2-ktidmtt 1-O’rta guruh tarbiyachisi xo’jamova dilso’zning 2022-2023 O’quv yili uchun yillik hisoboti


Download 48.81 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi48.81 Kb.
#1641031
Bog'liq
dilsuz opa


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI


QASHQADARYO MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI
BOSHQARMASI


QARSHI SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI AGENTLIGIGA QARASHLI

2-KTIDMTT 1-O’RTA GURUH TARBIYACHISI XO’JAMOVA DILSO’ZNING
2022-2023 O’QUV YILI UCHUN

YILLIK HISOBOTI

Guruh -1 —o'rta


Bolalar soni-11 nafar
Qiz bolalar-3 nafar
O'g'il bolalar-6 nafar
Tashxislari; PNRK,Daun sindromi, mikrosefaliya, Autizm spektri,PAC belgisi bilan senso-motor alaliya

Guruh 2022-2023 o'quv yilida 11 nafar bo'lib shakllanib,logopedik mashg'ulotlar muntazam o'tib borildi.


Guruhda frontal va yakka tartibdagi mashg'ulotlar "ILK QADAM" tasdiqlangan o'quv dasturiga binoan tuzilgan yillik ish rejasiga ko'rsatilgan mavzular bo'yicha olib borildi.Yil davomida guruh tarbiyalanuvchilari uchun atrof-olam va tabiat bilan ,matematika ,nutqni tovush madaniyati,nutqni rivojlantirish kabi ta'limiy korreksion faoliyat olib borildi.


Atrof -olam bilan tanishtirish mashg'ulotlari O'zbekiston mening vatanim,kuz buyoqlari,transport yo'l harakati qoidalari,Hayot xavfsizligi asoslari, kumush qish ,tabiatning ajoyibotlar olami,ajib dunyo,go'zal bahor ,yer sayyorasi umumiy uyimiz, mebellar uy- ro'zg'or buyumlari mavzulari asosida o'tildi.
Tovush talaffuzi madaniyati mashg'ulotlarida esa eshitish a'zolari bilan tanishtirishtirildi.
Matematika mashg'ulotlarida esa kam-ko'p,katta-kichik,uzun-qisqa,enli-ensiz,baland-past,shar,kub,oval geometric shakllari,1,2,3,4,5 sonigacha sanash tartiblari o'rgatib borildi.
Guruh tarbiyalanuvchilari yil davomida erishgan natijalari bo'yicha quyidagicha baholandi;
yaxshi
O'rta
Past
Yaxshi o'zlashtirgan tarbiyalanuvchilar; Ravshanov Abubakr, Negmatov Asadbek, Xalilov Farez, Alisherov Biloljon ;
O'rtacha me'yorda o'zlashtirgan tarbiyalanuvchilar Axmatova Sh, Jamolov H, Qahramonova A, Haydarov A,
Past o'zlashtiruvchilar esa Xolbozov Asliddin, Eshpo'latov M. lar topildi.
Mazkur o'quv yilida yaxshi o'zlashtirgan guruh tarbiyalanuvchilaridan Negmatov Asadbek, Ravshanov Abubakrlar sog'lomlashib, umumiy tipdagi maktabgacha ta'lim tashkilotiga o'tkazildi
O'rtacha va past o'zlashtiruvchi deb topilgan guruh tarbiyalanuvchilari takroriy korreksion ta'lim uchun guruhga qoldirildi.

Mazkur o’quv yilining noyabr oyida Bog’, poliz mavzusida musiqa rahbari Abdullayeva Adolat bila va logoped Nodira Usmonova, Abdulayeva Latofat bilan hamkorlikda ochiq logoritmik mashg’ulot o’tdim.


Mashg'ulot tarbiyalanuvchilar nutqini rivojlantirish,ritmik harakatlar rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Tashkilot uslubchfsi tomonidan yillik ish rejaga kiritilgan metodik yig'ilishlar , tadbirlar va seminarlarda faol qatnashdim. Jumladan, "Ustoz-shogird" an'anasiga muvofiq ustozim Usmonova Nodira Sohibovna bilan "Qum terapiyasining ahamiyati" mavzusida ma'ruza o'qidim.
Shuningdek, "Navro'z" umumxalq bayramiga bag'ishlangan tashkilotda tashkilllashtirilgan tadbirda faol ishtirok etib, rag'batlantirildim.

Men kelgusida jahon defektologiyasidagi yangiliklardan muntazam xabardor bo'lib, uni o'z mentalitetimiz milliyligiga moslashtirgan holda o'z faoliyatimda tadbiq etib boraman.


2022 yil Sog’lomlashtirish oylarida quvnoq rang barang sharchalar nomli ko’ngilochar tadbirlar olib bordim va yozgi sog’lomlashtirish mavsumidagi eng ko’ngil ochar tadbirlar muallifi ilg’or tarbiyachi naminatsiyasi bilan taqdirlandim. 2022 yil mening yutuqlarimdan yana biri oliy ta’limdagi Defektologiya yo’nalishiga o’qishga kirdim va faoliyatim hamda o’qishim avomida bilimlarni mustahkamlash kelajagimiz vorislariga ta’lim-tarbiya berishda katta yutuqlarga erishishdan iborat.
Download 48.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling