiz Großmutter, die – katta ona Lehrerin, die – o’qituvchi ayol Vater, der – ota Bruder, der – aka-uka Onkel, der – tog’a, amaki Sohn, der – o’g’il Großvater, der – katta ota Lehrer, der – o’qituvchi Buch, das – kitob Heft, das – daftar Auto, das – mashina Kind, das – bola Haus, das – uy Hemd, das – ko’ylak (o’g’il bolalar) Kleid, das – ko’ylak (qizlar ko’ylagi) Kinder, die (PL) – bolalar Häuser, die (PL) – uylar Bücher, die (PL) – kitoblar sagen – aytmoq fragen – so’ramoq kaufen – sotib olmoq lernen – o’rganmoq zeigen – ko’rsatmoq machen – qilmoq, bajarmoq
Die Achtung! – otlarni rodi bilan yod oling !
Download 33.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling