2-laboratoriya ishi kislota – asosli titrlash (neytrallash) usuli


Download 100.92 Kb.
bet1/3
Sana13.03.2023
Hajmi100.92 Kb.
#1265719
  1   2   3
Bog'liq
2 labora

2-LABORATORIYA ISHI

KISLOTA – ASOSLI TITRLASH (NEYTRALLASH) USULI


Titrimetrik analizda modda miqdorini aniqlash, neytrallanish reaktsiyasiga asoslangan usuli kislota-asosli titrlash yoki neytrallash usuli deyiladi. Neytrallash jarayoni eritmalarda gidroksoniy (Н3О+yoki Н+) ionlarining gidroksil ОН- ionlari bilan o’zaro ta`sirlashib kuchsiz elektrolit suvning hosil bo’lishidir.
Н3О+ + ОН- = 2Н2О
Н++ ОН- = H2О
Demak, eritmada Н+ va ОН- ionlari konsentratsiyasining, ya`ni рН ini o’zgarishi kuzatiladi.
Bu usul bilan biror kislotaning titrlangan eritmasidan foydalanib ishqorlarning miqdorini aniqlash (asidimetriya) yoki ishqorning titrlangan eritmasidan foydalanib, kislotalarning miqdorini aniqlash (alkalimetriya) mumkin.
Neytrallash usuli inson salomatligi uchun zarur bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlarini shu jumladan xamirturush (droja), un, sut, muzqaymoq, pivoning kislotaliligini, sirka kislota tarkibidagi sirka miqdorini aniqlashda ishlatiladi.
Kislotalarning titrini aniqlashda boshlang’ich modda sifatida: Na2B4O7* 10H2O,Na2CO3, C2H5ONa lar ishlatiladi.
Ishqorlarning titrini aniqlashda: H2C2O4 * 2H2O, qahrabo kislotasi, H2C4H4O6 ishlatiladi.
Titrlash jarayonida рН ning ma`lum qiymatida ekvivalent nuqtaga erishiladi va titrlash to’xtatiladi. Neytrallash reaksiyasi qandaydir tashqi o’zgarish bilan ketmaydi, shuning uchun ekvivalent nuqta titrlashning oxirgi nuqtasini aniqlash uchun maxsus indikatorlar ishlatiladi.

INDIKATOR TANLASH


Indikator tanlash. Titrlashda eng asosiy sharoit indikatorni to’g’ri tanlash kerak. Agar analizdagi hamma shartlar to’g’ri bajarilgan bo’lib, indikator to’g’ri tanlanmasa, olingan natijalar noto’g’ri bo’ladi.
Indikatorning o’zgarish sohasi - pH sakramaga, indikatorning titrlash ko’rsatgichi esa, ekvivalent nuqtaning pH iga to’g’ri kelishi kerak.
Shuning uchun indikatorni tanlashdan oldin, titrlash egri chiziqlaridan pH sakrama oralig’i aniqlanadi, keyin o’zgarish sohasi shu oraliqqa to’g’ri keladigan indikator tanlanadi.
Masalan: titrlash egri chiziqlaridan (1,2,3-chizmalar) ko’rinadiki,


рН=7

1-chizma.100 ml 0,1n.HCl kislotani 0,1n. NaOH eritmasi bilan


titrlash egri chizig’i


2-chizma.Kuchsiz kislotani kuchli asos bilan titrlash egri chizig’ima. Kuchsiz asosni kuchli kislota bilan titrlash egri chizig’i.

3 - chiz



Download 100.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling